5- MASHG’ULOT
Sharchaga kuch 5 s davomida ta’sir qilib, uning impulsini 15 kg*m/s ga o’zgartirdi. Ta’sir etuvchi kuchning qiymatini aniqlang.
Birinchi jism tezligi ikkinchi jism tezligidan 4 marta katta, ammo massasi 2 marta kichik, ularning impulslarini taqqoslang.
Ikkita 3 kg va 5 kg massali shar 2 m/s va 4 m/s tezliklar bilan harakatlanmoqda. 1) Sharlarning urilishdan keyingi tezligi u(Ikki xil xolat uchun ifodalang. Bir tomonga, qarama qarshi tomonga);2) sharlarning urilishdan oldingiva urilishdan keyingi kinetik energiyalari topilsin.
Jism koordinata o’qlariga proyeksiyalari 1s da o dan Px =6000 g*m/s va Py =8000gm/s gacha ortdi. Kuch impulsni toping.
Massasi 20 kgli jism 10 metr balandlikdan tushmoqda jismning potensial energiyasi va urilish vaqtidagi jismning tezligini toping.
Massasi 15kg bo’lgan jism tashqi kuch ta’sirida 4 m/s2 tezlanishga erishdi. Va dastlabki xolatidan 4 m ga ko’chgan bo’lsa, ta’sir etuvchi kuchni va bajarilgan ishni aniqlang.
Massasi 3000gr radiusi 2sm bo’lgan shar gorizontal tekislikdan tushmoqda. Agar sharcha 15 m/s tezlik bilan harakat qilsa, sharchaning to’liq kinetik energiyasini toping.
8 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 20kg massali aravachaga 4 kg yuk qo’yildi. Bunda aravacha tezligi (m/s) qanchaga o’zgaradi.
Jismning ox o’qi bo’yicha harakat tenglamasi x=2At+3Bt2, bu yerda A=4m/s B=2m/s2 . Agar jismning massasi 3 kg bo’lsa, 4 s paytdagi jismning impulsi qanday.
Sohilda tinch turgan qayiqdan massasi 50kg bo’lgan odam 4 m/s tezlik bilan sakraganda, qayiq 0.1 m/s tezlik olgan bo’lsa, qayiqning massasini aniqlang.
Massasi 15 kg bo’lgan, 20m/s tezlik bilan harakatlanayotgan shar massasi 10 kg, tezligi 15 m/s bo’lgan boshqa bir shar bilan to’qnashadi. Urilishni to’g’ri noqayishqoq deb xisoblab, sharlarning urilishdan keyingi tezligi u topilsin.
Massasi 0.5 kg bo’lgan to’pga 0.02 s davomida zarb berilganda u 25 m/s tezlik oldi. To’p qanday kuch bilan tepilgan.