5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə1/3
tarix01.05.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#105643
  1   2   3
elektronika maruza 2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

ELEKTRONIKA VA SXEMALASH


BAJARDI : ALIJONOV SHOHJAHON


Mavzu:Kuchaytirgichlarda teskari aloqa

Reja:

1.Teskari aloqa (TA) haqida

2.Kuchlanish,tok kuchi bo’yicha bo’yicha teskari aloqa (TA).

3.Kuchaytirish koeffitsienti.

4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. Teskari aloqa (TA) haqida
    Teskari aloqa (TA) deb kuchaytirgich chiqish zanjiridan kirish zanjiriga energiya uzatishga aytiladi. Chiqish signali kuchaytirgichning kirish zanjiriga to‘liq yoki qisman uzatilishi mumkin. Bitta kaskadni egallagan TA mahalliy, ko‘p kaskadli kuchaytirgichni butunlay egallagan TA esa umumiy deb ataladi.

    Umumiy holda TA signali kirish signaliga qo'shilishi yoki ayirilishi mumkin. Shunga qarab, mos ravishda, musbat va manfiy TAga ajratiladi. Agar kuchaytirgichning kirish signali va TA signali fazalari bir xil bo‘lsa, TA musbat
    agar n burchakka farq qilsa, ya’ni fazalari teskari bo‘lsa, TA manfiy deb ataladi.
    Manfiy TAning kiritilishi, tranzistor ishlash sharoiti o'zgarganda, kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti va boshqa parametrlari barqarorligini oshiradi. Bundan tashqari, manfiy TA kuchaytirgichning o‘tkazish polosasini oshirish imkonini beradi, nochiziqli buzilishlar darajasini pasaytiradi.

    Manfiy TA kuchaytirgichlarda, musbat TA esa elektr signallar generatorlarida va maxsus elektron qurilmalarda ishlatiladi.

    TAli kuchaytirgichning tuzilish sxemasi 8.8-rasmda keltirilgan. Bu yerda
    К — kuchaytirish koeffitsienti, TA zanjiri TA koeffitsienti ae bilan ifodalanadi. Chiqish signalining qanday qismi kuchaytirgich kirishiga uzatilayotganini зг ko‘rsatadi

    K uchaytirgichlarda manfiy TAning turli k o ‘rinishlaridan foydalaniladi. TA zanjiri kuchaytirgich chiqishiga qanday ulanganiga mos ravishda kuchlanish bo‘yicha va tok bo‘yicha TA amalga oshiriladi:

    — kuchlanish bo‘yicha TA amalga oshirilganda TA zanjiri sxema chiqishiga yuklama bilan parallel ulanadi (8.9, a-rasm). Bunda TA kuchlanishi kuchaytirgich RYu yuklamasidagi kuchlanishga 
    proporsional boiadi;
    — tok bo'yicha TA amalga oshirilganda TA zanjiri sxema chiqishiga RYu bilan ketma-ket ulanadi (8.9, b-rasm). Buning uchun chiqish zanjiriga maxsus RTA rezistor ulanadi, bu rezistordagi kuchlanish pasayishi RYu yuklamadagi chiqish tokiga proporsional bo‘ladi.

    TAzanjirining kuchaytirgich kirishiga ulanish usuliga mos ravishda ketma-ket va parallel TAlarga ajratiladi:

    — ketma-ket ulangan TA amalga oshirilayotganda TA zanjiri kuchaytirgichning kirish tomonidan signal manbayiga ketma-ket ulanadi (8.9, d-rasm);

    — parallel ulangan TA amalga oshirilayotganda TA zanjiri kuchaytirgichning kirish tomonidan signal manbayiga parallel ulanadi (8.9, e-rasm).

    Manfiy TA signallarini kirish zanjiriga uzatish usuliga qarab uning turini quyidagi amaliy maslahatlar yordamida oson aniqlash mumkin. Agar TA signali tranzistor emitteriga (istokiga) uzatilsa, aloqa ketmaket, agar bazaga (zatvorga) uzatilsa, aloqa parallel amalga oshirilgan bo‘ladi






Yüklə 98,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin