5-ma’ruza mashg’uloti Avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi



Yüklə 52,5 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#164791
5-ma\'ruza-1




5-ma’ruza mashg’uloti


Avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi

Reja:

1. KARMAT tizimining afzalliklari
2. Tizimda bajariladigan jarayonlar majmuasi
3. Tizimdan foydalanish
1. Korporativ kataloglashtirish texnologiyasining mavjudligi tayyor bibliografik yozuvlardan foydalanib tezda va sifatli o`z EK bazasini shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
2. Tizim Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida yaratilgan avtoritet fayllardan foydalanishi hisobiga kataloglashtirish jarayoni tezlashadi, mualliflarning ismi sharifini (taxalluslarini), sarlavhalarni kiritishda bunday yondoshuv birinchidan kataloglashtirish jarayonini tezlashtirsa ikkinchidan yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatoliklarning oldini oladi.
3. Tizimda Foydalanuvchilarga masofadan xizmat ko`rsatish texnologiyasini amalga oshirilganligi Foydalanuvchilarning bevosita kutubxonaga kelmasdan elektron katalogdan foydalanib va foydalanmay buyurtmalar berish va buyurtmalarni qabul qilinganligi, ularning bajarilishi to`g`risidagi axborotlarni olish imkoniyatini yaratgan.
4. Tizim bibliografik tavsif yaratishda O`zbekistonda ishlab chiqilgan (xalqaro) standartlar tizimiga rioya qiladi.
5. Tizim ishlatish uchun juda qulay bo`lib, u O`zbekiston kutubxonachilarining bugungi kundagi malaka va ko`nikmalarini e`tiborga olib yaratilgan.
6. Tizimdan foydalanuvchilar uchun sodda va barchaga tushunarli tilda uslubiy qo`llanma (o`zbek va rus tillarida) yaratilgan.
7. Tizimni tatbiq qilish, AKM, ARM va kutubxona xodimlarini tizimni boshqarishga o`rgatish maqsadida maxsus o`quv kurslari tashkil qilingan. Kelajakda masofadan o`qitish tizimini ishga tushirish mo`ljallanmoqda.
8. Tizim tarkibiga kiritilgan maydonlarni yaratuvchi maxsus “Konstruktor” ixtiyoriy tipdagi va kerakli xossaga ega bo`lgan maydonlarni tuza oladi. Bu esa o`z navbatida ichki va tashqi formatlarni kutubxona texnologiyalariga moslab loyihalash imkoniyatini yaratadi.
9. Elektron katalog bazasini shakllantiruvchi kataloglashtiruvchi uchun EK maydonlariga kiritilayotgan ma`lumotlar to`g`risida axborot (yordam) berilgan. Maydonga kiritilayotgan ma`lumotlar shakli misollar orqali ko`rsatilgan.
10. Elektron katalog bazasini shakllantirishda ma`lumotnomalar (dinamik bazalar)dan foydalanish EK bazasini to`ldirish jarayonini tezlashtiradi va tayyor ma`lumotlardan foydalanish yo`lga qo`yilganligi tufayli xatoliklar kamayadi.
11. Tizim axborotlarni AKAT bazasiga kiritishda va ularni tarmoq bo`yicha uzatishda xalqaro kutubxona-bibliografik va kommunikativ formatlarni, tasniflash tizimlari hamda kodlashtirish qoidalarini (KBK, UO`K, UNIMARC, MARC21, USMARC va boshqalarni) qo`llab-quvvatlaydi. Bu esa o`z navbatida boshqa tizimlardan bibliografik yozuvlarni ko`chirib olish va jahon axborot-kutubxona tarmog`i bilan integrallashuviga imkoniyat yaratadi.

Tizimda bajariladigan jarayonlar majmuasi (AIJlari). Tizim qanday vazifalarni bajarishini, rejalashtirilgan kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beradigan AIJlari yetarli ekanini va bu vazifalarining to‘g‘ri bajarayotganini aniqlash zarur.


• Taxlillarning ko‘rsatishicha, malakali kutubxonachilar xamkorligida yetakchi kutubxonalarning avtomatlashtirish bo‘limlarida ishlab chikilgan AKT ancha samarali tizim xisoblanadi.
Dastur ishga tushirilgach monitorda quyidagi interfeys paydo bo`ladi:
Foydalanuvchi “Qidirish” tugmasini bosishi va maktab ARM elektron katalogi bazasidagi ma`lumotlar bilan tanishishi mumkin. Qidirish bibliografik tavsifning “Muallif”, “Sarlavha”, “Kalit so`zlar”, “Mavzular”, “Nashr etilgan yil” elementlari va mantiqiy amallar ishtirokida qidirish farmoyishi berish orqali bajariladi (1-rasm).

Masalan, foydalanuvchi “Muallif” maydoniga “Karimov” so`zini kiritsa (2-rasm)


2-rasm

va “Qidirish” tugmasini bossa, ARM elektron katalogi (EK) bazasidagi “Karimov” muallifligida nashr etilgan va EK ma`lumotlar bazasida mavjud bo`lgan barcha hujjatlarni ko`radi (3-rasm).


3-rasm

Avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimidan foydalanish bo`yicha ma`lum bir tayyorgarlikka ega bo`lgan foydalanuvchilar uchun “Kengaytirilgan qidirish” tugmasi yordamida EK ma`lumotlar bazasidan kerakli ma`lumotlarni samarali qidirish imkoniyati yaratilgan (4-rasm).


4-rasm

Maktab ARM elektron katalogi bazasini ko`rish foydalanuvchilardan hech qanday “Login” va “Parol” talab qilmaydi. Foydalanuvchilar ARMda ro`yhatdan o`tganlaridan so`ng ularga maxsus “Login” va “Parol” beriladi. Foydalanuvchilar maxsus “Login” va “Parol” ga ega bo`lishgach ular “Shaxsiy elektron kabinetga” ega bo`ladilar. Foydalanuvchi o`z shaxsiy elektron kabinetida (ShEK) ARM EK imkoniyatlaridan foydalanib hujjatlarni qidirishi, to`liq matnli hujjatlarni ko`rishi, kerakli adabiyotlarga buyurtmalar berishi, o`zining elektron formulyarini (o`qib ARMga qaytarilgan adabiyotlar va hali qaytarib topshirilmagan adabiyotlar ro`yhatini) ko`rishi mumkin.

Tavsiya etiladigan asosiy adabiyotlar:


1. Plemnek A.I, Sokolova N.V “Integratsiya I korporativnost elektronnix bibliotek” Universitetskaya kniga -2010
2. Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini tashkil etish A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti 2020-y.
3. Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: № O‘RQ - 280. 2011-y, 13-apr. // Xalq so‘zi,- 2011-y 14-apr.
4. Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №181-sonli qarori. 2006-y, 20 iyun // Xalq so‘z 2006-y, 21-iyun.
5. Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: № O‘RQ - 42. 2006-y. 20-iyul // Xalq so‘zi - 2006-y, 21-iyul.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va Foydalanuvchilik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar» dasturi to‘g‘risida Qarori 2017-yil, 13-sentyabr - (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son, 1029-modda)
7. Рахматуллаев М.А. Мировые информационные ресурсы: Методическое пособие. - Тошкент: Фан ва технология, 2017-y, 196 стр. - ISBN978-9943-11-402-9
8. Рахматуллаев М.А. Информационные технологии в библиотеках. Методическое пособие по разработке проектов с использованием новых информационных технологий.-Ташкент: Национальная библиотека Узбекистана, 2003-y, 272 стр.
9. Каримoв У., Раҳматуллаeв М.А. Электрoн кутубxoна: яратиш тexнoлoгияси ва рeсурсларидан фoйдаланиш. (Мoнoграфия) - Т.: Алишeр Навoий нoмидаги Ўзбeкистoн Миллий кутубxoнаси нашриёти. 2010-y,136- б.
10. Новицкий А.В., Резниченко В.А., Проскудина Г.Ю. Создание научных архивов с помощю системы ЕПринтс // Российский научный электронный журнал «Электронные библиотеки». [Электронный nресурс]. URL: http://www.elbib.ru/index.phtml?page=elbib/rus/journal (дата обращения: 22.01.2010).
11. Теxнологии создания и использования научно-образовательной информации в сети электронныx библиотек: Ежегодный сборник. /По редакцией М.А. Раxматуллаева . – Т.: E-LINE, 2013-y. 130-б.
12. Раxматуллаев М.А. Модели корпоративной информационно-библиотечной сети. В сборнике «Новости науки Казаxстана». Научно-теxнический сборник . Алма Ата. НС НТИ. вып. 3 – 4, 2012-y с 9 - 17.
13. Раxматуллаев М.А. Каримов У. Корпоратив аxборот ресурс марказларини автоматлаштирилган тизими Монография. Ташкент., 2012-y, 120-б.
14. Раxматуллаев М.А. Информационное обеспечение университетов в корпоративной библиотечной сети «SOCIETY, INTEGRATION, EDUCATION». ROCEEDING of the International Scientific Conference. Volume II. May 23 - 24, 2014. Rezekne. Latvia. ISSN 1691-5887. 333 - 342 p.
15. Раxматуллаев М.А. Проблемы и решения по организации открытого доступа к информационным ресурсам: Сборник. //Теxнологии создания и использования научно-образовательной информации в сети электронныx библиотек - Ташкент: Изд. Национальной Библиотеки Узбекистана, 2011.-с.7-14.
16. Раxматуллаев М.А. Научно-образовательная информация в сети электронныx библиотек //Вестник БАЕ Научно-практический журнал. М.: Российская государственная библиотека. №2 , 2011-y, 25 - 26с.
17. Раxматуллаев М.А. Эволюция информационныx теxнологий в библиотекаx Узбекистана//KUTUBXONA.UZ. № 3(19).- с. 15 - 21
18. Раxматуллаев М.А., Еронина Е. Научно-образовательные ресурсы для информационно-библиотечныx учреждений в онлайновом доступе // Электрон кутубxона тармоқларида илмий-таълимий аxборотлар яратиш ва улардан фойдаланиш теxнологиялари-Technologies of scientific and educational information development and use in the network of electronic libraries- Теxнологии создания и использования научно-образовательной информации в сети электронныx библиотек: Тўплам /Масъул муҳаррир М.А. Раҳматуллаев. – Т.: ООО «E-LINE PRESS», 2013-y. 130-б. 7 - 25 с.
19. Руководство по наукометрии: индикаторы развития науки и теxнологии: [монография] М.А. Акоев, В.А. Маркусова, О.В. Москалева, В.В. Писляков. [под редакцией М.А. Акоева]. – Екатеринбург: изд-во Урал. ун-та, 2014. – 250 с.
20. Гибридные журналы открытого доступа / В.М. Московкин // Научно-теxническая информация. Сер. 1. Организация и методика информационной работы. – 2008. – № 11. – c. 22-25. Moskovkin_nti0811.pdf (329 Кб)
21. Институтциональные политики открытого доступа к результатам научныx исследований / В.М. Московкин // Научно-теxническая информация. Сер. 1. Организация и методика информационной работы. – 2008, – № 12. – c. 7 - 11. Moskovkin_nti0812.pdf (522 Кб)
22. From Michael Kurtz, American Scientist Open Access Forum, 28 September 2005 http://users.ecs.soton.ac.uk/harnad/Hypermail/Amsci/4807.html
Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin