5-mavzu. Bozor, talab va taklif reja



Yüklə 39,35 Kb.
səhifə1/8
tarix05.04.2023
ölçüsü39,35 Kb.
#93852
  1   2   3   4   5   6   7   8
4-Маъруза


5-mavzu. BOZOR, TALAB VA TAKLIF
Reja:
1. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi
2. Talab tushunchasi va talab qonuni.
3. Taklif tushunchasi vataklif qonuni.
4. Bozor muvozanati.


1. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayirboshlash;
- sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
- to‘lovga layoqatli bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik.
Ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning ob’ekti va sub’ektini ajratib ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bozor ob’ekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Bozor sub’ekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor sub’ektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z sub’ektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu erda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi.

Yüklə 39,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin