5-mavzu: Kredit va qarz munosabatlari Kredit mohiyati va turlari Kredit resurslarining asosiy manbalari



Yüklə 37,86 Kb.
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü37,86 Kb.
#123863
  1   2   3   4   5
5-mavzu Kredit va qarzlar


5-mavzu: Kredit va qarz munosabatlari
1. Kredit mohiyati va turlari
2. Kredit resurslarining asosiy manbalari
3. Qarzlar

Bizga ma’lumki, pul mablag’lari deganda asosan: kredit, investitsiya, korxonalarning hisob-varaqlaridagi mablag’lar va naqd pullar kiradi. Ushbu tushunchalar mazmunan bir m a ’noni bersa-da, ularning ichki xususiyati keskin farqlanadi. Jumladan, kredit — bu ma’lum muddatga, haq to’lash sharti bilan qarzga olingan pul mablag’lari hisoblanadi. Investitsiya esa ma’lum faoliyatdan foyda olish maqsadida qo‘yilgan mablag’lar tushuniladi. Korxonani hisob-varaqlaridagi pullar bo’lib, istalgan vaqtda ehtiyojini qondirish uchun sarflanishi mumkin bo’lgan ixtiyoridagi mablag‘lar hisoblanadi. Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklari, zebu-ziynat mahsulotlari, iste’mol tovarlari, uy-joy, ko‘char va ko‘chmas mol-mulk sotib olinadi. Ushbu mahsulotlarni sotib olish uchun iste’molchida ixtiyoridagi pul mablag‘lari yetarli bo’lmaganida kredit olish uchun murojaat qilinadi. «Kredit» so‘zi lotincha «creditum » — ssuda, qarz so‘zidan paydo bo‘lganligi qayd etiladi.



Ayrim iqtisodchi olimlar «credo», ya’ni «ishonaman» degan m a’noni anglatishini qayd etadi. Albatta, kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan subyektlarning birbiriga bo’lgan ishonchi asosiy omil hisoblanadi. Bu yerda kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit oluvchiga nisbatan «ishonchi» muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun birgina ishonchning o‘zi yetarli bo’lmaydi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va kredit oluvchini o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga undaydi. Buni kreditor va qarz oluvchini nuqtai nazaridan ko‘radigan bo‘lsak, kreditorni ushbu munosabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu — iqtisodiy manfaatdorlik, ya’ni kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir.

Yüklə 37,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin