5-mavzu: Kredit va qarz munosabatlari Kredit mohiyati va turlari Kredit resurslarining asosiy manbalari



Yüklə 37,86 Kb.
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü37,86 Kb.
#123863
1   2   3   4   5
5-mavzu Kredit va qarzlar

Bank nomi

Yillik foiz

Beriladigan summa

Boshlang’ich to’lov

Muddat

Asakabank”

17%

uyning 85% gacha

15%

20 yilgacha

Agrobank”

17,5%

400 mlngacha

25%

20 yilgacha

Davrbank”

25%

Mulkning qiymatiga qarab

50%

10 yilgacha

Kapitalbank”

24%

26%


2 mlrd so’mgacha

51%
26%



10 yilgacha

Ravnaq-bank

26%

28%


turar joyning 75% miqdorida

25%

120 oygacha

180 oygacha



InfinBank

22,99%

6500 BHMgacha

26% dan 50% gacha

51%


120 oy

180 oygacha



Qishloq qurilish bank”

17%

416,5 mlngacha




20 yilgacha

NBU**

18%

339,15 mlngacha

15%

20 yilgacha

Mikrokreditbank”***

18%
17%

238 mlngacha

15%

20 yilgacha


Ziraat Bank Uzbekistan

25−60 oy — 23.5%
61−84 oy — 24%
85−120 oy — 25%

BHMning 3000 baravarigacha



25%

10 yilgacha

Xalq banki”

17%

309,4 mlngacha

15%

20 yilgacha

Hamkorbank

17%

416,5 mlngacha

15%

20 yilgacha

Ipoteka bank”***

18%
17%

416,5 mlngacha

15%

20 yilgacha

Turonbank”

18%

17%


416,5 mlngacha

15%

20 yilgacha

Aloqabank”

17%

416,5 mlngacha

15%

20 yilgacha

Orient Finans banki”

17%

416,5 mlngacha

15%

20 yilgacha

*** Toshkent shahri uchun yillik 18 foiz; Respublikaning boshqa shahar va qishloq joylari uchun yillik 17 foiz. Foiz stavkalar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa — oʼzgarishsiz qoladi.
** Krеditning maksimal miqdori qishloq joylarda 238,0 mln.so‘m gacha, shaharlarda 309,4 mln.so‘m gacha, Toshkеnt shahrida 339,15 mln.so‘m gacha.

Kredit kelishuvida qarz oluvchining o‘rni kreditorning o‘rnidan farq qiladi, xususan, birinchidan, qarz oluvchi qarzga berilgan mablag‘ning egasi hisoblanmaydi, u faqat mablag‘ning vaqtinchalik egasi sifatida ishtirok etadi; qarz oluvchi birovning pul resursidan foydalanadi, resurslar bo‘lsa ung tegishli emas. Ikkinchidan, qarz oluvchi muomala va ishlab chiqarish sohasida qarzga berilgan mablag‘lardan (materiallar sotib olish, ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalash) foydalanadi. Kreditor ssudani ayirboshlash davri uchun beradi, bu bevosita ishlab chiqarishga kirmaydi. Uchinchidan, qarz oluvchining xo‘jaligida resurslarning doiraviy aylanishi tugaganidan so‘ng olingan resurslar qaytarib beriladi. Qarz oluvchi resurslarni kreditorga qaytarishi uchun o‘zida bo‘sh turgan mablag‘lar bilan etarli darajada ta’minlashni tashkil etadi. To‘rtinchidan, qarz oluvchi nafaqat vaqtinchalik foydalanish uchun olingan qiymatni qaytarib beradi, balki kreditordan olingan mablag‘lardan ortiqchasini to‘lab beradi, bunda u ssuda foizini to‘lab beruvchi shaxs sifatida ishtirok etadi. Beshinchidan, qarz oluvchi kreditorga tobe sifatida kreditorning amriga bo‘ysinadi. Kreditorga nisbatan qarz oluvchining iqtisodiy tobeligi qarzga olingan mablag‘lardan foydalanish uchun o‘z majburiyatlarini bajarishga majbur bo‘ladi. Hatto, qarz oluvchi qarzga olingan mablag‘larini qaytarishi va ssuda foizi ko‘rinishidagi tenglashtirilgan mablag‘larni to‘lash uchun qarz bergan shaxsga nisbatan o‘zining tobeligini yo‘qotmaydi: u avvalgi kreditorning o‘rniga yangi kreditor bilan uchrashadi, shu sababli ssuda to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan barcha majburiyatlar to‘liq bajarilishi zarur, bu holat esa keyingi kreditni olishga asos yaratadi.


Qarz oluvchining kreditorga bo‘lgan tobelik o‘rni kredit kelishuvida o‘zining ahamiyatini yo‘qotmaydi. Qarz oluvchi bo‘lmas ekan kreditor ham bo‘lmaydi. Qarz oluvchi nafaqat resurslarni olishi, balki undan vaqtinchalik resurs sifatida foydalanishi, shuningdek, o‘z qarzini to‘liq hisob-kitob qilishi shart. Qarz oluvchi shunday foyda keltiradigan kuchki, u vaqtincha olingan resurslardan optimal foydalanish bilan ham bog‘liq. Kreditor bilan qarz oluvchi kredit munosabalarida namoyon bo‘lish bilan birgalikda o‘zining yagona maqsadi bilan yagona manfaatdorlikini ko‘zlaydi. Kreditor bilan qarz oluvchi kredit munosabatlari doirasida o‘rin almashishi mumkin: kreditor - qarz oluvchi, qarz oluvchi – kreditor sifatida shakllanadi. Zamonaviy pul xo‘jaligida u yoki bu sub’ekt bir vaqtning o‘zida ham kreditor ham qarz oluvchi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Kreditor bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabatlar, ularning bir-biri bilan o‘zaro aloqadorligi ikkita sub’ektning o‘zaro munosabatini bildiradi: ular, birinchidan, mustaqil yuridik shaxslar sifatida; ikkinchidan, kredit munosabatlarida mulk uchun javobgarlikni ta’minlovchi ishtirokchi sifatida; uchinchidan, iqtisodiy manfaatdorlikni shakllantiruvchi sub’ekt sifatida ishtirok etadi. Kredit munosabatlarining sub’ektlar o‘rtasida bog‘liqligi barqaror va muntazam munosabatlar bilan xarakterlanadi, ular yaxlit tizim sifatida kredit doirasida muayyan xususiyatlar bilan birga o‘ziga xos munosabatlar bilan belgilanadi.
Har qanday inson oʻz hayoti davomida kishilar bilan oʻzaro munosabatda qarz oldi-berdisini boshidan kechirmay, unga roʻbaroʻ kelmay iloji yoʻq.
Qarz oldi-berdisi inson hayotida eng ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi.
Jamiyatda hali ijtimoiy, iqti¬sodiy va huquqiy munosabatlar u qadar rivojlanmagan vaqtlardan boshlab kishilar oʻrtasidagi qarz munosabatlari muayyan muddatga moddiy buyumlarni qaytarish sharti bilan berib turish tarzida shakllanib kelgan.
Qarz munosabatlarining dastlabki huquqiy belgilari qadimgi Rimda yaratilgan boʻlib, pul ixtiro qilinishi bilan mazkur munosabat oʻzining hozirgi qarz shartnomasi koʻrinishini olgan.
Bugungi kunda qarz deganda, muayyan muddatga qaytarish sharti bilan pul mablagʻi berib turish tushuniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga asosan qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Qarz shartnomasi qanday shaklda tuzilishi kerakligi ham qonun normasida koʻrsatilgan boʻlib, unga koʻra, fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs boʻlganida esa summasidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Qonunchiligimizda qarz oldi-berdisini tuzish va rasmiylashtirish shart qilib qoʻyilgan ekan, nima sabab qarz munosabatiga kirishayotgan shaxslar ushbu tartibga rioya etmaydi, degan savol tugʻiladi.
Fikrimizcha, buning birinchi sababi – oʻrtadagi ishonch, istehola. Ikkinchidan, taraflar notarial idoraga borib, qarz shartnomasini rasmiylashtirishiga yo hafsala qilmaydi yoki imkoni boʻlmaydi.
Muammoning eng kattasi esa jamiyatimizdagi huquqiy savod va madaniyatga borib taqaladi.
Kishilar oʻrtasidagi qarz munosabatlari qonuniy rasmiylashtirilmas ekan, nizo va muammolar paydo boʻlaveradi.
Afsuski, bugungi kunda qarz masalasi bilan bogʻliq nizolar kundan-kunga koʻpayib borayotganligi hech kimga sir emas.
Fuqarolik sudlarida koʻrilayotgan nizolarning salmoqli qismini ham qarz oldi-berdisiga taalluqli ishlar tashkil etadi.
Shuning oʻziyoq bugungi kunda odamlar oʻrtasidagi qarz munosabatlari nechogʻli ogʻriqli tus olib borayotganini koʻrsatadi.
Raqamlarga murojaat qilsak, 2022-yilning birinchi yarmida fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlaro sudida qarzni undirish bilan bogʻliq 953 ta daʼvo ariza koʻrilgan.
Shundan 856 ta ariza qanoatlantirilgan. Buning natijasida esa qarzdorlardan jami 4 milliard 890 million soʻmdan ziyod qarz summasi haqdorlarga undirib berilgan.
Daʼvogarlarning aksariyati odamgarchilik nuqtai nazaridan qarzdorlarga yordam qoʻlini choʻzgan insonlardir. Bu kabi toifaga mansub kishilar ishonch va istihola sabab qarz munosabatini qonuniy rasmiylashtirmaydilar.Ammo vaqti kelib, qarzdorning noinsofligi yoki toʻlov imkoniyati boʻlmagani bois, oʻrtada nizo paydo boʻladi.
Islom dinida ham qarz oldi-berdisini guvohlar ishtirokida rasmiylashtirish koʻrsatib oʻtilgan.
Shuning uchun ham qarz oldi-berdisini rasmiylashtirishda istihola yoki andishaga borish mumkin emas.
Qarz shartnomasini notarial tartibda rasmiylashtirilishi kelgusida taraflar oʻrtasida nizo kelib chiqqan taqdirda sudgacha yetib bormaslikka olib keladi.
Chunki, notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish qonunda belgilab qoʻyilgan.
Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomalarini rasmiylashtirishda qonun talablariga rioya qilinishi hamda zimmalaridagi vazifani oʻz vaqtida ado qilishlari natijasida bu turdagi nizolarni kamayishiga xizmat qiladi.

Yüklə 37,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin