Reja: 5.1 Boylik, etishmovchilik, mo‘l-ko‘lchilik va kambag’allik. Ularning yechimlari va yo‘nalishlari
5.2 Xususiy mulki
5.3 Savdo va xususiy mulk hamda sudxo’rlik bo’yicha qarashlar
5.1 Boylik, etishmovchilik, mo‘l-ko‘lchilik va kambag’allik. Ularning yechimlari va yo‘nalishlari Fiziokratlar (lot. - tabiat, hukmronlik) - XVIII asrdagi ffansuz iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi. o‘sha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan bo‘lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo‘jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo‘jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. Ulaming fikricha boylik faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‘ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o‘tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar.
Boylik – Аvgustin davridan boshlab kanonistlar tomonidan moddiy neʼmatlar yigʼindisi sifatida, yaʼni natural shaklda qaralgan. Аgar boylik unga sarflangan mehnat bilan emas, balki boshqa vositalar yordamida yaratilgan boʼlsa, gunoh deb tan olingan. Bu qatʼiy qoidaga muvofiq noinsoflik bilan oltin va kumushning koʼpaytirilishi (jamgʼar ilishi) jamiyatning ahloqiy va boshqa meʼyorlariga zid hisoblangan. Аmmo Аkvinat fikri boʼyicha, «odil narx» xususiy mulkni koʼpaytirish va «oʼrtacha» boylik yaratishda inkor etib boʼlmaydigan manba boʼlib xizmat qilishi mumkin. Bu, uningcha, gunoh hisoblanmaydi.
Аyirboshlash– Qadimgi Dunyo va oʼrta asrda tadqiqotchilar tomonidan proportsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odamlarning xohishi tufayli boʼladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu printsipni inkor etmagan holda, noekvivalent boʼlib tuyulgan ayirboshlash, subʼektiv jarayon sifatida, tomonlarga teng foyda keltirishi mumkinligini Аkvinat koʼrsatib berdi. Boshqacha aytganda, buyum «bir odamning foydasiga boshqa odamning zarar koʼrishi hisobidan kelib tushsa», oʼshandagina ayirboshlash sharti buzilgan boʼladi.
Merkantilistlaming ilmiy dunyoqarash tamoyillaridan biri har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash.
Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko‘rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‘zgardi. Awalo, natural- xo‘jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlaming ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‘lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo'ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o‘mini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko‘p bo‘lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag‘batlantirish va jamiyat ishlarini qoilab-quwatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo‘shningni quritsang, go‘yoki millat boy boiadi” kabi noto‘g‘ri siyosat ilgari surilgan.
Merkantilistlar dunyodagi umumiy boylik ozgarmas deb qabul qilishgan. Shu farazga asoslangan holda sxolastiklar insonlar o‘rtasida savdo amalga oshirilganda ulardan birining daromadi olishi boshqasiga albatta zarar keltiradi, deb ta’kidlashgan. Merkantilistlar xuddi shu mantiqni xalqlar o‘rtasidagi savdoda ham qo‘llab, bir xalqning iqtisodiy qudrati va boyligining o‘sishi faqatgina boshqa davlat boyligi hisobiga amalga oshadi degan xulosaga kelishgan. Shunday qilib, merkantilistlar xalqaro savdo millatning qudrati va boyligining ravnaq topishida muhim vosita ekanini e’tirof etib, ko‘proq xalqaro savdo balansiga yetibor qaratishgan.
Ko‘pchilik merkantilistlar fikriga ko‘ra, iqtisodiy faoliyatdan maqsad iste’moI emas, balki ishlab chiqarishdir va bu keyinchalik klassik iqtisodchilar tomonidan ham qabul qilindi. Shuningdek, ulaming fikricha millat boyligi shaxsiy boyliklar yig‘indisi shaklida aniqlanmaydi. Ular bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarishni, ham eksportni rag‘batlantirish, hamda iste’molni cheklash orqali millatning boyligini ko‘paytirish mumkin, deb hisobladilar. Shunday qilib, halqning bo‘ligi ko‘pchilikning qashhoqligiga asoslanadi. Merkan- tilistlar ishlab chiqarishga katta ahamiyat bergan bo‘lsalar ham, ichki bozorga ko‘p mahsulot ishlab chiqarishni ma’qullamaganlar. Ko‘p ishlab chiqarish bilan birga kam iste’mol qilish eksportni oshirishga imkon beradi, bu esa millat boyligi va qudratining oshishiga olib keladi, deb hisoblaganlar. Merkantilistlar xalqaro savdoda nisbiy ustunlikka erishish uchun ishchilarga kam ish haqi berilishi tarafdori bo'lganlar. Ulaming fikricha yashash minimumidan yuqori maosh berish mehnat layoqatini kamaytirishi mumkin, yuqori ish haqi yil davomida kamroq soat ishlashga va yalpi ishlab chiqarishni kamaytirishga sabab bo‘lishi mumkin, deb hisoblanganlar.
Tomas Man 1630-yilda «Angliyaning tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi.
Tomas Man fikricha boylikning manbayi faqat tashqi savdo hisoblanadi, bunday boylikka «har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko‘ra ularga ko‘proq sotish» yo‘li bilan erishiladi. U chetga faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlami iste’mol qilishdan o‘zini tiyishni tavsiya etadi.
Garbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng tarqalgan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ulaming ahvoli og‘ir bo‘ladi. ochlik-yalang‘ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg'armalar paydo bo‘lishiga to'siqdir va kapital qo‘yilmalar ham past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o‘sishiga yoi bermaydi, kambag‘allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsiz rivojlanish). Bu og‘ir ahvoldan chiqishning birdan bir yoii - tashqi «turtki yoii» hisoblanadi. Minimum kapital qo‘yilmalaming asosan tashqi investitsiyalar hisobiga asta-sekin o'sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo‘yilmalar miqdori ma’lum kritik darajadan yuqori bo'lishi kerak, shu bilan turg‘unlik holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun qulay «iqlim»ni yuzaga keltiradi.
Garbdagi ko‘p iqtisodchilar bu mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazishni ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka qaram mamlakatlari bilan metropoliya o‘rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo‘lmagan, noekvivalent almashuv yo‘li bilan qo‘shimcha boylik orttirish imkoni bo‘lgan. Ilgari mustamlaka bo‘lgan qaram davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko‘p vaqt davomida ko‘p jihatdan bog‘liq bo'lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm ta'limotlari yuzaga keldi. «Solishtirma chiqimlar» nazariyasining yangi variantlari J.Vayner, G.Xaberler, Ch.Kindleberger va boshqalar tomonidan har tomonlama ishlab chiqilgan. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha rivojlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar anchagina bo‘lganligini hisobga olib, oziq-ovqat va xomashyo mahsulotlariga ixtisoslashish ma’qul, sanoatni rivojlantirishga hojat yo‘q, chunki an’anaviy eksport tovarlari hisobiga xalqaro bozordan kerakli mahsulotlami almashib olish mumkin. Bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi. Masalan, Malayziya xuddi shunday yo‘l tutdi, faqat o‘z xomashyosini tayyor mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga erishdi. «Ishlab chiqarish omillari» nazariyasida ham noekvivalent almashuv tizimi, chetga esa faqat xomashyo chiqarish taklif etiladi. Chet el kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri ham ustun hisoblanadi.
Keyingi davrda BMT tomonidan «Insoniy rivojlanish konsepsiyasi» ilgari surildi. Undagi qoidalar respublikamiz uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.
Iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi daromadning ko‘payishi va insoniy farovonlikning yaxshilanishi orasidagi aioqani aniqlashda muhim xizmatni ado etadi. Bunday bog’lanish nafaqat iqtisodiy o‘sishning miqdoriga, balki sifati va qanday taqsimlanishiga ham bog’liq. Iqtisodiy o‘sish va odamlar hayoti orasidagi bog’lanish oqil siyosat - ijtimoiy maqsadlar uchun to’lovlar, daromad va aktivlami qayta taqsimlashga qaratilgan fiskal siyosat orqali yaratilishi kerak. Bunday bog’lanish qashshoqlikni kuchaytiruvchi avtomatik tarzda ishlovchi bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud bo’la olmaydi. Ammo biz ehtiyot bo’lishimiz kerak. Daromad ko‘payishi bilan insonlar hayotining yaxshilanishi orasidagi avtomatik bog’liqlikni inkor etish iqtisodiy o‘sishni inkor qilish emas. Iqtisodiy o‘sish kambag‘al jamiyatlar uchun qashshoqlikni kamaytirish va umuman yo‘qotishda juda muhim. Lekin bunday o‘sish sifatining ahamiyati uning hajmidan muhimroq. Oqilona milliy siyosat iqtisodiy o'sishni odamlar hayotini yaxshilashga o‘gira olishi kerak. Buni qanday qilib amalga oshirish mumkin? Bu iqtisodiy va siyosiy hokimiyatda katta strukturaviy o‘zgarishlami talab qilishi mumkin, bu sohada insoniy rivojlanish paradigmasi juda inqilobiydir. U ko‘p mamlakatlarda amaldagi hokimiyat tizimini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Iqtisodiy o‘sish va odamlar farovonligi orasida bog’liqlikning kuchayishi ko‘p vaqt talab etuvchi yer reformasi, soliqlaming progressiv tizimi, asosiy ijtimoiy yordamning kuchaytirilishi, uni barcha muhtoj aholiga yetib boradigan qilish, odamlaming iqtisodiy va siyosiy faoliyatlari yo’lidagi to‘siqlaming yo‘qotilishi va ulaming boylikka ega bo’lish huquqini tenglashtirish, bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq, iqtisodiy va siyosiy sa’y-harakatlardan eng ko‘p ozor chekishi mumkin bo’lganlarga vaqtinchalik ijtimoiy xavfsizlik tizimini joriy qilish kabi bir qancha chora-tadbirlarni talab etishi mumkin. Bunday siyosiy faoliyat fundamental va har bir mamlakat uchun farqlidir. Ammo ba’zi bir xususiyatlar hamma mamlakatlar uchun umumiy.