5-mavzu Rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr-хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаr tizimidа va xаlqаrо iqtisоdiy intеgrаtsiya



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə1/8
tarix29.07.2023
ölçüsü27,72 Kb.
#137945
  1   2   3   4   5   6   7   8
5-Mavzu JIXIM


5-mavzu Rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr-хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаr tizimidа va xаlqаrо iqtisоdiy intеgrаtsiya
§ 5.1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari
§ 5.2. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan о‘rni va roli
§ 5.3. Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida
§ 5.4. Xalqaro iqtisodiy integratsiya


§ 5.1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini rivojlanishining ahamiyatli tomonlaridan biri, sobiq mustamlaka va qaram territoriyalarning roli va ahamiyatini iqtisodiy jihatdan kuchayib borayotganligidir. Ushbu mamlakatlar avval jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar yoki ozod etilgan mamlakatlar, “uchinchi dunyo mamlakatlari”, “janub” mamlakatlari yoki “periferiya” mamlakatlari sifatida tilga olingan bо‘lsa, hozirgi kunda umumiy tarzda rivojlanayotgan mamlakatlar deya ataladi..
Bu mamlakatlar iqtisodiyoti turli-tumandir, ularning xududida 3,2 mlrd atrofida axoli yashaydi. Ushbu mamlakatlarda hozirgi kunda juda murakab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar kechmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti kо‘p ukladli ijtimoiy-iqtisodiy tarkibga asoslanadi. Bir qator mamlakatlarda kapitalistik uklad bilan bir qatorda hamon urug-aymogchilik va patriarxal munosabatlar ham mavjuddir. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat va davlat xо‘jalik ukladi muhim rol о‘ynaydi. Davlat sektorini rivojlantirish bosqichi kapitalistik ishbilarmonlikni kengaytirish siyosati bilan hamoxang olib boriladi. Buning natijasida esa davlat kapitalizmi paydo buladi va rivojlanadi.
Jahon iqtisodiyotida kо‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning uxshashlik tomonlari, ya’ni ularning qashshoqligi, axolisining qoloqligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, sanoati rivojlangan mamlakatlardan katta miqdorda karzdorligi bо‘lib hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning kо‘pchiligi о‘zining tulakonli ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi va axolisining yashash turmush tarzi darajasi bо‘yicha G‘arbiy Yevropani sanoatlashgan ilgor mamlakatlaridan qariiyb 20-50 marotaba orqada qolmoqda.


Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin