|
|
Integratsiya
tiplari
|
Belgilari
|
|
1.
|
Pereferensial savdo kelishuvlari
|
О‘zaro savdoda tariflar va boshqa tо‘siqlar olib tashlanadi. Uchinchi mamlakatlarga nisbatan milliy tariflar saqlanadi. Davlatlararo boshqaruv organlari
tuzilmaydi.
|
2.
|
Erkin savdo zonalari
|
Bitim shakli. Bunda qatnashchilar bir-birlariga nisbatan bojxona tariflari va kvotalarini olib tashlash tо‘g‘risida ahdlashadilar. Uchinchi mamlakatlarga nisbatan har kimning о‘z siyosati mavjud bо‘ladi. Misol uchun: NAFTA, ANZSERTA. ilgarigi Yevropa iqtisodiy hamjamiyati.
|
3
|
Bojxona ittifoqi
|
Uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona siyosati. Biroq bunda ham jiddiyroq ichki qarama-qarshiliklar paydo bо‘ladi. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati buning misoli bо‘lishi mumkin.
|
4
|
Umumiy bozor
|
Ishtirokchi mamlakatlar о‘rtasida ishlab chiqarishning barcha harakati uchun tо‘siqlarni tо‘liq bartaraf etish. Iqtisodiy siyosatni tо‘liq kelishish, iqtisodiy kо‘rsatkichlarni tenglashtirish kabi masalalar qal etish jarayonida turadi.
|
5
|
Tо‘liq
iqtisodiy
integratsiya
|
Yagona iqtisodiy siyesat ia buning oqibati sifatida qonunchilik bazasini birxillashtirish. Shartlari:
umumiy soliq tizimi; yagona standartlarning mavjudligi; mehnat tо‘g‘risidagi yagona qonunlar va boshqalar.
|
5.1.
|
Iqtisodiy ittifoq
|
Yuqori iqtisodiy rivojlanish bosqichida paydo bо‘ladi. Iqtisodiy siyosat (hatto yagona iqtisodiy siyosat) kelishiladi na shuning asosida barcha tо‘siqlar olib tashlanadi. Davlatlararo (davlatlardan yuqori turuvchi) organlar tashkil etiladi. Barcha qatnashchi mamlakatlarda yirik iqtisodiy islohotlar amalga oshiriladi.
|
5.2.
|
Valyuta ittifoqi
|
Iqtisodiy Ittifoq shakli va ayni bir uning yirik qismi. Quyidagilar valyuta ittifoqining xarakterli belgilari hisoblanadi: - Milliy valyutalarning kschishilgan (birgaliqdagi) muomalasi; qatnashchi mamlakatlarning Markaziy bankirlari tomonidan maqsadga qaratilgan holda qо‘llab-quvvatlanadigan qatiy begilangan valyuta kurslarining о‘rnatish; ushbu xalqaro valyuta birligining emissiya markazi hisobdangan yagona mintaqaviy bank shaklantirilishi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda valyuta ittifoqi deganda kliring bitimlari tushuniladi.
|
Manba: A.Kireyev Mejdunarodnaya ekonomika , M., 2004. s.