5-Mavzu: Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati. Tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyati reja



Yüklə 167,38 Kb.
səhifə1/8
tarix17.10.2023
ölçüsü167,38 Kb.
#156726
  1   2   3   4   5   6   7   8
5-Máruza


5-Mavzu: Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati. Tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyati
REJA

  1. Tuproqning unimdorligi, ahamiyati

  2. Tuproqning singdirish qobilyati va uning turlari

  3. Tuproq singdirish qobilyatining ekologik ahamiyati.




Tayanch iboralar: tuproq kolloidlari, singdirish, kationlar, singdirish sig’imi, unumdorlik, singdirish kompleksi TSK, atsidoitlar, bazoidlar,
Adabiyotlar. A1, A2, Q1, Q3, X1, X2, internet saytlari

1. Tuproqning unimdorligi, ahamiyati. Tuproq paydo bólish jarayonlari natijasida turli tog’ jinslari, minerallar va organik moddalarning tóxtovsiz maydalanishi va parchalanishi yuzaga keladi, hamda tuproq tarkibida zarralar aralashmasi- dispers sistema hosil bóladi. Dispers sistemadagi ólchami 0,2 dan 0,001 м (mikron) gacha bólgan zarrachalarga tuproq kolloidlari deyiladi. Ularning miqdori har xil bólib, tuproq massasiga nisbatan 1-2 dan 30-40 foizgacha ózgarib turadi. Tuproq kolloidlari ham boshqa barcha kolloidlar singari xossalarga ega bólsa-da, ayrim xususiyatlari jumladan, ularni tashkil etuvchi moddalarning sifat tarkibi bilan farq qiladi. Odatda zarrachalar ólchami 1 mikrondan kichik bólganda kolloid xossasi róy beradi. Shuning uchun kolloidlarga qadarli fraksiyalar (1-0,2м) ham ajratiladi. Kolloidlar xossasiga ega bólgan barcha zarrachalar yig’indisiga t u p r o q n i n g k o l l o i d kompleks i yoki K.K. Gedroys bóyicha t u p r o q n i n g s i n g d i r i sh k o m p l e k s i (TSK) deyiladi.
Tuproqning singdirish kompleksi jumladan kolloidlar tuproqda kechadigan moddalarning singdirishi va almashinishi kabi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Tuproqning turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalarni ózida singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular konsentrasiyasini oshirish xossasiga t u p r o q n i n g s i n g d i r i sh q o b i l i ya t i deyiladi.
Tuproqning eritmadan ba’zi moddalarni ózida singdirib qolish qobiliyati uzoq ótmishdan ma’lum. Yunon olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 y) va XVI asrda Bekon Berberi shór suvni tuproq qatlamlari orqali ótkazib, chuchuk suv olish tajribalarini ótkazadi.
Angliyalik olimlar Tompson va Spens 1845 yilda dastlabki laboratoriya tadqiqotlarida tuproqda almashinish qobiliyatiga ega bólgan asoslar borligi kórsatib ótildi. Angliyalik olim D.T.Uey tuproq eritmadagi birikmalarni tuz holida emas, balki tuzlarning asoslarinigina singdiradi; tuproq bilan eritma orasidagi almashinish reaksiyasi juda tez-darhol va ekvivalent miqdorida bóladi. Agar eritmada erkin holdagi ishqorlar (NaOH, KOH kabi) bólsa, ular tuproqda tóliq singdiriladi (adsorbilanadi) degan xulosalarga keldi.
V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, A.N.Sabaninlar óz tadqiqotlarida tuproqning singdirish qobiliyatini órganishga alohida e’tibor berdilar. Ayniqsa tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyatini órganish borasida jahon miqyosidagi yangiliklar bilan boyitgan olim K.K.Gedroysning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. Kóp yillik ilmiy-tadqiqod ishlarining natijalari akademik K.K.Gedroysning «Tuproqning singdirish qobilyati haqida ta’limot» (1922) asarida bosilib chiqdi.
Tuproqning singdirish qobiliyati haqidagi ta’limotni keyinchalik yanada rivojlanishida G.Vigner, S.Matson, Ye.N.Gapon (20-30 yillarda) va sóngra A.N.Sokolovskiy, N.P.Remezev, A.f.Tyulin, I.N.Antipov-Karatayev, S.N.Alyoshin, N.I.Gorbunov, F.Kelli va boshqalarning xizmatlari katta bóldi. Tuproqning singdirish jarayonlarida kolloidlar asosiy ahamiyatga ega.
Tuproq kolloidlari asosan ikki yól: yirik zarralarning mexanik va kimyoviy nurab, maydalanishi hamda molekulalar va ionlarning kimyoviy, fizikaviy yóllar bilan birikishi (kondensasiyasi) natijasida hosil bóladi. Tarkibiga kóra tuproq kolloidlari mineral, organik va ular kompleksidan iborat organik-mineral gruppalarga bólinadi. Tuproq kolloidlarining xarakterli xususiyati ular solishtirma yuzasi: (ya’ni ma’lum massa yoki hajmdagi tuproq zarrachalarining yuzasi, m2 yoki sm2 hisobida) ning katta bólishi va shunga kóra sathiy energiyasining yuqori bólishidir. Buni tasavvur etish uchun 1 sm3 hajmdagi qattiq jismni tashkil etuvchi barcha kublar yuzasi maydonini hisoblashdan olingan quyidagi raqamlarni keltirish kifoya (28-jadval).
28-jadval

Yüklə 167,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin