6 – ma’ruza Rejali (metodik) va kamerali qizdirish eritish pechlari Rejali (metodik) qizdirish pechlari Tayanch iboralar



Yüklə 16,63 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü16,63 Kb.
#204477
6-ma\'ruza (1)


6 – ma’ruza
Rejali (metodik) va kamerali qizdirish eritish pechlari
Rejali (metodik) qizdirish pechlari
Tayanch iboralar: metodik qizdirish, buyumlar yo‘naltiruvchi tayanchlar,dolomitli g'isht, metall buyumlarni yuklash, qizdirilgan buyumlarni chiqarish.
Metodik qizdirish pechlari qora metallurgiya zavodlarida, mashinasozlik va boshqa zavodlarda metall quymalarni va yarim mahsulotlarni chig‘irlash (prokatka) hamda bolg‘alash (kovka) dan oldin qizdirish uchun keng qo‘llaniladi. Bunday pechlar standart buyumlarni qizdirish uchun mo‘ljallangan va shuning uchun ularni uzluksiz va ko‘p miqdorda mahsulot ishlab chiqarishda qo‘llash qulay. 2.6- rasmda metall quymalarni chig‘irlab yoyishdan oldin qizdirish uchun mo‘ljallangan metodik pech ko‘rsatilgan. U ikki bo‘limdan - yuqori haroratlar bo‘limi va isitish bo‘limidan iborat. Isitish bo‘limida yarim mahsulot yuqori haroratlar bo‘limidan chiqadigan tutun gazlarining issiqligi hisobiga isitiladi. Yonish kamerasida forsunka yoki yoqgichlar o‘rnatiladi; isitish bo‘limi yoqish moslamalariga ega emas.
Qizdiriladigan buyumlar pechning tubi bo‘yicha o‘rnatiladigan maxsus yo‘naltiruvchi tayanchlarda harakatlanadi. Tutun gazlari qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lib, buyumlarni bir tomondan qizdiradi.

6- rasm. Yupqa metall buyumlarni bir tomonlama qizdirish uchun mo‘ljallangan metodik pechning sxemasi.
1-metall yuqori yuzasining harorati; 2-metall pastki yuzasining harorati.
Buyumlar yo‘naltiruvchi tayanchlar ustida tutgichlar yordamida harakatlanib, pechning qarama-qarshi tomonidan 1200-12500C gacha qizdirilgan holda chiqadi. Yirik yarim mahsulotlar (kesimi 200 mmdan ortiq) ikki tomondan qizdirilishi lozim, buning uchun tutun gazlarini buyumning ham ustidan, ham tagidan yo‘naltiriladi.(2.6-rasm). Bu holda pastki forsunkalar ham o‘rnatiladi. Ikki yoqlama qizdirish usulini qo‘llash metallni qizdirish jarayonini keskin tezlashtiradi va xizmatchilarni buyumni ag‘darib turish vazifasidan ozod qiladi.8- rasmda ko‘rsatilgan pech yuqori haroratli va isitish bo‘limlaridan tashqari buyumlarni ma’lum holatda tutib turish bo‘limiga ega. Bu bo‘limda buyumlar metal yuzasining o‘zgarmas haroratida qo‘shimcha qizdiriladi, natijada buyum ichidagi va yuzasidagi haroratlar tenglashadi. Ikki yoqlama qizdirish paytida yarim mahsulot glissaj (sirg‘anish) quvurlari deb ataluvchi va suv bilan sovitiluvchi shinalar ustida harakatlanadi; shinalar o‘z navbatida ko‘ndalang joylashgan quvurli konstruksiyalarga tayanadi. Hozirgi paytda bunday pechlarning metall qismlari uchun bug‘lanishli sovitish usuli ham qo‘llaniladi.
Shunday qilib, metodik pech yonish kamerasidan chiquvchi tutun gazlarining issiqligi yarim mahsulotlarni oldindan isitish uchun qo‘llaniladigan pechlarga misol bo‘la oladi. Pechdagi gazlar entalpiyasining farqi katta qiymatga ega. Rekuperatorda havoni yoki gazsimon yoqilg‘ini qizdirish yuli bilan tutun gazlarining boshlang‘ich entalpiyasini sezilarli darajada kutarish mumkin. Pechning texnologik foydali ish koeffitsenti 60-65% gacha etishi mumkin.

6-rasm. Metall buyumlarni ikki tomondan qizdirish uchun mo‘ljallangan metodik pechning sxemasi.
1,2,3- yoqilg‘ini yoqish moslamalari; 4-suv bilan sovitiladigan glissaj (sirpanish) quvurlari; 5- issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarga gazlarni berish; I-metall buyumlarni yuklash; II-qizdirilgan buyumlarni chiqarish; III-birlamchi qizdirish zonasi; IV-payvandlash zonasi; V-mahsulot sifatini me’yoriga etkazish zonasi.
Yonish kamerasidagi harorat odatda 1400-15000C ga teng bo‘ladi, isitish bo‘limida esa 1300-14500C dan to 1000-8000C gacha pasayadi.Shuningdek, materiallarni uch bo'limli (zonali) ikki tomonlama qizdirish rejali pechining qurilmasi mavjud bo'lib, uning cxemasi 2.7-rasmda keltirilgan.



7-rasm . Materiallarni uch bo'limli (zonali) ikki tomonlama qizdirish rejali pechining sxemasi.
1-mahsulot; 2-surgich;3-pechning tag qismi;4-gorelkalar;5-qizdirilgan mahsulotlarni chiqarish oynasi.


Kamerali qizdirish va eritish pechlari

Tayanch iboralar: kamerali qizdirish, ishchi kamera, qopqoq, yuk krani, gazni yoqish moslama, tutun yo‘llari, sopol (keramik) rekuperatorlar.


Material yoki yarim mahsulot pech orqali uzluksiz oqim ko‘rinishida o‘tishi mumkin bo‘lmagan hollarda kamerali pechlar qo’llaniladi. Nazariy jihatdan kamerali pechlar o‘z hajmi bo’yicha haroratning bir tekisda taqsimlanishi bilan harakatlanadi, shuning uchun bu pechlar yirik quymalarni qizdirish va shuningdek, eritish uchun qo’llaniladi. Bunga rekuperativ quduqsimon pechlar misol bo‘la oladi (8- rasm).

8- rasm. Yoqilg‘ini yoqish moslamasi markaziy qismida joylashgan rekuperativ quduqsimon pechning tuzilishi.

1-ishchi kamera; 2- qopqoq; 3- yuk krani; 4-gazni yoqish moslamasi; 5-tutun yo‘llari; 6- sopol (keramik) rekuperatorlar.


Bunday pechlar og‘ir po‘lat quymalarni chig‘irlashdan oldin qizdirishga mo‘ljallangan. Quymalar qisqich kranlar yordamida kameraning tubida joylashtiriladi va har tomonlama qizdiriladi. Quduqsimon pechning ishchi kamerasi 1 utga chidamli qopqoq 2 ga ega, u maxsus kran 3 yordamida ko‘tarilib, chetga olinishi mumkin. Pech ishlagan paytda qopqoq qumli tusqich bilan zichlanadi. Pechning yon tomonlarida joylashgan 6-sopol rekuperatorlari 1-8 rasmda ko‘rsatilgan tuzilishga ega. Yoqgich 4 ga gaz isitilmasdan beriladi, havo esa 600-8000C gacha qizdirib beriladi.


Yoqgichdan chiqadigan gaz-havo oqimi ishchi bo‘shliqning butun hajmi bo‘yicha gazlarning sirkulyasiyasini keltirib chiqaradi , bu esa quymalarning bir tekisda qizdirilishiga yordam beradi.Qarsilikli kamerali elektr pechlar ham mavjid bo'lib, uning umumiy ko'rinishi 9-rasmda keltirilgan.



9-rasm.Qarsilikli kamerali elektr pechning uning umumiy ko'rinishi.
Yüklə 16,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin