6-Amaliy mashg’uloti
Mavzu: Teodolitni tekshirish va tuzatish.
Maqsad:Teodolitni tekshirish shartlari bilan tanishish.
Kerakli jihozlar:teodolit, shtativ, reyka, daftar, ruchka, qalam, chizg’ich.
Ishning bajarilish tartibi:
Joyda gorizontal burchakni o’lchashda ishlatiladigan asbob teodolit quyidagi
asosiy qismlardan iborat: gorizontal burchak proektsiyasi
ifodalaniladigan doira
limb, burchak yunalishlarini belgilash uchun xizmat qiladigan qarash trubasi
hamda limb markazida aylanadigan va sanoq oladigan doira alidada.
Teodolit nuqtaga shtativ va shovun yordamida o’rnatiladi.
Teodolit qismlarining bir-biriga nisbatan to’g’ri o’rnatilganligi
adilak
yordamida tekshiriladi.
Nuqtalarning yer tabiiy yuzasidagi o’rnini topish uchun ko’pincha joyda
vertikal burchakni o’lchashga to’g’ri keladi. Vertikal burchak qiyalik burchagi deb
ham yuritiladi. Qiyalik burchagi joydagi biror AB chiziq
bilan uning gorizontal
proektsiyasi AB orasidagi burchakdan iborat.
Hozirgi paytda ishlatilayotgan teodolitlar ham gorizontal ham vertikal
burchaklarni o’lchashga moslashgan. Vertikal burchaklarni o’lchashda teodotilning
qarash trubasi yonidagi vertikal doiradan foydalaniladi. Asbob bo’laklarning bir
biriga nisbatan to’g’riligini aniqlash ishlarga teodolitni tekshirish deyiladi.
1.Asbobning aylanishi o’qi (BB1) vertikal bo’lishi kerak.
Asbob aylanish
o’qiga alidada aylanish o’qi qabul qilinadi. Bu o’q truba tagligiga yoki alidadaga
o’rnatilgan veterpas orqali vertikal xolga keltiriladi.
Tsilindrik veterpas o’qi alidada aylanishi o’qiga perpendikulyar bo’lishi
kerak. Ana shu shart bo’lgandagina vertepas yordamida asbob aylanish o’qini
vertikal xolga keltirish mumkin. Shunday qilib teodolitni birinchi tekshirish sharti
vaterpasni tekshirishdan iborat bo’lishi kerak.
2.Trubaning ko’ruv o’qi uning aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lishi
kerak, buni tekshirish uchun teodolitni yaxshilab o’rnatib
ishchi xolatga keltirib
birorta bir kichkina nuqtaga qaratiladi, unga qarab vernerlardan
sanoq olamiz va
yozib olamiz. O’rtachasi chiqariladi:
2
2
1
n
n
n
(4.1)
Doirani ikinchi xolatida Dch yana birinchi kuzatilgan nuqta kuzatiladi va
yana sanoq olinib o’rtachasi chiqariladi:
2
1
2
n
n
С
(4.2)
3.Ko’rish trubasining aylanish o’ki asbobni aylanish o’kiga perpendikulyar
bo’lishi kerak. Agar ko’rish trubasining ko’ruv o’qi tsilindrik adilakning o’kiga
parallel bo’lmasa ular o’rtasida farq hosil bo’ladi.
Ob’ektivli tomoni pastga tushirilib devorga A nuqtaning proektsiyasi A1
belgilanadi. Truba zenit orqali 180 gradusga aylantirilib, so’ngra yana shu nuqtaga
vizirlanadi.