6 - ma’ruza.
Mavzu: Kinematik juftlar, kinematik zanjnrlar. Assur guruhlari
.
Tezlik va
tezlanishlar rejalarini qurish uchun asоsiy vektоr tenglamalar.
Reja
1.
Meхanizmlarning holatini qurish.
2.
Meхanizmlarni kinematik tekshirish usullari, tekshirishdan maqsad.
3.
Tezlik va tezlanishlar rejasini qurish uchun asosiy tenglamalar.
4.
Bo’g’inlarni burchak tezlik va tezlanishlarini aniqlash.
MEXANIZM, HARAKAT, KINEMATIKA, REJA, TEZLIK, TEZLANISH
Meхanizmlarni kinematik tekshirish quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:
1).Bo’g’inlarning holati va bo’g’inning kerakli nuqtasining troektoriyasini
aniqlash;
2).Meхanizm bo’g’inlarining burchak tezligi va tezlanishi, hamda
kerakli
nuqtalarni chiziqli tezlik va tezlanishini aniqlash.
Kinematik tekshirishga asosan, meхanizmni ko’rsatkichlari: yo’l, tezlik va
tezlanishlarni qo’yilgan shartlarga mos kelishi, hamda meхanizmlarni dinamik
tekshirish uchun kerakli ko’rsatkichlar olinadi.
Meхanizmni kinematik
ko’rsatkichlarini bilish, inertsiya kuchlari va inertsiya kuchlarining momentlarini,
hamda kinetik energiya va quvvatni aniqlash uchun kerak bo’ladi.
Meхanizmlarni kinematik tekshirish ikki usulda- grafoanalitik va analitik usulda
amalga oshirish mumkin.
Birinchi usul o’zining soddaligi va kerakli kattaliklarni yo’nalishlarini
“ko’rsata” olish bilan bir qatorda, topilgan kattaliklarni aniqlik darajasi yuqori
emas.
Analitik usulda esa, kerakli darajada aniqlikdagi qiymatlarni olish imkonini
bersa-da, murakkab hamda katta хisob-kitob ishlarini bajarish kerak bo’ladi.
Murakkab meхanizmlarni
kinematik tekshirganda, ularni Assur struktura
guruxlariga bo’lib, sho’gra tekshirish taklif qilinadi,
chunki bu guruxlar statik
aniq guruxlardir.Murakkab meхanizmlarni kinematik tekshirganda, ularni tezlik
va tezlanishlarini aniqlash, boshlang’ich bo’g’in (1-sinf meхanizmi)dan
boshlanib, sho’gra unga ulangan Assur guruxlarini ulanishi bo’yicha tekshirish
bilan tugallanadi.
Meхanizmlarni grafoanalitik
usulda kinematik tekshirganda, chizmada
meхanizm bo’g’inlarini holatlari, bo’g’in nuqtalining troektoriyasi, kerakli
nuqtani
tezlik
va
tezlanishlari
tanlangan
masshtab
bo’yicha
ifodalanadi.Tanlangan masshtab koeffitsientlari turli o’lcham birligiga ega.
Meхanizm rejasi deganda, uning etaklovchi bo’g’inining kerakli holati uchun
meхanizmni sхematik ko’rinishini ma’lum masshtabda
chizilgan chizmasiga
aytiladi. Meхanizm rejasi qurishdan oldin, uning chetki holatlari (ya’ni bo’g’in
nuqtalarining troektoriyasini chetki chegarasi) aniqlab olinishi kerak.