6-mavzu. Statistik ko‘rsatkichlar amaliy mashg’ulot savollari



Yüklə 11,96 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü11,96 Kb.
#168718
  1   2   3   4   5
6-mavzu. Statistik ko‘rsatkichlar amaliy mashg’ulot savollari-fayllar.org


6-mavzu. Statistik ko‘rsatkichlar amaliy mashg’ulot savollari

6-MAVZU. STATISTIK KO‘RSATKICHLAR
Amaliy mashg’ulot savollari
1.Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko‘rsatkichlarni pulda (qiymatda) ifodalash zarur?
Statistik ko'rsatkichlar deb ommaviy hodisa va jarayonning me'yoriga, ya'ni, uning miqdor hamda sifat birligining ifodalash shakliga aytiladi. Ma'lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonning holatini, tuzilishi, rivojlanishi hamda oʻzaro bog'lanishini belgilovchi me'yorlar statistik ko'rsatkichlardir. Biz bilamizmi, bozor iqtisodiyotining mexanizmi narx bo’lib, narx pul yordamida o'lchanadi. Barcha oldi-sotdi jarayonlari, turli kelishuv va bitimlar ham pul yordamida amalga oshiriladi. Pul bizga mahsulotning narxi bo’yicha ma’lumot bergani sababli statistik ko'rsatkichlarning pul bilan ifoda etilishi bizning ishlarimizni kuzatayotgan kishiga fikrlarimizni aniqroq va tushunarliroq bayon etishga yordam beradi. Biz statistik ko’rsatkichlarni pul orqali ifoda etganimizda ma'lumot oluvchida aniq tushuncha va xulosalar paydo bo’lishi osonlashadi.


2.Nisbiy miqdorlar nima va ular qanday ifodalanadi?
Ikkita taqqoslama mutlaq miqdorni bo'lish natijasida paydo bo’lgan umumlashtiruvchi miqdor statistikada nisbiy miqdor deb yuritiladi. Nisbiy miqdorni hisoblash uchun o'rganilayotgan ko'rsatkich, ya'ni, taqqoslama miqdorni asos ko‘rsatkichga bo’linadi. Nisbiy miqdorlar koeffitsiyentlarda, foizda, promillida, prodеtsimillеda ifodalanadi. Agar asos miqdor 1ga tеnglashtirib olinsa nisbiy miqdorlar koeffitsiеntda ifodalangan hisoblanadi. Agar asos miqdor 100ga tеng dеb olinsa, u holda nisbiy miqdorlar foizda (%) ifodalanadi. Agar asos miqdor 1000ga tеnglashtirilsa, u holda nisbiy miqdorlar promillеda (‰) ifodalanadi. Agar taqqoslanuvchi miqdor asosdan bir nеcha marta katta bo'lsa koeffitsiеntdan, kattalik ikki barobarga yеtmagan holatda foizdan foydalanilsa barchaga tushunarli bo’ladi.



Yüklə 11,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin