6-modul. OʻQuvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatish



Yüklə 407,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix14.06.2023
ölçüsü407,75 Kb.
#130134
  1   2   3   4   5   6
6-modul. O Quvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni




6-MODUL. OʻQUVCHILARNI PIRLS TOPSHIRIQLARI ASOSIDA 
BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHGA OʻRGATISH. 
2-mavzu. Oʻqish darslarida matn ustida ishlashda PIRLS topshiriqlaridan 
foydalanish. 
 
REJA: 
 
1. Boshlangʻich sinflarda badiiy asar matnini tahlil qilish usullari. 
2. Badiiy asar matni ustida ishlashda tanlab oʻqish matnni tasvirlash usullaridan 
foydalanish. 
3. Har xil janrdagi asar matnlarni oʻqitish metodikasi. 
4. Oʻqish darslarida matn ustida ishlashda PIRLS topshiriqlari. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan soʻng boshlangʻich sinflar uchun 
yangi dastur va darsliklar yaratildi. Oʻqish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga 
koʻproq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq 
turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga koʻproq e’tibor berildi. 
Badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 
1. Asar mazmunini tahlil qilish va toʻgʻri, tez, ongli, ifodali oʻqish malakasini 
shakllantirish bir jarayonda boradi. 
2. Asarning gʻoyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, syujet chizigʻi, qurilish va 
tasviriy vositalarini tushuntirish oʻquvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol 
topishiga, bogʻlanishli nutqning oʻsishini ta’minlaydi. 
3. Oʻquvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok 
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 
4.Sinfda oʻqish oʻquvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof muhit 
haqidagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi. 
Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta’sirini ham hisobga olish zarur. Oʻquvchi 
matnni oʻqibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni 
tahlil qilishda oʻquvchilarda fikr uygʻonsin, ularda estetik didni tarbiyalasin. 
Boshlangʻich sinflar “Oʻqish kitobi”da turli janrdagi badiiy va ilmiy- ommabop 
maqolalar berilgan. Sizga ma’lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks 
ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. 
Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob’ektiv mazmun va 
sub’ektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta 
nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, asar ustida ishlashni muallifning 
asarida tasvirlangan voqealarga munosabati oʻqituvchining diqqat markazida turadi. 
Oʻquvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning oʻziga xos xususiyatlarini asta 
tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqelar 
tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondoshilgandagina asarga haqqoniy baho 
berish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan 
oʻquvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq. 



Toʻrtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda oʻquvchilami asaming gʻoyaviy 
yoʻnalishini tushunishga oʻrgatish muhimdir. 
Psixolog olimlarning koʻrsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni 
tushunishning oʻzigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon boʻlib, 
asarga, unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini oʻz 
ichiga oladi. Kichik yoshdagi oʻquvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda 
boʻladi. 
1. Adabiy qahramonga emosional munosabat. 
2. Elementar tahlil qilish. 
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda oʻquvchilar oʻz shaxsiy 
tushunchalaridan foydalanadilar. Qahramonning boshqa fazilatlarini baholash 
uchun ularda soʻz boyligi, tajriba etishmaydi. Oʻqituvchining vazifasi oʻquvchilar 
payqay olmagan sifatlarni koʻrsatish va oʻquvchilar nutqiga kiritishdir. YAna bir 
narsaga e’tibor berish maqsadga muvofiq: 
1. Oʻquvchilar asar qahramoniga munosabatlarini ifodalashda u harakat qilgan 
sharoitni hisobga olmaydilar. 
2. Qahramonning nima uchun shunday qilishi kerakligini tushunolmaydilar, 
uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borishlari zarur. 
Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon boʻlib oʻqituvchi oʻqish darslarining 
ta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asaming oʻziga xos xususiyatlari va 
oʻquvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi. 
Badiiy asarda barcha komponentlar oʻzaro bogʻlangan boʻladi. Asarda obrazlar 
rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qahramonlarning yangi- yangi 
tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit oʻqishni, 
idrok etishni, ya’ni sintezni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha oʻqilgandan soʻng 
analiz qilinadi, soʻng yana yuqori sifatli sintezga oʻtiladi. Asarni oʻqishga 
kirishishdan oldin oʻquvchilarni badiiy asarni oʻqishga tayyorlash lozim boʻladi.
Demak, tayyorgarlik davri - sintez-analiz-sintez jarayonini beradi. 
Oʻquvchilar asar mazmunini toʻgʻri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum 
tasavvurga ega boʻlishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari oʻtkaziladi. 
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari: 
1. Oʻquvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini 
boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, 
badiiy asarda tasvirlangan faktlarni oʻquvchilar oʻz hayotida kuzatishlari bilan 
bogʻlay olishlariga sharoit yaratish. 
2. Yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga ijodiga 
qiziqish uygʻotish. 
3. Oʻquvchilarni asarni emosional idrok etishga tayyorlash. 
4. Asar mazmunini tushunishga xalal beridigan soʻzlarning lugʻaviy ma’nolarini 
tushuntirishdan iborat. 
Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil boʻlib, oʻqituvchi asar mazmunini 
va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi. 
Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bagʻishlangan yoki ishlab chiqarish
qurilish, shahar, qishoq hayotiga doir mavzular oʻrganilganda foydalanish 



mumkin. Chunonchi, 2-sinfda “Metropoliten”, 1-sinfda “Issiqxonada” kabi 
materiallarni oʻrganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya 
uchun reja beriladi va matn oʻrganilishidan kamida bir hafta oldin oʻquvchilarga 
e’lon qilinadi. 
Film namoyish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan 
matnlardan oldin film namoyish qilinsa, oʻquvchilarning asarni idrok qilishlari 
faollashadi. Albatta, hozir oʻquv filmlari etarli emas. Ammo videofilmlardan 
foydalanish mumkin. 
Oʻqituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali 
metod 
hisoblanadi. 
CHunonchi, 
4-sinfda 
Q.Muhammadiyning 
she’ri 
oʻrganilayotganda shoirning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular 
haqida qisqacha ma’lumot soʻzlab berilsa, oʻquvchilarning asarni oʻqishga 
qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan soʻng 1 -bosqich amalga oshiriladi. Bu 
bosqichning asosiy matnni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni 
bilan, uning syujet chizigʻi bilan tanishtirish, asarning emosional ta’sirini 
aniqlashdir. 
Matn ifodali oʻqib beriladi. (2-sinfda oʻrganiladigan “Mehribon qiz” matni 
magnitofon 
orqali 
oʻqib eshittiriladi).oʻqituvchi oʻquvchilarga umumiy 
taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. 
1. Hikoyani qaysi oʻrni sizga yoqdi? 
2. Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi? 
3. Hikoya oʻqilganda siz qaysi oʻrinda juda xursand boʻldingiz? kabi savollar 
beriladi. 

Yüklə 407,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin