Matematika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan foydalanish



Yüklə 27,07 Kb.
səhifə1/8
tarix16.10.2023
ölçüsü27,07 Kb.
#156256
  1   2   3   4   5   6   7   8
Moduli bo‘yicha “matematika darslarida xalqaro tadqiqotlar topsh-fayllar.org


Moduli bo‘yicha “matematika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan foydalanish” O‘quv kursining

A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH – 2022” LOYIHASI

FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI”


moduli bo‘yicha
MATEMATIKA DARSLARIDA XALQARO TADQIQOTLAR TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH” O‘QUV KURSINING

PISA TADQIQOTLARIDA MATEMATIK SAVODXONLIK” mavzusi bo’yicha ma’ruza matni



Ma’ruzachi: B.K.Xaydarov - Toshkent shahar XTXQTUMOHM
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professori, f.-m.f.n.

Toshkent - 2022
1-Mavzu: PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik
Reja:


  1. PISA - xalqaro o‘quvchilar yutuqlarini baholash dasturining maqsadi va mohiyati.


  2. Tadqiqotni oʻtkazilish davri va asosiy yoʻnalaishlari. PISA dasturida qatnashgan davlatlar natijalari tahlili va ulardan kelib chiqadigan xulosalar.


  3. PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik tushunchasi. XXI asr ko‘nikmalari va matematik savodxonlik.


PISA - xalqaro o‘quvchilar yutuqlarini baholash dasturining maqsadi va mohiyati
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr – davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo‘ymoqda. Olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan oʻrin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning oʻrni beqiyos. Bunday raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, sodda qilib aytganda, inson, uning salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulugʻvor vazifalar turadi.
XX asr o‘rtalarida jahon mamlakatlari tomonidan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida bir qator tashkilotlar tuzildi. Ular orasida eng ko‘zga ko‘ringani AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Norvegiya, Shveytsariya, Turkiya, shuningdek, YYevropadagi yana bir nechta, jami 24 ta mamlakat a’zo bo‘lgan tuzilma – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Cooperation and Development) (IHTT) dir.
1961-yilda ish boshlagan IHTT o‘tgan davr mobaynida moliyaviy sohada yuzaga kelgan turli muammolarni hal etib kelmoqda. Ayniqsa, yangi asr ostonasida ushbu tashkilot negizida dunyo ta’limining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish maqsadida PISA (The Programme for International Student Assessment) – o‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi ishlab chiqildi. Iqtisodiy tashkilotning ta’lim sohasiga murojaat etishi bejiz emas. Boisi, har qanday soha uchun kadrlar maktablarda, oddiy sinfxonalarda ulg‘ayadi. Shu ma’noda IHTTdek ulkan tuzilma ham davlatlarning ta’lim tizimiga qancha mablag‘ sarflayotgani va ular nechog‘li samara berayotgani reytingini tuzishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik boshqa davlatlar ham bu tadqiqotga qiziqib qolib, unda qatnasha boshlashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 29-aprel kungi № PF-5712- sonli Farmonida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yunalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2030- yilga kelib PISA – o‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Хalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018- yil 8- dekabrdagi 997-son qaroriga muvofiq
  • The Programme for International Student Assessment (PISA) –15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;


  • Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) –boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash,


  • Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) – 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash,


  • The Teaching and Learning International Survey (TALIS) – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarini tashkil etishga kirishildi.


Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi.





  1. Yüklə 27,07 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin