1-rasm.Turli yillarda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida ustuvor fan yo‘nalishlari
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik
|
Matematik savodxonlik
|
O‘qish va tushuninish bo‘yicha savodxonlik
|
Global
kompetentlik
So‘rovnimalar
|
Moliyaviy
savodxonlik
|
Muammoni hamkorlikda yechish
|
Maktablar
uchun so‘rovnoma
|
Anketali so‘rovnimalar
o‘tkazish
Maktablar uchun test
So‘rovnimalar
|
Kreativ
fikrlash
NEW! 2022
|
2-rasm. PISA tadqiqotlari o‘tkaziladigan yo‘nalishlar
PISA dasturida qatnashgan davlatlar natijalari tahlili va ulardan kelib chiqadigan xulosalar.
3-rasm. Turli yillarda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida qatnashgan davlatlar soni
PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik tushunchasi. XXI asr ko‘nikmalari va matematik savodxonlik.
Har bir davlat matematik savodxonllik yoki kompetentlik tushunchasi bo‘yicha o‘z qarashlariga ega va unga kutilgan natija sifatida erishish uchun o‘z ta’lim jarayonini tashkil qiladi. Tarixan matematik savodxonlik yoki kompetentlik asosiy arifmetik ko‘nikmalarga ega bo‘lish, xususan butun, oddiy va o‘nli kasrlar ustida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarni bajarish, foizlarni hisoblash, sodda geometrik shakllarning yuzi va hajmlarini hisoblash kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga olib kelgan. Oxirgi paytlarda esa raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib kelishi, odamlarda ma’lumotlar oqimidan shaxsiy ehtiyojlarini qondiridish uchun kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi, turmushning sog‘liq va sarmoyalar bilan bog‘liq sohalarida, ob-havo va iqlim o‘zgarishlari, soliqqa tortish, davlat qarzi, aholi sonining o‘sishi, yuqumli kasalliklar epidemiyasining tarqalishi, jahon iqtisodiyoti kabi ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan bog‘liq ko‘nikmalarga bo‘lan ehtiyojlarni ham keltirib chiqardi. XXI asrning hayotiy ehtiyojlarining bunday kun sayin o‘zgarib borishi esa o‘z navbatida matematik savodxonlik yoki kompetentlik tushunchasining kengayib, takomollashib borishini taqozo etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |