Matematika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan foydalanish


Tadqiqotni oʻtkazilish davri va asosiy yoʻnalaishlari. PISA dasturida qatnashgan davlatlar natijalari tahlili va ulardan kelib chiqadigan xulosalar



Yüklə 27,07 Kb.
səhifə2/8
tarix16.10.2023
ölçüsü27,07 Kb.
#156256
1   2   3   4   5   6   7   8
Moduli bo‘yicha “matematika darslarida xalqaro tadqiqotlar topsh-fayllar.org

Tadqiqotni oʻtkazilish davri va asosiy yoʻnalaishlari. PISA dasturida qatnashgan davlatlar natijalari tahlili va ulardan kelib chiqadigan xulosalar.

PISA (The Programme for International Student Assessment)  turli davlatlardagi 15 yoshli (aniqrog‘i 15 yosh 3 oydan 16 yosh 2 oygacha bo‘lgan) oʻquvchilarning oʻqish va tushunish, matematika hamda tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajasini baholash uchun moʻljallangan tadqiqot bo‘lib, 2000- yildan beri har 3 yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Bu uchta yo‘nalish bo‘yicha tuzilgan maxsus PISA topshiriqlari bilan o‘quvchilarning savodxonligi teksirilibgina qolmasdan, yana qo‘shimcha ravishda ulardan turli savolnomalar orqali ularning o‘qish shart-sharoitlari, muammo va yutuqlari ham o‘rganilib kelinadi. Shuningdek, turli yillarda yana qo‘shimcha quyidagi: “Global kompetentlik”, “Moliyaviy savodxonlik”, “Muammoni hamkorlikda yechish” yo‘nalishlar bo‘yicha sinov topshiriqlari ham berilgan va tadqiqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu qo‘shimcha tadqiqotlarda hamma davlatlarning qatnashishsi ixtiyoriy bo‘lib, ularga qatnashish majburiy emas.


Shunday bo‘lsada, PISA ning har bir tadqiqotlarida bitta asosiy fan yo‘nalishiga kattaroq urg‘u, ustuvorlik beriladi, ya’ni bu fan bo‘yicha sinov topshiriqlari soni taklif etilgan barcha topshiriqlar sonining uchdan ikki qismini tashkil qiladi. 2022-yilgi PISA tadqiqotlarida ko‘proq matematika fani bo‘yicha savodxonlikni baholashga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Xalqaro baholash dasturi doirasida asosan quyidagi muammolar tadqiq etiladi:
  • Yoshlar kelajak hayotlarida duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni yengib o‘tishga qay darajada tayyor?


  • Oʻquvchilar ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash hamda oʻz gʻoyalarini taqdim etishga qodirmi?


  • Oʻquvchilar qay darajada oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalarini real hayotiy vaziyatlarga qo‘llay olish qobiliyatlariga ega?


PISA tadqiqotlarining nufuzi va unda qatnashuvchi davlarlar soni borgan sari oshib bormoqda. 2022-yilgi tadqiqotlarda 85 ta davlatning qatnashishi kutilayapti. Ular qatorida O‘zbekiston Respublikasida ham bu tadqiqot ilk marotaba o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston 2022-yilda asosiy yo‘nalishlar: matematika, oʻqish va tushunish, tabiiy fanlar bo‘yicha hamda 2022- yilda ilk bor o‘tkazilayotgan “Kreativ savodxonlik” bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etadi.




Yüklə 27,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin