7- laboratoriya ish termometr dasturini ishlab chiqish



Yüklə 7,94 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü7,94 Kb.
#167482
Laboratoriya ish-fayllar.org


Laboratoriya ish




7-
LABORATORIYA ISH 
Termometr dasturini ishlab chiqish. 
Temperatura va namlik inson hayoti davomida, ishlab chiqarishda eng ko’p
o’lchanadigan fizik kattaliklar sirasiga kiradi. Haqiqatdan ham juda ko’p
jarayonlarda ular haqida ma’lumot olmay turib ish bajara olmaymiz. Ularni o’lchash
uchun esa juda ko’p datchik, asboblar ishlatiladi. Bugungi darsimizda biz ular
orasidan
DHT
datchigini ishlatishni , dastur yordamida uni boshqa qurilma,
datchiklar bilan bog’lashni o’rganamiz
DHT
datchigi bir paytda temperatura va namlikni o’lchaydi. U 2ta asosiy
qismdan tashkil topgan: namlikning sig’im datchigi va termistor. Shuningdek ,
korpusda analog signalni raqamliga o’tkazish uchun chip o’rnatilgan.
DHT
datchigining ikki xil turi bor:
DHT11
va
DHT22 .
Ularning
xarakteristikalari bilan tanishaylik:
DHT11:
- Juda arzon;
- 3-5V kuchlanishda ishlaydi;
- Maksimal talab qilingan tok 2.5 mA
- Namlikning o’lchash oralig’i 20%dan 80%gacha
- Namlikning o’lchash xatoligi 5%
- Temperaturaning o’lchash oralig’I 0dan 50 gradus Selsiygacha
- Temperaturaning o’lchash xatoligi 2%





1-rasm. DHT11 
DHT22:
-
Arzon;
-
3-5V kuchlanishda ishlaydi;
-
Maksimal talab qilingan tok 2.5 mA
-
Namlikning o’lchash oralig’i 0%dan 80%gacha
-
Namlikning o’lchash xatoligi 2%-5%
-
Temperaturaning o’lchash oralig’I -40dan 125 gradus Selsiygacha
-
Temperaturaning o’lchash xatoligi 0.5%

2-rasm. DHT22
Bu datchiklar haqida ma’lumot olish uchun ularning Arduino platasiga qanday
ulanishini o’rganaylik:







Endi esa dasturiy qismga o’taylik. DHT datchigidan ma’lumot olish uchun


o’zining kutubxonasidan foydalanamiz:
#include
Kutubxonani qo’shib datchikdan ma’lumot olish dasturini yozaylik:

1. 4ta qizil 4ta yashil svetodiodlarni oling. Harorat oshavergani sari yonib 
turgan qizil svetodiodlarning soni , namlik oshavergani sari yonib turgan 
yashil svetodiodlarning soni oshaversin. 





2. Haroratning ma’lum bir qiymatiga , namlikning ma’lum bir qiymatiga 
chegara qo’ying. Agar harorat chegaradan o’tib ketsa, 1-zummer orqali, 
agar namlik oshib ketsa, 2-zummer orqali signalizatsiya ishlab ketsin. 


3. Birinchi knopkani bosganingizda haroratni, 2-knopkani bosganingizda
namlikni ko’rsatsin. 






4. Haroratning qiymatini segmentga chiqaring. 
Segment o’chib-yonib ma’lumot ko’rsatyotganiga sabab, har bir datchikning
o’lchash vaqti bo’ladi. Natijada segment yangi ma’lumotni kutib qoladi va
o’chadi, datchik o’lchab bo’lib yangi ma’lumotni jo’natganidan keyin yana
yonadi.DHT datchigining o’lchash vaqti 250mks dan 2 s gacha bo’lishi
mumkin. Bu segmentning o’chib-yonishi muammosiga kelasi darsda
yechim topamiz.
Topshiriqlar 
1.Knopkani birinchi marta bosganingizda haroratni , 2-marta bosganingizda
namlikni ko’rsatsin.
2.Qizil , sariq , yashil svetodiod oling. Harorat uchun ma’lum chegaraviy qiymat
belgilang. Agar harorat normal holatda bo’lsa yashil, chegaraviy qiymatga
yaqinlashsa(2-3 gradus qolganda) sariq, chegaraviy qiymatdan oshib ketsa qizil
svetodiod yonib qolsin.
3.Arduinoga monitor port orqali harorat va namlikning chegaraviy qiymatini
jo’nating. Agar harorat chegaraviy qiymatdan oshib ketsa 1-zummer, namlik oshib
ketsa 2-zummer signalizatsiya chalsin.
4.Harorat va namlikning ma’lum qiymatlarida ventilyator motorini rele orqali
ishlatsin.
5.Knopkani birinchi marta bosganingizda segmentda haroratni , 2-marta
bosganingizda namlikni ko’rsatsin.
6.1-knopkani har bir bosganingizda hafta kunida sana oshib borsin(masalan, 1-
bosganingizda dushanba, 2-da seshanba…yakshanba). Har kungi harorat va
namlik xotirada saqlansin va qachonki 2- knopkani bosganingizda har bir
sanadagi(1 hafta) harorat va namliklar ro’yxati monitor portga chiqsin. Va shu bir



hafta ichidagi eng baland, eng past , o’rtacha harorat va namlik haqidagi ma’lumot


monitor portga chiqsin.


http://fayllar.org
Yüklə 7,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin