7-Amaliy mashg‘ulot Satin, atlas o’rilishli to’qimalarni tahlil qilish va ishlab chiqarish



Yüklə 8,03 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü8,03 Kb.
#198180
7-Amaliy


7-Amaliy mashg‘ulot
Satin, atlas o’rilishli to’qimalarni tahlil qilish va ishlab chiqarish
Topshiriq:

  1. Satin va atlas o‘rilishida olingan to‘qima namunalarini tahlil qiling. Satin va atlas o‘rilishi hosilalari turlarini sanab bering va ularga qisqacha tavsif bering.

  2. Satin va atlas o‘rilishlari, ularning hosilalari o‘rtasidagi farqni asoslang. Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan o‘tkazish turlarini ko‘rsating. To‘qilgan to‘qima hosilalarining turlarini sanab bering.

  3. Olingan ma'lumotlarga asoslanib,to`qimani to`liq taxtlash dasturi naqshlarini chizib, ularning tuzilishining o'ziga xos xususiyatlarini qayd eting. Shodalar soni, tanda iplarni shoda va tig‘ tishlaridan o‘tkazish turi mustaqil ravishda tanlang, bu tanlovning maqsadga muvofiqligini asoslang.

  4. Berilgan parametrlarga asoslanib, to‘qimani to‘liq taxtlash dasturi naqshlarini tuzing.

Umumiy ma’lumotlar
Satin va atlas o‘rilishlarining hosilalari qoplanishlarni tanda bo‘yicha yoki arqoq bo‘yicha kuchaytirish va siljishlarni o‘zgartirish, mustahkamlash orqali olinadi.
Satin va atlas o‘rilishlari hosilalariga quyidagilar kiradi: kuchaytirilgan satin va atlas, kombinatsiyalangan satin va atlas, noto‘g‘ri satin va atlas, Soyali satin va atlas va x.k.
Satin va atlas o‘rilishlari hosilalari bazaviy satin va atlas o‘rilishlarga asosan quriladi. Kuchaytirilgan satin va atlas o‘rilishlari satin va atlas o‘rilishi rapportida bitta qoplamani kuchaytirish orqali olinadi.

Satin va atlas o‘rilishi hosilalarining rasmlari:
a-Kuchaytirilgan satin 7/3, b-kombinatsiyalangan satin10/3, v-noto‘g‘ri satin7/2.3,
g-Kuchaytirilgan atlas 7/4, d-Soyali atlas, asos o‘rilishi atlas 5/3.
Yüklə 8,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin