Tokarlik dastgohning asosiy qismlari 1.8.2-rasmda keltirilgan.
Stanina va uning tumbalari dastgohning barcha qismlarini o‘rnatish va
mahkamlash uchun mo‘ljanlangan.
Oldingi babka staninaga qo‘zg‘almaydigan qilib mahkanlangan va unga tezliklar
qutisi o‘rnatilgan. Tezliklar qutisidan shpindelga har-xil aylanishlar soni uzatiladi.
Surishlar qutisi - reversiv mehanizm va almashtiruvchi g‘ildiraklar orqali
tezliklar qutisidan harakat oladi. Surishlar qutisi surish qiymatlarni o‘zgartirish va har
hil qadamli rezьbalar ochish uchun hizmat qiladi.
Ketingi babka staninanig o‘ng tomoniga o‘rnatilgan bo‘lib markazlar orasida
siqilib yo‘niladigan homakilarni tutib turish va homakining yon tomonidan teshikka
ishlov berishda ishlatiladi.
Fartuk surish valning va surish vintning aylamma harakatini supportning to‘g‘ri
chiziqli ilgarilanma harakatiga keltirish uchun mo‘ljanlangan.
Support ustiga keskich tutqich va bo‘ylama surish mehanizmi o‘rnatilgan
bo‘ladi.
16K20 tokar- vintkir_ish dastgohining kiskacha tehnik tavsifi.
Homakining eng katta diametri ............... 200 mm
Homakining eng katta uzunligi ............... 1400 mm
Dvigatelь quvvati ...................................... 10 kVt
Shpindelning minutiga aylanishlar sonlari, ayl/min: 12,5; 16; 20; 25; 31,5; 40;
50; 63; 80; 100; 125; 160; 200; 250; 315; 400; 500; 630; 800; 1000;
1250; 1600; 2000.
Bosh harakatni yuritmasi uch fazali tokda ishlaydigan asinxron elektrodvigatel va
mexanikaviy tezliklar qutidan iborat (1.8.3-rasm). Harakat aylanishlar soni
n
dv
=1460ayl/minga teng bo’lgan M elektrodvigateldan shkiv diametrlari 160 va 268mm
teng bo’lgan ponasimon tasmali uzatma orqali tezliklar qutisini I valiga uzatiladi. Bu
valda shpindelni to’g’ri aylanishini ta’minlaydigan tishlar soni z=56 va z=51 va teskari
aylanishini ta’minlaydigan z=50 ga teng tishli g’ildiraklar o’rnatilgan.
To’g’ri va teskari alanishlar M
1
friktsion mufta yordamida amalga oshadi.
III val ikkita aylanishni z=34 yoki z=39 g’ldiraklardan oladi. Keyin z=29, z=21
yoki z=38 g’ldiraklarni tegishli ravishda uchtalik blokni tashkil qiladigan z=47, z=55
yoki z=38 g’idiralklar bilan ilashish natijasida harakat (aylaniah) IV valga uzatiladi.
IV valdan harakat bevosita shpindelga z=60 yoki z=30 tishli g’ildiraklardan z=48,
z=60 g’ildiraklar bilan ilashish orqali yoki V va VI vallardan quyidagi guruh