8- mavzu. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish



Yüklə 54 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü54 Kb.
#122882
8.amaliy docx



8- mavzu. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish (1-mashg’ulot)

Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari va ularning oʻzaro bog’liqligi

Kontsentratsiyalashtirish, uning shakllari va koʻrsatkichlari. Bozor iqtisodiyotiga oʻtishda kichik va xususiy korxonalarning ustuvorligi

Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, uning shakllari va koʻrsatkichlari.
TOPSHIRIQ

«Korporativ madaniyat yoki samaradorlik»?


P.Anvarov, kompyuterlar savdo qiladigan kompaniyaning marketing bo‘limida rahbar bo‘lib ishlaydi. Bozor to‘lgan, raqobat keskinlashgan, savdo hajmi pasaygan.
Uning savdo vakillari komandasida, asosan oilasiz 25-30 yoshdagi insonlar band. Mijozlarni ushlash va yangi mijozlarni jalb etish uchun ular ko‘p, hattoki dam olish kunlari ham ishlar edilar.
Bir necha vaqt avval 35 yoshli Anvarov o‘z bo‘limiga 37 yoshli, 6 yoshli bolasini bir o‘zi tarbiyalaydigan, kompyuter texnikasi marketingi bo‘yicha tajribali mutaxassisni, Laylo Umarovani ishga olgan edi.
Etarlicha ko‘p ishlayotgan Umarova haftasiga 45 soatdan ko‘p va dam olish kunlaridan voz kechish ilojisi yo‘q edi. Qolganlar esa (bolasi yo‘qlar) unga qaraganda ko‘proq ishlashar edi, Umarovadan esa uncha mamnun emasdilar.
Ohiri borib, shunday bo‘ldiki, Umarova ish borasida hammadan orqada qoldi, faoliyat ko‘rsatkichlari past.
SHunda gurux menejeri 29 yoshli I.Salimova Anvarovdan Umarovani bo‘shatishini talab etadi.
Anvarov qanday yo‘l tutish kerak.
Albatta, kompaniya yetarli bo‘lmagan darajada ishlayotgan xodimlarni ushlab turishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Lekin Anvarov shunga aminki, Umarova yaxshi mutaxassis va yaxshi munosabatga loyiq. Ikki bolaning otasi sifatida uni yaxshi tushunadi.
Bundan tashqari rahbariyat tomonidan xodimlarga oila qadriyatlari haqida ko‘p gapirilgan.
Bu tasdiqlar quruq gap bo‘lib qolaveradimi?
Vazifa
1.Vujudga kelgan nizo xarakterini aniqlang va vaziyatni tahlil qiling.
2.Ushbu muammoni yechish uchun qanday har-xil takliflar berar edingiz?
3.Anvarovni o‘rnida bo‘lganingizda qanday qaror qabul qilgan bo‘lar edingiz.
Javobingizni asoslang.


1-MASALA
Mark ismli rieltor (ko‘chmas mulk savdosi bilan shug’ullanuvchi) quyidagi vaziyatlarni yechishda yordam berishimni so‘rab menga murojaat etdi. U: “Men kvartiramni 120 mln. so’m. ga sotdim. Bir qancha vaqt o‘tib shu kvartiramni 100 mln. so’m. ga sotib oldim. Keyin xuddi shu kvartirani yana sotdim. Endi esa 110 mln. so’m. ga. Endi men foydadan soliq to‘lashimga to‘g’ri keladi.”
Savol: foyda nimaga teng?
2-MASALA
2016-2017 yillarda yengil sanoatni rivojlantirish dasturi qiymati 87 mlrd. so‘m bo‘lgan bir qator inshootlarni ishga tushirishni ko‘zda tutadi. 2016 yilning 1 yanvar holatiga shu sanada boshlangan obyektlar bo‘yicha tugallanmagan sanoat xajmi 16,1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Ko‘rsatilgan davr chegarasidan chiquvchi sanoatlar bo‘yicha 2017 yilning 1 yanvar holatiga kelgusi davr uchun bajarilgan ishlar xajmi (zadel) 22 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.
2016-2017 yilda mo‘ljallangan obyektlarni sanoat uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar xajmini aniqlang.


3-MASALA.
Hisobot yilida korxonada ishbay ishchilar tomonidan belgilangan ish me’yorlarini bajarish 115% ni tashkil etadi. Bundan ishchilarning 5% me’yorlarni o’rtacha 90% ga, 50% ishchilar esa – 105% ga bajarganlar. Kelasi (rejalashtirilayotgan) yilda ish me’yorlarini hamma ishchilar bajaradi, deb tahmin qilinyapti, ulardan 50% esa normalarni 115% ga bajarishga erishishlari ko’zda tutilgan.
Mehnat sarflarini tejash darajasini aniqlang.


4-MASALA.
Agar 15% qo’shimchali portland ishlab chiqarishning yillik rejasi 1800 mln. tonna, 1 tonna portland sement uchun 1,62 tonna klinker kerak bo’ladi, 1 tonna klinker tayyorlash uchun 1,35 tonna shlam, 1 tonna shlamga hom ashyo (mel) sarfi 1,214 tonna ekanligi ma’lum bo’lsa, sement zavodining maydalash, pechda kuydirish, hom ashyo va tog’ sexlarining yillik ishlab chiqarish dasturini aniqlang.
Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin