8-MAVZU: Frezalash stanoklari
(M
illing machine)
Reja:
1.
Frezalash stanoklari haqida umumiy tushunchalar, stanoklarning asosiy tiplari.
2.
Konsolli-frezalash stanoklari.
3.
Konsolsiz, bo'ylama-frezalash va to'xtovsiz harakatdagi frezalash stanoklari.
4.
Shponka frezalash stanoklari. Kopirli frezalash stanoklari haqida tushunchalar
Tayanch so'z va iboralar:
1. Frezalash stanoklari guruhi. 2. Konsolli-frezalash
stanoklari. 3. Konsolsiz-frezalash stanoklari. 4. Bo'ylama-frezalash stanoklari. 5.
Karusel-frezalash stanoklari. 6. Barabanli frezalash stanoklari. 7. Shponka frezalash
stanogi. 8. Kopirli frezalash stanoklari.
8.1. Frezalash stanoklari haqida umumiy tushunchalar
Frezalash guruhi stanoklari Mashinasozlik zavodlarida keng qo'llaniladi. Frezalash
stanoklarida gorizontal, vertikal va qiya yassi, shakldor yuzalarni shakllantirish, to'g’ri
va vintsimon ariqchalar va pazlar ochish, kopirlash usuli bo'yicha g’ildiraklarda tishlar
kesish, tashqi va ichki rezbalar ochish kabi ishlar bajariladi. Zagotovkalar yuzalarini
frezalash texnologik usuli ko'p tig’li kesuvchi asbob - frezaning aylanma harakati va
zagotovkaning ilgarilama surish harakati bilan xarakterlanadi. Frezalash guruhi
stanoklari quyidagi asosiy tiplarga bo'linadi (5.1-jadval):
5.1-jadval
Tiplar
Stanoklarning nomlari
Modellariga misollar
0
Rezerv
-
1
Konsolli vertikal-frezalash
6M11K,6R11FZ
2
To'xtovsiz harakatdagi frezalash
621
3
Bir stoykali bo'ylama frezalash
-
4
Kopirlash va gravirlash
641,6B443,LR397FZ
5
Konsolsiz vertikal-frezalash
6A59, 6520RFZ
6
Ikki stoykali bo'ylama frezalash
6682,6M6YuF11
7
Keng universal frezalash
675V,6B76PF2
8
Konsolli vertikal-frezalash
6T80Sh,6T82
9
Har xil frezalash
6D92,695
Hozirgi zamon frezalash stanoklarida bir qator ilg`or konstruktiv yechimlar o'z
aksini topgan: bosh harakat va surish harakati alohida yuritmalarga ega (ajratilgan),
ishchi stolining barcha yo'nalishlar bo'yicha tezkor harakatlantiruvchi mexanizmlarning
mavjudligi, surish harakatini boshqarish bir dastak orqali amalga oshiriladi. Stanoklarda
uzellar va detallar keng unifikatsiya qilingan.
Frezalash stanoklarini ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: universal va
ixtisoslashtirilgan stanoklar.
Universal stanoklarning asosiy parametri sifatida zagotovka o'rnatiladigan stol ish
yuzasining o'lchamlari (B*L) ko'rsatiladi.
Frezalash stanoklarida bajarilishi mumkin bo'lgan ishlarning keng doirasi ulardan
avtomobillar va yo'l qurilishi mashinalarini ta'mirlash korxonalarida keng foydalanish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |