8-mavzu. O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablar va tovarlarni shtrixli kodlash



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə1/4
tarix27.03.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#90510
  1   2   3   4
8 mavzu SM


8-mavzu. O’ZBEKISTONDA STANDARTLASHTIRISH OB’EKTLARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA TOVARLARNI SHTRIXLI KODLASH.


8.1. O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan qo’yiladigan talablar.
8.2. Xizmatlarni standartlashtirish
8.3. Mahsulot standartlashtirish hamda sertifikatlash va ularning kontrafakt mahsulot bilan kurashishdagi roli
8.4. Shtrixli kodlash
8.5. Standartlashtirish va ekologiya


8.1.O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan qo’yiladigan talablar
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash ko’p qirrali tijorat faoliyatining muhim jihati sanalgan mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatini ta’minlash vositalari hisoblanadi.
Standart – bu ular bilan boshqa shunga o’xshash ob’ektlarni taqqoslash uchun asos sifatida qabul qilinadigan namuna, etalon, modelь. Normativ-texnik hujjat sifatida standart normalar, qoidalar va standartlashtirish ob’ektiga nisbatan qo’yiladigan talablar majmuini belgilaydi va vakolatli organ tomonidan tasdiq lanadi.
Standart moddiy buyumlar (mahsulot, etalonlar, moddalar namunalari), normalar, qoidalar va turli talablar uchun ishlab chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilab beruvchi normativ-texnik hujjatlarning quyidagi toifalari belgilangan:

  • davlat standartlari (GOST);

  • tarmoq standartlari (TST);

  • respublikastandartlari (RST);

  • korxonalar standartlari (KST);

  • jamoat birlashmalari standartlari (JST);

  • texnik shartlar (TSH);

  • xalqaro standartlar (ISO/MEK)

  • mintaqaviy standartlar;

  • davlatlararo standartlar;

  • milliy standartlar.

Davlat standartlari (GOST) tarmoqlararo talab etiladigan mahsulot, ishlar va xizmatlar uchun ishlab chiqiladi. Ushbu toifa standartlarini O’zR Davstandarti qabul qiladi. Standartlarda majburiy talablar ham, tavsiyaviy talablar ham o’z aksini topadi.
Tarmoq standartlari(TST) muayyan tarmoq mahsulotlariga nisbatan ishlab chiqiladi. Ularning talablari davlat standartlarining majburiy talablariga, shuningdek tarmoq uchun
belgilangan xavfsizlik qoidalari va normalariga zid kelmasligi. Bunday standartlarnitarmoqstandartlarining O’zR GOSTtalablariga mos kelishi uchun javobgar bo’lgan davlat boshqaruvi organlari (masalan, vazirliklar)qabul qiladi.
Respublikastandartlari(RST) Davstandart va mahsulotning biriktirilgan guruhlari bo’yicha tegishli yetakchi vazirliklar va idoralarning bilan korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning alohida turlari uchun belgilanadi.

RST respublika hududida joylashgan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi barcha korxonalar uchun majburiy.


Korxonalar standartlari(KST) korxonalarning o’zlari tomonidan ishlab chiqilib, qabul qilinadi.
Jamoat birlashmalari standartlari(ilmiy-texnikaviy jamiyatlar, muhandislik jamiyatlari va b.). Ushbu normativhujjatlar mahsulot, jarayonlar yoki xizmatlarning printsipial yangi turlari; sinovlar o’tkazshning ilg’or usullari hamda ishlab chiqarishni boshqarishning noan’anaviy texnologiyalari va usullari uchun ishlab chiqiladi.
Standartlashtirish qoidalari(Q)vastandartlashtirish yuzasidan tavsiyalar(T) o’z xususiyatiga ko’ra uslubiy mazmundagi hujjatlarga mos keladi. Ular hujjatlar normalarini muvofiqlashtirish, qabul qilingan tarmoqlar, jamoat va boshqa tashkilotlar standartlari to’g’risidagi axborotni O’zR Davstandartigataqdim etish,korxonada standartlashtirish xizmatini tashkil etish tartibiga, GOST majburiy talablariga amal qilinishi ustidan davlat nazoratini o’tkazish qoidalariga va tashkiliy xususdagi boshqa masalalargataalluqli bo’lishi mumkin.
Texnik shartlar (TSH) korxonalar va xo’jalik faoliyatining boshqa sub’ektlari tomonidan standartni yaratish maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda ishlab chiqiladi. Bir marta yetkazib beriladigan, kichik partiyalarda ishlab chiqiladigan mahsulot hamda baddiy hunarmandchilik asarlari TSH ob’ekti bo’lishi mumkin.
Xalqaro standartlar(ISO/MEK) xalqaro standartlashtirish tashkilotlari tomonidan savdodagi texnik to’siqlarni olib tashlash, ya’ni mahsulot, xizmatlarga nisbatan qo’yiladigan talablarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqiladi.
Agar standart xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirilgan bo’lsa, u bo’yicha mahsulotnisertifikatlash mumkin.
Mintaqaviy standartlar mintaqaviy standartlashtirish organlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Masalan, YeOKK (Evropa sifatni nazorat qilish tashkiloti) ana shunday tashkilot hisoblanadi.
Milliy standartlar milliy standartlashtirish organlari, masalan, O’zR Davstandartitomonidan ishlab chiqiladi. Milliy standartlar faqat O’zR hududida amal qiladi.
Davlatlararo standartlarMDHga a’zo bo’lgan mamlakatlar uchun majburiy.
Standartlar turlari.
Standartlarning quyidagi turlari mavjud:

  • asosiy standartlar;

  • mahsulot uchun standartlar;

  • ishlar va jarayonlar uchun standartlar;

  • sinovlar o’tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlar;

  • texnik shartlar.

  • umumiy texnikaviy standartlar;

  • tashkiliy-uslubiy standartlar.

Sifatni aniqlash, belgilash atamalari, sifat ko’rsatkichlarinomenklaturasini reglamentlovchi umumiy texnikaviy standartlar standartlashtirishob’ektining axborot nuqtai nazaridan mosligini, uning bir xil ma’noda tushunilishini ta’minlash funktsiyasini bajaradi.


Mahsulot uchun standartlarmahsulotga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi va quyidagi turlarga bo’linadi:

  • umumiy texnik talablar standartlari;

  • umumiy texnik shartlar standartlari;

  • texnik shartlar standartlari.

Umumiy texnik talablar va umumiy shartlar standartlarimahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, iste’mol qilish va uning muomalada bo’lishi (undan foydalanish) bo’yicha bir xil mahsulotlar guruhiga nisbatan qo’yiladigan har tomonlama talablar belgilaydi.
Mahsulot parametrlari va (yoki) o’lchamlari, xillari, markalari, sortamenti, konstruktsiyasini reglamentlovchi standartlar mahsulotning unifikatsiyasini va bir-birining o’rnini bosa olishnita’minlovchi xil-o’lcham va parametr qatorlariga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
Texnik shartlar standartlaribir xil mahsulotlar guruhiga nisbatan emas, balki muayyan ishlab chiqariladigan mahsulotga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi.
Ishlar va jarayonlar uchun standartlar turli xildagi ishlar va jarayonlarni o’tkazish qoidalarini belgilaydi. Ularning asosiy talabi ushbu ishlar (jarayonlar)ni amalga oshirishda inson hayoti, salomatligi va mol-mulkining xavfsizliginita’minlashdan iborat.
Sinovlar o’tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlarsinovlar o’tkazish usullariga, ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishga, mahsulotni sertifikatlash chog’idagi sinovlarga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi.
Texnik shartlar – bu tarmoqqa bo’ysungan normativ hujjat bo’lib, ushbu mahsulot uchun GOSTni joriy etishda vaqtinchalik ahamiyatga ega.



Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin