8-sinf ona tili. I chorak 1- bsb matn ustida ishlash (25 ball) bsb bo‘yicha o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 219,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü219,62 Kb.
#162160
  1   2   3
8-sinf ona tili, BSB-1



 
8-sinf ona tili. I chorak 1- BSB
Matn ustida ishlash (25 ball) 
BSB bo‘yicha o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar: 

Matnni tusunadi, matn mazmuniga mos sarlavha topa oladi.
 

berilgan matndan mavzuga oid so’zlarni ajratib, ularni yordamchi va 
mustaqil so’z turkumlari bo’yicha guruhlaydi;
 

matndan alohida olingan so‘zlar guruhidagi so‘zlarni aniqlab, ularni
tasniflaydi;
 

olmosh so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlab, ularni ma’no guruhlariga ko‘ra 
tasniflaydi;
 

ravish so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlab, ularni ma’no guruhlariga ko‘ra 
tasniflaydi;
 
 
Nurota tumani Navoiy viloyatida joylashgan bo‘lib, bu yerda Nur qal’asi, 
qal’aning mudofaa devori, Chilustun yodgorliklari saqlanib qolgan. Bu yodgorliklar 
haqida Nurotaga borganingizda, albatta, bilib oling. Men esa sizga bugun Nurota 
chashmasi hamda baliqlari haqida gapirib bermoqchiman. Chashma o‘zining sirliligi 
hamda tez oqishi bilan ancha mashhur. Chashma suvi ko‘zni qamashtiradigan 
darajada yaltirab turadi. Bunga sabab suv tarkibidagi fosfor moddasidir. Chashma 
suvi minglab kilometr yer ostidan otilib chiqadi. Suv qishin-yozin bir xil haroratda — 
19,5 darajada iliq bo‘ladi. Shuning uchun hech ham muzlamaydi. Aytishlaricha, 
tarkibida oltin moddasi bo‘lgani uchun bu suv turli kasalliklarga davo ekan. Bugungi 
kunda ko‘plab ziyoratchilar va xorijdan kelgan mehmonlar shu muqaddas 
chashmadan suv olib ketadilar. Chashmadagi baliqlar esa ko‘zni quvontiradi. Ular 
o‘rtacha o‘n yetti yil yashaydi. Baliqlar umri davomida chashma suvi sizib 
chiqadigan ariqchalarni qumlardan tozalaydi. Suvning bir me’yorda oqishini 
ta’minlab, hatto uni filtrlab beradi. Shu sabab bo‘lsa kerak, odamlar bu baliqlarni 
“avliyo baliq” deb ham atashadi. Qizig‘i shundaki, baliqlarga hech kim yemish 
tashlamaydi. Ular suv tarkibidagi ozuqalar bilan oziqlanadi. Bu baliqlarni iste’mol 
qilib bo‘lmaydi. Chunki ularning ichidagi uvuldirig‘i zararli hisoblanadi. Uni 
tozalamasdan iste’mol qilgan odamning terisida har xil dog‘lar paydo bo‘ladi. Agar 
ko‘proq iste’mol qilinsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aytishlaricha, 
o‘tgan asr boshlarida yurtimizga bostirib kirgan askarlar mahalliy xalqning 
ogohlantirishiga qaramay “avliyo baliq”larni ovlab yeyishgan va anchagina 
ko‘ngilsizliklarga uchrashgan.
Bugungi kunda ushbu ziyoratgoh obod qilingan. Yon-atroflariga xiyobonlar
favvoralar va gulzorlar barpo etilgan. Sir-sinoatlarga to‘la Nurota chashmasi va 
ziyoratgohidan xorijlik sayyohlar hamda yurtdoshlarimizning qadami uzilmaydi. Siz 
ham oila a’zolaringiz bilan yurtimizdagi bu ajoyib ziyoratgohga, albatta, tashrif 
buyuring. Bularning barchasini o‘z ko‘zing bilan ko‘rganga nima yetsin! 



Yüklə 219,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin