9. laboratoriya ishi mavzu: Javafx yordamida tarmoq dasturini yaratish Ishning maqsadi



Yüklə 35,91 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü35,91 Kb.
#207529
  1   2   3
Mavzu Javafx yordamida tarmoq dasturini yaratish Ishning maqsad-hozir.org


Mavzu: Javafx yordamida tarmoq dasturini yaratish Ishning maqsadi




9. LABORATORIYA ISHI


Mavzu: JavaFX yordamida tarmoq dasturini yaratish 
Ishning maqsadi: 

Java dasturlash tili java.net.*, java.io.*, javafx.stage.*, javafx.application.*, 


javafx.event.* paketlari klasslaridan foydalanib GUI kliyent-server tarmoq
dasturini yaratish. 


Topshiriq: 
Talaba laboratoriya ishi uchun shaxsiy topshiriq oladi. Bu topshiriq bo‘yicha 
talaba TCP kliyent-server tarmoq dasturini JavaFX asosida yaratadi. Har bir talaba
uchun shaxsiy topshiriq 9.1- jadvalda berilgan. 


Nazariy qism: 
JavaFX - boy Internet ilovalarini (Rich Internet Applications) yaratish uchun 
foydalaniladigan Java kutubxonasi. Ushbu kutubxonadan foydalanib yaratilgan
ilovalar turli xil operatsion tizimlarda va qurilmalarda, masalan, Desktop 
kompyuterlari, mobil telefonlar, televizorlar, planshetlar va boshqalarda ishlashi
mumkin.

Java dasturlash tilidan foydalangan holda GUI ilovalarini yaratish uchun


dasturchilar Advanced Windowing Toolkit (AWT) va Swing kabi kutubxonalarga 
tayanadilar. JavaFX paydo bo’lganidan so’ng, ushbu Java dasturchilari boy
tarkibga ega samarali GUI ilovalarni JavaFXdan foydalanib yaratishlari mumkin. 
Boy xususiyatlarga ega kliyent tomon ilovalarini yaratish uchun dasturchilar
Media, UI Controls, Web, 2D va 3D kabi funktsiyalarni qo’shish uchun turli xil 
kutubxonalarga murojaat qilishadi. JavaFX ushbu xususiyatlarning barchasini o’z
ichiga oladi. Bunga qo’shimcha ravishda, dasturchilar Java kutubxonasining 
Swing kabi mavjud xususiyatlaridan ham foydalanishlari mumkin.
JavaFX grafika va medianing boy to’plamini taqdim etadi va apparat 
tezlashtirilgan grafikasi orqali zamonaviy Graphical Processing Unit (GPU)dan
foydalanadi. JavaFXdan Groovy va JRuby kabi JVM asosidagi texnologiyalarda 
foydalanish mumkin.



2
JavaFX GUI ilovalarini yaratish uchun boy sinflar va interfeyslarga ega API 


hisoblanadi. Quyida muhim APIlar keltirilgan:


javafx.animation, 
javafx.application,
javafx.css, 
javafx.event,
javafx.geometry, javafx.stage, javafx.layout, javafx.beans, javafx.collections, 
javafx.util, javafx.concurrent, javafx.embed.swing, javafx.fxml, javafx.print,
javafx.scene, 
javafx.scene.shape,
javafx.scene.text, 
javafx.scene.effect,
javafx.scene.input, javafx.scene.transform, javafx.scene.paint, javafx.scene.media, 
javafx.scene.web, javafx.scene.image, javafx.scene.control, javafx.scene.chart.
JavaFXda GUI ilovalari Scene Graph yordamida kodlanadi. Scene Graph 
GUI ilovasini yaratishning boshlang'ich nuqtasidir. U GUI ilova node (tugun)lari
deb ataladigan sodda vositalarni o'z ichiga oladi. 
Node vizual/grafik obyekt bo’lib, unda quyidagilar bo’lishi mumkin:
-

Geometrik (Grafik) obyektlar - (2D va 3D), masalan, aylana,


to’rtburchak, ko’pburchak va boshqalar. 
-

UI elementlari - Button, Checkbox, Choice box, Text Area va hokazo. 


-
Konteynerlar - Border Pane, Grid Pane, Flow Pane va boshqalar. 


-
Media elementlari - audio, video va tasvir obyektlari. 


Stage (oyna) JavaFX ilovasining barcha obyektlarini o’z ichiga oladi. U


javafx.stage paketining Stage sinfi yordamida yaratiladi. Boshlang’ich Stage 
platformaning o’zi tomonidan yaratiladi. Yaratilgan Stage obyekti Application
sinfining start() metodi uchun argument sifatida uzatiladi. 
Stage ikki Width va Height parametrlariga ega. U tarkibiy qism va bezaklar 

(sarlavha paneli va chegaralar) ga bo’linadi.


Stagelarning besh turi mavjud: 
-

Decorated 


-
Undecorated 


-
Transparent 


-
Unified 


-
Utility 


Stage tarkibini ko'rsatish uchun show() metodini ishga tushirish kerak.





3
Scene JavaFX ilovasining fizik tarkibini aks ettiradi. Unda scene graphining 


barcha tarkibi mavjud. javafx.scene paketining Scene sinf Scene obyektini


namoyish etadi.



Yüklə 35,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin