9-laboratoriya ishi turli chastotali va uzluksiz signal generatorini loyihalashtirish



Yüklə 42,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü42,37 Kb.
#181705
  1   2   3
9 - laboratoriya topshirig\'i



9-LABORATORIYA ISHI 
 
Turli chastotali va uzluksiz signal generatorini loyihalashtirish 
 
Ishning 
maqsadi: 
Raqamli 
signallarini 
shakllantirish 
sxemasini Logic 
Converter asosida tadqiq etish. 
Nazariy ma’lumot 
Taktli impuls generatori (taktli chastota generatori) raqamli qurilmalar 
- kompyuterlar, EHM lar, elektron soatlar, taymerlar va boshqalarda 
turli jarayonlarni sinxronlashtirish uchun mo'ljallangan. U ma'lum bir chastotaning 
elektr pulslarini (odatda to’gri burchakli shakl) hosil qiladi, bu ko'pincha 
etalon sifatida ishlatiladi - impulslar sonini hisoblashda siz, masalan, vaqt 
oralig'ini o'lchashingiz mumkin. 
MikroEHMlar, turli avtomatlar, ilmiy tajribalarni olib borishni boshqaradi. 
Bu va boshqa qurilmalar, oʻlchov asboblari va tizimlarida uzluksiz (analog) 
elektr signallari bilan ishlaydigan elektr datchiklar ishlatiladi. Datchik va ijro 
organlari (masalan, elektrodvigatellar) ni mikroEHM bilan bogʻlash uchun 
analog signalni shu signal amplitudasiga proporsioanl songa oʻzgartirish va 
aksincha oʻzgartirish talab qilinadi. 
Analog shakldagi ma’lumotni raqamli shaklga oʻzgartirish prinsipini 
richagli tarozilarda oʻlchash jarayoni bilan solishtirish mumkin. Tarozida 
oʻlchashni amalga oshirish uchun uning bir elkasiga noma’lum ogʻirlikdagi yuk 
qoʻyiladi, ikkinchi elkasiga esa, toshlar. Toshlar (masalan 1 g ogʻirlikdagi) 
tarozi muvozanat qolga kelguncha qoʻyilib boriladi. Toshlar soni yukning 
grammlardagi vazniga toʻgʻri keladi. 1 g. Ogʻirlikdagi toshlar bilan oʻlchanganda 
analog kattalik 0,5 g. xatolik, 10 g.li toshlar bilan oʻlchanganda esa 5 g. xatolik 
bilan oʻlchanadi. Bu xatolik kvantlash xatoligi deb ataladi. 
Oʻlchash algoritmiga mos ravishda richagli tarozi rolini ikki kirishli 
solishtirish sxemasi (komparator) bajaradi. Tarozining bir elkasiga oʻzgarmas 
kattalikdagi oʻlchanayotgan kuchlanish oʻrnatiladi, ikkinchi elkasiga raqamli 
datchik nazorati ostida pogʻonasimon ortib borayotgan kuchlanish beriladi. 


Kuchlanishning har bir pogʻonasi tarozi elkasiga qoʻshimcha tosh qoʻyish amaliga 
mos keladi. Olingan ma’lumot esa tarozilar muvozanatga kelgach qayd etiladi. 
Solishtirish 
jarayoni 
maxsus 
signal yordamida 
startstop 
trigger 
sxemasining ishga tushirilishi bilan boshlanadi. Triggerli sxema pogʻonasimon 
ortib boruvchi kuchlanish generatori va ikkilik hisoblagichni boshqaruvchi 
toʻgʻri burchakli impulslar shakllantiradi. Bu generator pogʻonpsimon kuchlanish 
ishlab chiharadi, hisoblagich esa hisobni noldan boshlaydi. 
Pogʻonasimon kulchanish kirish bilan tenglashsa, uni komparator qayd 
etadi, 
startstop trigger dastlabki holatiga qaytadi va toʻgʻri burchakli signallarning 
kelishi qoʻshimcha
mantiqiy element yordamida
blokirovka qilinadi. 
Bunday sodda oʻzgartirish sxemasi yordamida analog 
kattalik raqamli 
shaklga ancha uzoq vaqt davomida oʻzgartiriladi, chunki pogʻonasimon 
kuchlanish ketma-ket kiritiladi. 
Oʻzgartirish vaqtini qisqartirish maqsadida pogʻonasimon kuchlanish 
generatori raqamli-nalog oʻzgartirgich bilan almashtiriladi. Shuning uchun analog- 
raqamli oʻzgartirgich (AROʻ) sxemasiga raqamli-analog oʻzgartirgich (RAOʻ) 
sxemasi bilan tanishib boʻlgach qaytamiz. 
Kompyuterlar
va 
komunikatsiya vositalari 
zamonaviy 
axborot 
texnalogiyalarining asosi bo‘lib, ular 
insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir 
joydan ikkinchi joyga tezkor etib boradi, yangiliklar tez tarqaladi. Kompyuter 
yordamida 
aloqa 
qilish 
uchun 
foydalanuvchiga 
modem zarur 
bo‘ladi. Uzatilayotgan ma’lumot tovush, matn yoki videotasvir iborat bo‘lishi 
mumkun. 
Ma’lumotlar ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi mumkin: analogli va 
raqamli. Analogli signallar uzluksiz uzatiladi. Raqamli esa diskret shaklida. 

Yüklə 42,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin