Reja: Urug’ va mag’iz yanchish mashinalarining vazifasi va turlari.Besh valli dastgoh tuzilishi va ishlashi.Vallar aro ilintirish burchagi. Valli dastgohning kamchiliklari va texnik xarakteristikasi. Ikki juft valli yassilash-yanchish stanoklari. Bolg’ali maydalagich.
«Tayanch» so’z va iboralar
Xujayra, yanchish, siljishli siqish, ishqalab maydalash, bargsimon maxsulot, yassilash valtsovkasi, besh valikli stanok, demontaj , valikning o’q chizig’i, yo’naltiruvchi to’siq, etaklovchi val, aylantiruvchi shkiv.
Maxsulotdagi moy zarrachalarini ularni ushlab turgan xujayralardan ajratib olish uchun mayda urug’lar yoki ularning mag’zi yanchiladi. Demak, moyli maxsulotni yanchishdan maqsad uning ichki xujayraviy tuzilishini buzishdan iboratdir.
Etarli darajada ichki strukturasi buzilgan maxsulot forpresslanganda kunjaraning moyliligi 12-13% dan oshmaydi, ya’ni ichidan yaxshi buzilgan maxsulotdan presslanganda moy ko’proq chiqadi.
Moyli urug’lar va mag’izlar yanchilganda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Siljishli siqish (sjatie so sdvigom);
|
4. Ezish (razdavlivanie);
|
2. Ishqalab maydalash (istiranie);
|
5. Kesish (srez);
|
3. Urish (udar);
|
6. Yorish (sklo’vanie).
|
Paxta chigitini va mag’izni yanchayotganda siljishli siqish, ishqalab maydalash, ezish va qisman kesish usullari qo’llaniladi.
Urug’larni ko’rsatilgan usullar bilan yanchish valikli stanoklarda bajariladi. Bu stanoklarning asosiy ish organi - valiklarning o’rnashishi turlicha gorizontal, vertikal va diagonal joylashgan bo’ladi.
Yog’-moy sanoatida stanoklarning xamma turlari ishlatiladi. Valiklari vertikal o’rnatilgan stanoklar kam joy egallab, gorizontal valikli stanoklarga nisbatan yanchish darajasi yuqori bo’ladi. Ular sanoatda bargsimon maxsulot (lepestok) olish uchun ishlatilib yassilash valtsovkasi (plyuhilnaya valtsovka) deb ataladi. Yassilash valtsovkasi bir va ikki juft valikli bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |