|
Назорат саволлари
|
Жавоблар
|
1
|
1 – вазиятли масала. Водоканал бактериологик лабораториясига ичиш учун ишлатиш
мақсадида сув намуналари олиб келинди.
Ушбу мақсадда сувнинг қайси кўрсатгичлари аниқланади.
Ичимлик суви учун унинг ахамияти.
|
Ushbu maqsadda suvning quyidagi ko’rsatkichlari aniqlanadi:
- UMS ya’ni umumiy mikroblar soni
- Ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalar soni ya’ni koli-indeks
- Esherixiyalar(yangi najasli ya’ni fekal ifloslanish ko’rsatkichi)
- Kolifaglar
|
2
|
2 - вазиятли масала.
Операция хонасининг хавоси текширилганда унда тилларанг стафилокок борлиги аниқланди,,УМС 280 тани ташкил қилди
Натижага санитар бахо беринг
Операция хонаси хавоси қайси усулда текширилган ва нормада қайси микроорганизмлар учрайди?
|
- UMS 280tani tashkil qilmoqda. Demak operatsiya xonasining havosi o’rtacha ifloslangan bo’ladi.
- Operatsiya xonasi xavosi Sedmentatsion ya’ni Kox usulida tekshirilgan.
|
3
|
Сувнинг сапроб зоналари хақида тушунча беринг
|
Ifloslanish darajasiga qarab suv havzalarida polisabrob,mezosaprob va oligosaprob zonalar farqlanadi:
Polisabrob zonalarda ko’p miqdorda yengil parchalanuvchi organic moddalar saqlanadi. Kislorod konsentratsiyasi minimal darajada hamda 1ml suvda milliondan ortiq mikroblar uchraydi.
Mezosaprob zonalarda esa oksidlanish va nitrifikatsiyalanish jarayonlari sodir bo’ladi. Bu zonada polisabrob zonalardan farqli ravishda suv tozalanib borib 1ml suvda 100ming atrofida mikroblar uchraydi.
Oligosaprob zonalarda suvning o’z-o’zidan tozalanishi nihoyasiga yetgan bo’ladi va organik moddalar ham suv tarkibida deyarli bo’lmaydi. 1ml suv tarkibida 10dan 1000tagacha mikrob bo’lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, patogen bakteriyalar polisaprob zonalarda juda ko’p uchraydi va sekin-asta tozalanib borib mezasaprob zonada kamroq,oligosaprob zonada esa deyarli uchramaydi.
|
4
|
Сувни бактериологик текшириш кетма-кетлиги
|
Bunda dastlab tekshirilayotgan suv yaxshilab aralashtirilib 1mldan olingan suvlar sterillangan Petri kosachasiga quyiladi,so’ng ustiga 10-12ml eritilgan,45-49C gacha sovutilgan oziqli agar quyiladi va yaxshilab suv bilan aralashtiriladi. So’ngra ekilgan materiallar termostatga 37C ga 24 soatga qo’yiladi. So’ng har ikkala kosachadagi agar yuzasida va ichida o’sib chiqqan koloniyalar soni aniqlanadi,ularning soni qo’shilib ikkiga bo’linib,1ml suvdagi umumiy mikroblar soni aniqlanadi.
|
5
|
УМС, Коли-титр ва коли индекс тушунчаси. Тариф беринг
|
UMS-tekshirilayotgan obyektlarning ma’lum hajm yoki massasidagi(1ml suvda, 1g tuproqda va 1m3 havoda) mikroorganizmlarning umumiy soni.
Koli-titr-bitta sanitary ko’rsatkich bakteriyasi topilgan suv va tuproqning eng kam miqdori
Koli-indeks-1litr suyuqlik,1g tuproq va 1m3 havoda topilgan sanitariya-ko’rsatkichli bakteriyalar soniga aytiladi.
|
6
|
Хона хавосининг санитар кўрсатгичларига бахо бериш усуллари хақида тушунча беринг?
|
Xona xavosining sanitariya ko’rsatkichlariga baho berishda 2ta usul: Sedimentatsion yoki Kox usuli va Aspiratsion usuldan foydalaniladi.
Kox usulida 1m3 havodagi UMS soni Omelyanskiy formulasi yordamida topiladi. Bu usulda tekshirilayotgan xonalarda topilgan UMS 250dan kam koloniya o’sib chiqsa,havo toza bo’ladi. Agar koloniyalar soni 250-500ta bo’lsa ,havo o’rtacha ifloslangan,500dan ortiq bo’lsa koloniyalar soni havo nihoyatda ifloslangan bo’ladi. Aspiratsion usul havodagi UMS ni aniqlashda ancha aniq usul hisoblanadi. Bu usulda havo Krotov apparati yordamida ekiladi. Xavodagi UMSni aniqlash uchun neytral oziqli agardan,gemolitik streptokokklar uchun gentsian binafsha qo’shilgan qonli agardan,stafilokokklar uchun esa tuxum sarig’i qo’shilgan tuzli agardan foydalaniladi.
|
7
|
Омельянский формуласи кандай? Езиб
тушунтириб беринг
|
X=a*100*1000*5/ b*10*t
x-1m3 havodagi mikroblar miqdori;
a-Petri kosachasidagi oziqli muhitda o’sgan mikroblar soni;
b-Petri kosachasining yuza maydoni;
t-kosacha ochiq turgan vaqt;
5-Omelyanskiy hisoblashidagi vaqt;
10-mikroorganizmlar cho’kishi uchun zarur bo’lgan havo obyomi;
1000-izlanilayotgan havo obyomi;
|
8
|
Тупрокдан намуна олиш тартиби
|
Tuproq namunasi teksirilayotgan uchastkani ma’lum kvadrtalaridan (bunda 5x5m dan kam bo’lmasligi kerak)”convert” usulida (4ta namuna diagonal yo’nalishda va 1tasi markazdan) olinadi. Tuproqni 20-30sm chuqurligidan 200g tuproq namunasi olinadi. Olingan namunalar maxsus steril idishlarga solinib laboratoriyaga jo’natiladi.
|
9
|
Тупроқда қайси микроорганизмлар санитар кўрсатгич микроорганизмлар қилиб олинади?
|
Tuproqda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar (E.coli,Citrobacter freundii,Enterobacter aerogenes),Str.fecalis,Clostridium perfingens,termofil bakteriyalar,Proteus vulgaris kabi bakteriyalar sanitary-ko’rsatkich mikroorganizmlar hisoblanadi.
|
10
|
Тупроқни ифлосланиш даражаси қандай бахоланади?
|
Tuproqning ifloslanish darajasi najas hamda chiriydigan tashlandiqlar bilan baholanadi. Bunda tuproqning 3xil kategoriyasi farqlanadi:
-toza
-ifloslangan
-o’ta ifloslangan
|
11
|
Тупроқ микрофлорасининг асосий вакилларини келтиринг
|
Tuproqning autoxton mikroflorasiga mikobakteriyalar,psevdomonandlar, spora hosil qiluvchi va azot biriktiruvchi bakteriyalar,aktinomitsetlar va zamburug’lar kiradi.
Tuproqning alloxton mikroflorasiga odam va hayvonlarning normal va patogen mikroflorasi kiradi. Odam va hayvonlarning chiqindilari bilan tuproqqa tushadigan mikroblar 2ga: uzoq vaqt va qisqa vaqt saqlanadigan mikroblarga bo’linadi.
Uzoq vaqt saqlanadigan mikroblarga:
Bacillus anthracis;
Clostridium tetani;
Clostridium - anaerob yuqumli kasallik ya’ni gazli gangrena qo’zg’atuvchilari kiradi.
Qisqa vaqt saqlanadigan mikroblarga esa: Salmonella,Shigella,Vibrio,Brucella,Francisella,Mycobacterium,Leptospira,Pseudomonas,enteroviruslar,yashur viruslari kabilar kiradi.
|
12
|
Тупроқ санитар бактериологик текшириш
кетма кетлиги
|
Tuproqni sanitariya-bakteriologik tekshirishda tuproqdagi UMS va SKB koli-titri va perfigensni titri aniqlanadi.
Tuproqdagi UMSni toppish usulida oxirgi 2ta suyultirilgan namunadan oziqli muhitning yuzasiga 0.1 ml olinib,shpatel bilan ekiladi. Ekilgan ekma termostatda 48 soat saqlanadi va oziqli muhitlarda o’sib chiqqan koloniyalar soniga qarab,1g tuproqdagi UMS topiladi.
|