Karbon kislotalar karboksil guruhining soniga qarab bir, ikki, uch va ko’p asosli (negizli), radikallarga qarab to’yingan, to’yinmagan, aromatik va geterosiklik bo’ladilar. Bir asosli to’yingan karbon kislotalarning umumiy formulasi
Nomlanishi va izomeriyasi.
Rasional nomenklaturaga ko’ra karboksil guruhi bilan bog’langan uglevodorodlar nomiga “karbon kislota” so’zi qo’shib o’qiladi
Jeneva nomenklaturasiga muvofiq atashda kislotalar nomi uglerod atomlarining umumiy sonini hisobga olgan holda uglevodorodlar nomiga kislota so’zi qo’shib aytiladi.
etan kislota propan kislota butan kislota
Olinishi.
1.Tabiiy manbalardan (chumoli axlati, sirkadan, murakkab efirlardan).
2.Birlamchi spirtlarning oksidlanishidan, avval aldegid, so’ngra u yana oksidlanib bir asosli to’yingan karbon kislotalarga aylanadi