9-MAVZU. ISHBILARMONLIK UCHRASHUVI, SUXBATI VA MUZAKORALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Reja: Ishbilarmonlar etiketi.
Bizness etiketi: taqdimot va jamoat oldiga chiqib so’zlash.
Bizness olamida o’zini tutishning asosiy tamoyillari.
Tayanch iboralar Biznesmen, rahbarlik lavozimi, majlis, yig‘ilish, ishlab chiqarish munosabati, da’vo, biznesmen etiketi, chet el, taqdimot, qabul, faks, ish telefoni, uyali telefon, uchrashish vaqti, tanqid, pul muomalasi, qarz olish, qarz berish, qarzni qaytarish, mashina, magnitofon, fotoapparat.
Ishbilarmonlar etiketi Biznes iqtisodiy axloqiy asosga tayanadi. Kommersiyadagi tadbir biznesda etiket nihoyatda muhim ahamiyatga ega, modomiki, u kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning davomiyligini va tuzilgan bitimning omadliligini belgilab beradi. Tadbirkorlikning umumqabul qilingan qoidalarni buzish mumkin emas. Ishdagi qaltislik qonunni hatlab o‘tishdagi qaltislik bilan hech qanday aloqasi yo‘q.
Muvaffaqiyatli tadbirkorlikning asosiy muruvvati – tajriba natijalaridir: olingan daromadlar, kasbiy qoniqish, jamiyatda, sheriklar oldida ijobiy nufuzga ega bo‘lish, firma yoki tashkilotning mustahkamlash uchun pul jamg‘armasini yaratish. Tadbirkorlardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlikka ega emaslik, tezda pul topish ilinjida savodsiz intilishlar, pullarga noto‘g‘ri munosabat, firmaning raqobatbardoshligini oshirish va mustahkamlash uchun firmaning daromadidan foydalanishning muhimligini anglamaslikda namoyon bo‘lishi mumkin.
Bular marketing ma’lumoti hajmining juda kamligi; firmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, sheriklarni topishdagi informatsion mexanizmlarning yo‘qligi; muvaffaqiyatsiz reklama; iste’molchi va haridor talablari borasidagi ma’lumotlar to‘plamiga ega bo‘lmaslik; rivojlanmagan ish munosabatlarining texnologiyasi; ish bayonnomasi, savdo muomalasi odobiga rioya qilmaslik; sheriklarning milliy va hududiy ruhiyatining xususiyati borasida mo‘rt nishonga ega bo‘lish; atamalar va til masalasida qiyinchiliklar; chet tillarini bilmaslik; biznes, menedjment, marketing, kommersiya, bank ishlari doirasida aniq tushunchalar asosiga ega bo‘lmaslik; hujjatlarni rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar; mutaxassislar va tadbirkorlar qo‘llaydigan ilmiy - texnik atamalarning eskirganligidir.
Filantropiya etiketi - yaxshi o‘tadigan va biznesni xayrli harakatlarni amalga oshirishga turtki beradigan yaxshi natijalarga erishishini ta’minlaydi.
Adolatlilik etiketi - firma hamkorlari o‘rtasida ishonchlilik va tenglikni ta’minlaydi