1-Mavzu: Biologiya darslarini tashkil etishda labaratoriya va amaliy
mashg„ulotlarni o„tkazishning dolzarbligi
Reja:
1. Biologiyadan laboratoriya va amaliy mashg„ulotlarni tashkil
etishning nazariy asoslari.
2. Laboratoriya mashg„ulotini tashkil etish va uningturlari.
3. Amaliy mashg„ulotni tashkil etish va o„tkazish metodikasi.
Biologiyani fanini chuqur o„rganishda laboratoriya
ishlarini olib borishi
muhim ahamiyatga ega. Yangi bilim va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish,
amaliy o„qitish usullaridan foydalanish laboratoriya ishining asosiy mohiyati
hisoblanadi.
O„quv jarayoniga qo„yiladigan zamonaviy talablar o„qituvchilarni talabalar
faoliyatini tashkil etish orqali bilim, ko„nikmalarni shakllantirishga yo„naltiradi.
Laboratoriya ishini biologik obyektlardan, ko„rgazmali qurollardan, biologik
moslamalar va materiallardan mustaqil foydalanish kabi zarur ko„nikmalarni
shakllantirish bilan birgalikda nazariy bilimlarni qo„llash,
chuqurlashtirish va
rivojlantirishga qaratilgan faoliyat deb ta„riflash mumkin. Laboratoriya ishlarining
aksariyati tadqiqotchilik faoliyatini olib borishga asoslangan bo„ladi. Laboratoriya
ishi bu – asbob uskunalar va boshqa texnik moslamalardan foydalangan holda
tajribalar o„tkazish, biologik jarayonlarni maxsus jihozlar yordamida o„rganishdir.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish asosan quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1. Laboratoriya ishi yuzasidan vazifalarni belgilash:
2. O„rganilayotgan material yoki obyekt tarkibi xususiyatlari haqida
ma‟lumot berish va suhbat o„tkazish;
3. Tajribalarni mustaqil bajarishga kirishish.
4. Tajriba yuzasidan olingan natijalarni tuzatish, xulosalarni shakllantirish
5. Olib borilgan tajriba yuzasidan yakuniy suhbat o„tkazish hamda keyingi
laboratoriya ishi yuzasidan vazifa berish. O„quv dasturining ajralmas qismi sifatida
laboratoriya ishlari muhim bo„lib, ularni amalga oshirish har bir o„qituvchi uchun
katta mas‟uliyatni yuklaydi.
Laboratoriya mashg„uloti davomida o„quvchilar
olgan nazariy bilimlarini
amaliyotda qo„llay olish ko„nikmalariga ega bo„ladilar.
Biologiyani fanlarini o„qitishda laboratoriya mashg`ulotlari ta`lim tarbiya
berishning omili sifatida asosiy darslardan biri hisoblanadi jumladan:
1. Tabiiy ob‟ektlarni o„rganish bilan o„rganilayotgan material haqida aniq
tushunchaga ega bo„ladilar hamda ma‟lumotlar uzoq vaqt xotirada saqlaydilar 2.
Laboratoriya mashg`ulotlarida talabalar mustaqil ravishda bilim olishga
o`rganadilar.
3. Laboratoriya mashg`ulotlari jarayonida
talabalar bir qator amaliy
ko`nikmalarni egallaydilar.
4. Laboratoriya mashg„ulotlari talabalarni biologiya fanlarini o„rganishga
bo„lgan qiziqishini rivojlantiradi.
5. Laboratoriya mashg„ulotlari oddiy darslardan farqli ravishda talabalarda
mehnat madaniyatini, ongli intizomni tarbiyalaydi, talabalarga
mehnatni muayyan
natijaga olib kelishini ko„rsatadi.
Laboratoriya mashg„ulotlari ikki shaklda o„tkazilishi mumkin: frontal
(o„qituvchining ko„rsatmasi bilan) va oldindan tayinlangan topshiriq bo„yicha.
Frontal laboratoriya mashg„ulotlarida ish qismlarga bo„linadi, har bir qism
uchun o„qituvchi talabalarga bir vaqtning o„zida bajaradigan alohida
ko„rsatmalarni beradi. Ish bir vaqtning o„zida, o„z vaqtida yakunlanadi.
Talabalar
materialni osongina o„rganadilar; o„qituvchi ishning qanday bajarilishini baholab
boradi.
Bunday darslar qat‟iy tartib – intizom hamda xavfsizlik qoidalariga amal
qilgan holda o„qituvchining nazorati va kuzatuvi ostida olib boriladi.
Oldindan tayinlangan topshiriq bo„yicha olib boriladigan laboratoriya
mashg„ulotida o„quvchilar bajarish kerak bo„lgan
barcha ishlarni darhol ish
davomida oladilar. Bunda o„quvchilarga tashabbuskorlik bilan mustaqil ish olib
borishga imkoniyati beriladi.
Laboratoriya mashg„ulotlarini tashkil etishda o„qituvchi quyidagilarni
bajarishi kerak:
1. O„quvchilar bajarishi kerak bo„lgan ishning maqsadi va mazmunini aniq
belgilab uni amalda sinab ko„rgan bo„lishi.
2. Laboratoriya ishini
olib borish rejasini tuzib, ishning ketma-ketligini,
kirish suhbatining mazmunini, mustaqil ish uchun topshiriqga ko„rsatmalarni
tayyorlagan bo„lishi.
3. Laboratoriya mashg„ulotlari uchun zarur bo„lgan barcha jihozlarni
oldindan tayyorlagan bo„lishi.
4. Dars boshida laboratoriya ishining topshiriqlari
doskaga joylashtirilgan
bo„lishi Laboratoriya ishlari daftarda rasmiylashtirib borilishiga o„qituvchi
tomonidan ko„rsatma beriladi hamda muntazam nazorat qilib boriladi. O„quvchilar
ushbu daftarga laboratoriya ishining mavzusi va maqsadini, kerakli jihozlarning
nomini, bajarilgan ishlarning sonini hamda tajriba yuzasidan olingan xulosalarni
yozishlari kerak.