A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini



Yüklə 39,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü39,71 Kb.
#192360
  1   2   3
vbEImLFkkq2cf68jYxHCrJbTjkppXxYj6EJs8fEc



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
yoki

O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari 
moduli bo‘yicha 
 
“BIOLOGIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI”
o‘quv kursining
“Biologiya darslarini tashkil etishda laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni 
o‘tkazishning dolzarbligi” 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Azimova Dilrabo Ergashevna 
Toshkent 2022


1-Mavzu: Biologiya darslarini tashkil etishda labaratoriya va amaliy 
mashg‘ulotlarni o‘tkazishning dolzarbligi 
Reja: 
1. Biologiyadan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil 
etishning nazariy asoslari. 
2. Laboratoriya mashg‘ulotini tashkil etish va uningturlari.
3. Amaliy mashg‘ulotni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi. 
 
Biologiyani fanini chuqur o‘rganishda laboratoriya ishlarini olib borishi 
muhim ahamiyatga ega. Yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, amaliy 
o‘qitish usullaridan foydalanish laboratoriya ishining asosiy mohiyati hisoblanadi. 
O‘quv jarayoniga qo‘yiladigan zamonaviy talablar o‘qituvchilarni talabalar 
faoliyatini tashkil etish orqali bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltiradi. 
Laboratoriya ishini biologik obyektlardan, ko‘rgazmali qurollardan, biologik 
moslamalar va materiallardan mustaqil foydalanish kabi zarur ko‘nikmalarni 
shakllantirish bilan birgalikda nazariy bilimlarni qo‘llash, chuqurlashtirish va 
rivojlantirishga qaratilgan faoliyat deb ta‘riflash mumkin. Laboratoriya ishlarining 
aksariyati tadqiqotchilik faoliyatini olib borishga asoslangan bo‘ladi. Laboratoriya 
ishi bu – asbob uskunalar va boshqa texnik moslamalardan foydalangan holda 
tajribalar o‘tkazish, biologik jarayonlarni maxsus jihozlar yordamida o‘rganishdir. 
Laboratoriya ishlarini tashkil etish asosan quyidagi bosqichlarda olib boriladi: 
1. Laboratoriya ishi yuzasidan vazifalarni belgilash: 
2. O‘rganilayotgan material yoki obyekt tarkibi xususiyatlari haqida ma’lumot 
berish va suhbat o‘tkazish; 
3. Tajribalarni mustaqil bajarishga kirishish. 
4. Tajriba yuzasidan olingan natijalarni tuzatish, xulosalarni shakllantirish
5. Olib borilgan tajriba yuzasidan yakuniy suhbat o‘tkazish hamda keyingi 
laboratoriya ishi yuzasidan vazifa berish. O‘quv dasturining ajralmas qismi sifatida 
laboratoriya ishlari muhim bo‘lib, ularni amalga oshirish har bir o‘qituvchi uchun 
katta mas’uliyatni yuklaydi. 
Laboratoriya mashg‘uloti davomida o‘quvchilar olgan nazariy bilimlarini 
amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. 
Biologiyani fanlarini o‘qitishda laboratoriya mashg`ulotlari ta`lim tarbiya 
berishning omili sifatida asosiy darslardan biri hisoblanadi jumladan: 
1. Tabiiy ob’ektlarni o‘rganish bilan o‘rganilayotgan material haqida aniq 
tushunchaga ega bo‘ladilar hamda ma’lumotlar uzoq vaqt xotirada saqlaydilar 2. 
Laboratoriya mashg`ulotlarida talabalar mustaqil ravishda bilim olishga 
o`rganadilar. 


3. Laboratoriya mashg`ulotlari jarayonida talabalar bir qator amaliy 
ko`nikmalarni egallaydilar. 
4. Laboratoriya mashg‘ulotlari talabalarni biologiya fanlarini o‘rganishga 
bo‘lgan qiziqishini rivojlantiradi. 
5. Laboratoriya mashg‘ulotlari oddiy darslardan farqli ravishda talabalarda 
mehnat madaniyatini, ongli intizomni tarbiyalaydi, talabalarga mehnatni muayyan 
natijaga olib kelishini ko‘rsatadi. 
Laboratoriya mashg‘ulotlari ikki shaklda o‘tkazilishi mumkin: frontal 
(o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan) va oldindan tayinlangan topshiriq bo‘yicha. 
Frontal laboratoriya mashg‘ulotlarida ish qismlarga bo‘linadi, har bir qism 
uchun o‘qituvchi talabalarga bir vaqtning o‘zida bajaradigan alohida ko‘rsatmalarni 
beradi. Ish bir vaqtning o‘zida, o‘z vaqtida yakunlanadi. Talabalar materialni 
osongina o‘rganadilar; o‘qituvchi ishning qanday bajarilishini baholab boradi. 
Bunday darslar qat’iy tartib – intizom hamda xavfsizlik qoidalariga amal 
qilgan holda o‘qituvchining nazorati va kuzatuvi ostida olib boriladi. 
Oldindan tayinlangan topshiriq bo‘yicha olib boriladigan laboratoriya 
mashg‘ulotida o‘quvchilar bajarish kerak bo‘lgan barcha ishlarni darhol ish 
davomida oladilar. Bunda o‘quvchilarga tashabbuskorlik bilan mustaqil ish olib 
borishga imkoniyati beriladi. 
Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘qituvchi quyidagilarni 
bajarishi kerak: 
1. O‘quvchilar bajarishi kerak bo‘lgan ishning maqsadi va mazmunini aniq 
belgilab uni amalda sinab ko‘rgan bo‘lishi. 
2. Laboratoriya ishini olib borish rejasini tuzib, ishning ketma-ketligini, kirish 
suhbatining mazmunini, mustaqil ish uchun topshiriqga ko‘rsatmalarni tayyorlagan 
bo‘lishi. 
3. Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlarni oldindan 
tayyorlagan bo‘lishi. 


 4. Dars boshida laboratoriya ishining topshiriqlari doskaga joylashtirilgan 
bo‘lishi Laboratoriya ishlari daftarda rasmiylashtirib borilishiga o‘qituvchi 
tomonidan ko‘rsatma beriladi hamda muntazam nazorat qilib boriladi. O‘quvchilar 
ushbu daftarga laboratoriya ishining mavzusi va maqsadini, kerakli jihozlarning 
nomini, bajarilgan ishlarning sonini hamda tajriba yuzasidan olingan xulosalarni 
yozishlari kerak. 

Yüklə 39,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin