A lixontoʻra Shokirxontoʻra oʻgʻli Sogʻuniy



Yüklə 23,66 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü23,66 Kb.
#163697
Alixontoʻra Shokirxontoʻra oʻgʻli Sogʻuniy


A lixontoʻra Shokirxontoʻra oʻgʻli Sogʻuniy Turkistonning atoqli olimi va adibi, ulkan davlat arbobi va sarkardasi, Sharqiy Turkiston islom jumhuriyatining birinchi prezidenti va marshali edi. U milodiy 1885-yili Turkiston oʻlkasining Toʻqmoq shahrida tugʻilgan (Adabiy taxallusi tugʻilgan shahrining qadimiy nomi Balasogʻun bilan bogʻliq). Yaxshi bilim olgan Alixontoʻra ulugʻ olim va siyosiy arbob boʻlib yetishdi. Tafsir, hadis, fiqh ilmlari bilimdoni, maʼrifatparvar va taqvoli zot edi. Umrining katta qismini Sharqiy Turkistonda milliy-ozodlik harakatini boshqarish ishiga sarfladi, Turkiston qaygʻusi va millat dardi bilan yashadi. Bir necha asarlari bor: bulardan paygʻambarimiz siyratlariga bagʻishlangan „Tarixi Muhammadiy“ sovetlar zulmidan xalos boʻlgan xalqimizga Islomni tanitgan ilk kitob boʻldi. Bundan tashqari, „Turkiston qaygʻusi“ xotiralar kitobi, she’r va dostonlari, tabobatga oid „Shifaʼul-ilal“ asarlari chop etilgan. U „Temur tuzuklari“, Ahmad Donishning „Nodir voqealar“, Herman Vamberining „Movarounnahr yoki Buxoro tarixi“ va boshqa asarlarni oʻzbekchaga oʻgirgan. 1976 yil 29 fevralda Toshkentda vafot etgan.
Alixontoʻra Shokirxontoʻra oʻgʻli (taxallusi Sogʻuniy) 1885-yili 21-martda Turkiston oʻlkasining Toʻqmoq shahrida tugʻilgan. Bu shaharning eski nomi Bolosogʻun boʻlib, Alixontoʻra oʻz taxallusini tanlashda unga nisbat bergan. U kishining otasi Shokirxontoʻra davrining oʻqimishli kishisi boʻlgani uchun oʻgʻlini Saudiya Arabistonining Madina shahriga oʻqishga yuboradi. Keyinchalik u tahsilni Buxorodagi Mir Arab madrasasida davom ettiradi. Tabiatan zakovatli, ziyrak, yangilikka oʻch boʻlgan yosh Alixon mamlakatga qaytib kelganidan keyin yurtdagi ijtimoiy-siyosiy faoliyatga aralashib ketadi.
Mustabid bosqinchilarning mahalliy aholi vakillarini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqani uchun yosh Alixontoʻra 1914 yili rus podshohining maxfiy politsiyasi nazoratiga tushib qoladi. 1916 yili xalq qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach, u mamalakatda qolish xavfliligini sezib, siyosiy muhojir sifatida Qashqarga (Xitoy) ketishga majbur boʻldi. Keyinroq Sharqiy Turkistonning boshqa bir yirik shahri Gʻuljaga boradi.
Alixontoʻra Sharqiy Turkistonda ham ijtimoiy-siyosiy faoliyatini davom ettirib, xalqning milliy-ozodlik harakatiga qoʻshiladi. Xalq orasida yurtni bosqinchilar zulmidan ozod qilish gʻoyalarini faol targʻib qilgani sababli 1937 yili Xitoy maʼmurlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1941 yili adliyaviy taftish natijasida ozod qilindi. 1944 yil 12 noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati eʼlon qilinib, Alixontoʻra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qoʻshinni tuzish, uni qurollantirish va tarkibini mustahkamlash ishining tashabbuskori sifatida qoʻshin bosh qoʻmondoni etib tayinlandi va unga „marshal“ oliy harbiy unvoni berildi.
Yüklə 23,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin