A va B butun musbat sonlari berilgan(A > B). A uzunlikdagi kesmada maksimal darajada B kesma joylashtirilgan. A kesmaning bo'sh qismini aniqlovchi programma tuzilsin. Ko'paytirish va bo'lish amallarini ishlatmang.
A va B butun musbat sonlari berilgan(A > B). A uzunlikdagi kesmada B kesmadan nechta joylashtirish mumkinligini aniqlovchi programma tuzilsin. Ko'paytirish va bo'lish amallarini ishlatmang.
N va K butun musbat sonlari berilgan. Faqat ayirish va qo'shish amallarini ishlatib N sonini K soniga bo'lgandagi qoldiq va butun qismini aniqlovchi programma tuzilsin.
N butun soni berilgan (N> 0). Agar n soni 3 ning darajasi bo‟lsa “3 – ning darajasi”, aks holda “3 – ning darajasi emas” degan natija chiqaruvchi programma tuzilsin. Qoldiqli bo'lish va bo‟lish amallarini ishlatmang.
2 sonining qandaydir darajasini bildiruvchi n butun soni berilgan (n> 0): N = 2K. K ni aniqlovchi programma tuzilsin.
N natural soni berilgan (N > 0). Quyidagi ifodani hisoblovchi programma tuzilsin. N!! = N*(N−2)*(N−4)*…
Agar N juft son bo'lsa oxirgi ko'paytuvchi 2, toq bo'lsa 1 bo'ladi.
N natural soni berilgan (N > 0). Kvadrati N dan katta bo'ladigan eng kichik butun K sonini (K2
> N) aniqlovchi programma tuzilsin. Ildizdan chiqaruvchi funksiyadan foydalanmang.
N natural soni berilgan (N > 0). Kvadrati N dan katta bo'lmagan eng katta butun K sonini (K2
<= N) aniqlovchi programma tuzilsin. Ildizdan chiqaruvchi funksiyadan foydalanmang.
N natural soni berilgan (N > 1). 3K> N shartni qanoatlantiruvchi eng kichik butun K sonini aniqlovchi programma tuzilsin.
N natural soni berilgan (N > 1). 3K<= N shartni qanoatlantiruvchi eng katta butun K sonini aniqlovchi programma tuzilsin.
N natural soni berilgan (N > 1). (1 + 2 + … + K) >= N shart bajariladigan eng kichik K sonini aniqlovchi programma tuzilsin. 1 dan K gacha bo‟lgan yig‟indi ham ekranga chiqarilsin.
N natural soni berilgan (N > 1). (1 + 2 + 3 +… + K) <= N shart bajariladigan eng katta K sonini aniqlovchi programma tuzilsin. 1 dan K gacha bo‟lgan yig‟indi ham ekranga chiqarilsin.
A soni berilgan (A > 1). (1 + 1/2 + 1/3 + … + 1/K) >= A shart bajariladigan eng kichik K sonini aniqlovchi programma tuzilsin.
A soni berilgan (A > 1). (1 + 1/2 + 1/3 + … + 1/K) <= A shart bajariladigan eng katta K sonini aniqlovchi programma tuzilsin.
Bankka boshlang‟ich S so‟m qo‟yildi. Har oyda bor bo‟lgan summa P foizga oshadi (0
Necha oydan keyin boshlang‟ich qiymat 2 martadan ko‟p bo‟lishini hisoblovchi programma tuzilsin. Necha oy K – butun son. Bankda hosil bo‟lgan summa haqiqiy son ekranga chiqarilsin.
Sportsmen birinchi kuni 10 km yugurib boshladi. Keyingi kunlari bir oldingi kunga nisbatan P foiz ko‟p yugurdi (0
Sportsmenning necha kundan keyin jami yugurgan masofasi 200 km dan oshadi? Jami kunlar soni va masofani (butun son) chiqaruvchi programma tuzilsin.
N va M butun musbat sonlari berilgan (N>M). N sonini M soniga bo'lib butun va qoldiq qismlarini bo'lish va qoldiqni olish amallarini ishlatmasdan topuvchi dastur tuzilsin.
N butun soni berilgan (N>0). Bo'lib butun va qoldiq qismlarini aniqlash orqali, berilgan son raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzilsin.
N butun soni berilgan (N>0). Bo'lib butun va qoldiq qismlarini aniqlash orqali, berilgan son raqamlariniyig'indisi va raqamlari sonini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
N butun soni berilgan (N>0). Bo'lib butun va qoldiq qismlarini aniqlash orqali, berilgan son raqamlarining orasida 2 raqami bor – yo'qligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
N butun soni berilgan (N>0). Bo'lib butun va qoldiq qismlarini aniqlash orqali, berilgan son raqamlarining orasida toq raqamlar bor – yo'qligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
N butun soni berilgan (N>0). N sonini tub yoki tub emasligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
A va B butun musbat sonlari berilgan. Berilgan sonlarning eng kata umumiy bo'luvchisini aniqlovchi dastur tuzilsin.
N butun soni berilgan (N>1). N sonini Fibonachchi sonlari orasida bor – yo'qligini aniqlovchi dastur tuzilsin. (Fibonachchi sonlari 24 masalada berilgan).
N butun soni berilgan (N>1). N sonidan kata bo'lgan birinchi Fibonachchi sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. Fibonachchi sonlari quyidagi qonuniyatlar asosida topiladi.
F1= 1; F2= 1; FK= FK-1+ FK-2; K = 3,4,…
Fibonachchi soni bo'lgan N butun soni berilgan (N>1). (Fibonachchi sonlari 24 masalada berilgan). N sonidan bir oldingi va bir keying Fibonachchi sonlarini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
Fibonachchi soni bo'lgan N butun soni berilgan (N>1). (Fibonachchi sonlari 24 masalada berilgan). N soni Fibonachchi ketma – ketligining nechanchi xadi ekanini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
e haqiqiy musbat soni berilgan. Ketma-ketlik xadlari quyidagicha aniqlanadi: a1=2; ak=2+1/ak-1; k = 2, 3, …
|ak-ak-1| < e shartni qanoatlantiruvchi eng kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. akva ak-1ham ekranga chiqarilsin.
e haqiqiy musbat soni berilgan. Ketma-ketlik xadlari quyidagicha aniqlanadi: a1=1; a2=2; ak= (ak-2+2*ak-1)/3; k = 3, 4, …
|ak-ak-1| < e shartni qanoatlantiruvchi eng kichik k sonini aniqlovchi dastur tuzilsin. akva ak-1ham ekranga chiqarilsin.
A, B, C musbat butun sonlari berilgan. A x B to'rtburchak ichida tomoni C bo'lgan kvadratdan nechtasi sig'ishini aniqlovchi dastur tuzilsin. Ko'paytirish va bo'lish amallarini ishlatmang.