Abu rayhon beruniyning nazariy va empirik bilimlar haqidagi qarashlari



Yüklə 32,87 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü32,87 Kb.
#210817
  1   2
ABU RAYHON BERUNIYNING NAZARIY VA EMPIRIK maqola 2022 ОТД


ABU RAYHON BERUNIYNING NAZARIY VA EMPIRIK BILIMLAR HAQIDAGI QARASHLARI


Mullajonov Islomjon Yuldashevich
ChOTQMBY Gumanitar fanlar kafedrasi
katta o‘qituvchisi

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazmiyning nomi butun jahon tarixi va islom tarixida ham juda mashhurdir. Uning ismi va kunyasi arabcha matinlarda «Abu Rayhon al Beruniy al Xorazimiy» suratida kelgan, eronliklar orasida esa «abu Rayxoniy» yoki «Bu Rayhon» tarzida shuhrat topgan. Lotin olimlari nazarida Yevropa tilida «Al Beruniy», hozirgi jahon ilm ahli tilida «Al Beruniy» tarzida aytiladi.


Beruniy bobomiz 362 hijriy yilning 2-zulhijja oyida, 973 melodiy yilning 4 sentyabirida tug‘ilganlar. Abu Isoh Ibrohim ibn Muhammad Tabriziy Abu Rayhon Beruniyni panjitanda kuni sahar paytida tug‘ilganligini yozadi.
Beruniy O‘rta Osiyo, Hindiston hamda arab va yunon falsafasi, tabiiy fanlar tarixini chuqur o‘rgangan. U astronomiya, geodeziya asboblari yasash va ulardan foydlanish masalalariga bag‘ishlangan bir qancha nodir asarlar ham yozgan. Uning asarlari asosan astranomiya, matematika, geodeziya, jug‘rofiya, kartografiya, klimatologiya, tarix, etnografiya, din tarixi, falsafa adabiyot va boshqa fanlarga bag‘ishlagan.
Beruniy «Tahdid nihoyat al mokin li tashih masofat al masokin» («turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarning aniqlash») kitobning muqaddimasida bilimning qator sohalarning kelib chiqish sabablarini qarab chiqar ekan, ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlar uchun umumiy bo‘lgan bir xulosa keladi. Buni olim yashgan davr uchun tahsinga sazovor ajoyib fikir ekanligini e’tirof etmasdan bo‘lmaydi. «Fanlarning holati ana shunday. Ular inson hayoti uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni tug‘diradi. Shularga qarab fanlar ham shoxobchalarga bo‘linadi». Olimning burchi fan uchun beg‘araz xizmat qilishdan iborat, fanning vazifasi esa inson ehtiyojini qondirishdir, deb tushundi Beruniy. Uning so‘zi bilan aytganda, fanlarning foydasi ular yordamida oltin va kumushlarni qo‘lga kiritish emas, balki ular tufayli zarur narsalarga erishishdir.
Beruniy ta’kidicha, har bir olam, qaysi fan sohasida ishlashdan qat’i nazar, faylasuf bo‘lish va faning hamma sohalaridan yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak. Bunday talabning hamma fan vakillari uchun zrurligini qayd etib, Beruniy «Geodeziya» da shunday yozadi:
«Yunonliklarda falsafa yoki hikmat tushunchasiga asoslangan bo‘lsa, shuning haqiqatiga muvofiq hamma haqiqatni tushunish bilan chegaralanib qolingan edi. Odam faqat ilmiy tajriba bilan shug‘ullansa va aniq tadqiqot ishlari olib borgandagina fanning biror sohasi haqida hukm chiqara oladi. Buning uchun u faylasuf bo‘lishi, hamma fanlar asosini bilish kerak, chunki, bu fanlarning har birini to‘la bilishga uning umri kifoya qilmaydi».
Tabiiy va ijtimoiy masalalar o‘rtasida yaqindan aloqa borligi zarurligini Beruniyning boshqa asarlarida ham uchratamiz. O‘zining «Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami» (Mineralogiya») asarida qimmatbaho toshlarni qazib olish va ularni ishlash haqidagi ma’lumotlarni iqtisodiy ma’lumotlar bilan bog‘lab olib boradi. «Mas’ud qonuni» kitobda faqat qadimgi davr tarixini chuqur bilishgina, o‘sha davr olimlarning astronomik kuzatishlarni to‘g‘ri belgilash va ular bilan Beruniy davridagi kuzatishlar orasidagi vaqtning aniq farq berishligini bir qancha misollarda ko‘rsatib o‘tgan.
Beruniyning ijtimoiy fanlarda qiziqish doirasi ham tarix, filologiya, ham falsafani o‘z ichiga olgandi. Bu sohalarning deyarli hammasida u maxsus asarlar yozib qoldirdi.
Beruniyga tarixchi sifatida ikkita asosiy xususiyat xosdir: a) turli xalklarning tarixiy – madaniy xizmatini va ayrim shaxslar faoliyatini baholashda ularning irqiy diniy yoki sulolalarda asoslanmay, hamma xalqlarga hurmat bilan qarashga asoslangan haddan ziyod obyektivlik; b) voqea va xodisalarni, ayniqsa, etnografiya sohasida, solishtirish asosida o‘rganishga harakat qilish, turli xalqlar va diniy guruhlar uchun xos bo‘lgan o‘xshashlik, parallellik yoki ziddiyatlarni axtarib topish. Beruniydagi bu ikki xususiyat uni Yaqin Sharq va O‘rta Osiyoning o‘rta asrdagi bizga ma’lum bo‘lgan hamma tarixchilaridan ajralib turadi.
Beruniyning tarixiy tadqiqotlarini o‘z mavzusiga qarab besh turkumga bo‘lish mumkin :
1) qadimgi va ilk o‘rta asr Sharqining umumiy tarixi, shu bilan birga, ma’lum darajada qadimgi yunon tarixi. Shuni uqtirish kerakki, Beruniyning bu sohadagi izlanishlari uning uchun shundayin bir maqsad bo‘lmay, turli xalqlardagi (yunonlar, rimliklar, arablar va boshqalar) xronologik tarixlar sistemasini aniqlash vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Turli eralar uchun tuzilgan astronomik jadvallardan foydalanish munosabati bilan Beruniyda xronologik sistemalarga qiziqish o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan.
2) Beruniy yashagan davrdagi O‘rta Osiyo tarixi. Bu sohada Beruniy o‘z vatani Xorazm va G‘aznaviylar davlati tarixi bilan maxsus shug‘ullandi. «Geodeziya», «Mineralogiya» va «Hindiston» asarlarida Xorazm va G‘azna hukmdorlari haqida alohida ma’lumotlar berilgan.
3) Sharq xalqlarinig fan tarixi. Beruniy o‘z asarlari bilan bizning ko‘z oldimizda o‘rta asr fanining eng jiddiy va deyarli yagona tarixchisi sifatida gavdalandi. Beruniy asarlari tufayligina biz IX asrda yashagan Samarqandlik astronom Sulaymon ibn Ismaning Balxdagi faoliyati va Abu Bakir ar-Roziyning boshqa manbalarda bizga ma’lum bo‘lmagan ustozi Abul-Abbos al-Eronshahriyning ilmiy faoliyati haqida aniq faktlarga ega bo‘la olamiz.
4) Sharq xalqlari etnografiyasi. Beruniy o‘zining etnograf ekanini «Hindiston» asarida yaqqol namoyish qildi. U hind xalqining o‘tmishi va o‘sha zamondagi hayotini o‘z asarida yoritib berdi.
5) Sharqda din va «bid’atlar» tarixi. V.V. Bartoldning ko‘rsatishicha, Beruniyning O‘rta Osiyoda islom dini marosimlari haqidagi nodir ma’lumotlari hozirgi kunda biz uchun alohida ahamiyatga egadir.
Beruniy fikricha fanlarning paydo bo‘lishi sababi va ularning vazifasi inson ehtiyojini qondirishdir. Beruniy o‘z falsafiy qarashlarining hamma sistemasini bayon etgan maxsus falsafiy asar qoldirmagan bo‘lsa ham, deyarli hamma yirik asarlarida uning dunyoqarashi haqida to‘la fikr yuritish imkonini beradigan falsafiy fikrlarni uchratamiz. Bulardan Beruniyning tabiat falsafasi uchun uning Ibn Sino bilan savol – javoblari, «Ma’sud qonuni»ning birinchi kitobi, «Yodgorliklar» va «Mineralogiya»ning kirish qismlari; fan va din kurashini tasvirlab berish uchun - «Geodeziya», «Yodgorliklar», ayniqsa «Hindiston»ning ayrim qismlari kifoya qiladi.
Beruniyning ijtimoiy fanlar sohasidagi ilmiy merosini qisqacha ko‘rib chiqishning o‘zi, uning o‘rta asr olami uchun buyuk tabiatshunos bo‘lganini tan olish bilan birga, ijtimoiy fanlar sohasida ham uni o‘rta asr uchun eng asosiy bo‘lgan uch muhim soha – falsafa, tarix va filologiyada chuqur iz qoldirgan mashhur olimlar qatoriga qo‘shish uchun to‘la imkon beradi. Zero uning izlanishlari faqat o‘z zamonasi fani uchungina sermazmun bo‘lmay, balki ba’zi masalalarda hozirgi zamon fani uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
Beruniyning ilmiy salohiyati bilan alohida ajralib turishi nodiru noyob namunadir. Uning aqliy salohiyatini hozirgi kunda ham eng yuksak rivojlangan mamlakatlar olimlari qatoriga qo‘yamiz. Turli sohalarga oid fanlarda Beruniyning o‘rni alohida ajratilishi hayratlanarli holdir. Uni astronom desak, fransuz va arab astronomlarining tasdiqlashicha, u a’lo darajadagi astronom. Geologiyada, hozirgi zamon geologlarining ta’biricha, a’lo toifali geolog; tarix bo‘yicha bo‘lsa, diqqat – e’tibor bilan chuqur va izchil tadqiqot olib borgan tarixchidir. Bilishning barcha sohalarini qamrab olgan ilmlarni diqqat-e’tibor bilan o‘rgangan, tadqiqot, tajriba – xulosalarga qodir olim hamdir. Beruniy haqida Abdulhalim Mahmud shunday yozadi: “U tarix oqimida namoyon bo‘lgan buyuk aql sohibidir. Uning o‘z davridagi hind aqidalari, hind jamiyati haqidagi kitoblari hozirgi kunda ham hindlar to‘g‘risida ma’lumot beradigan birinchi manbalardan biri sifatida katta e’tiborga ega”. Beruniy tarix sohasida ham eng katta olimlardan edi. U kishi to‘g‘risida sharqshunos Saxov shunday deydi: “U tarixni biladigan buyuk aql sohibi edi. Shuningdek, astronomiya bo‘yicha ham buyuk olimlardan biridir”. Marhum doktor Abdulvahhob Izom uning to‘g‘risida: “Beruniy butun insoniyat tarixidagi buyuk olimlardan biridir”, - deydi.
Ibn Sino va uning ukasi Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tavallud topishgan. Keyinchalik uning oilasi Buxoroga ko‘chib o‘tadi. Abu Ali o‘n yoshlarga to‘lganida otasi uni Qur’oni Karimni o‘rganish uchun muallimga beradi. Shuningdek, u hind hisobi, falsafa, fiqh, mantiq va tib ilmlariga qiziqib, ularni o‘rgana boshlaydi. Unga bu ilmlarni o‘rganishda faylasuf Abu Abdulloh Notiliy katta yordam beradi. U Abu Aliga yunon olimlarining asarlarini o‘qishni tavsiya qilib ularni tushuntirib bergan. Muhammad al-Xorazmiydan hind hisobi – tenglamalarni yechish va algebra asoslarini, qadimgi yunon faylasufi Porfiriyning asarlaridan Arastu mantig‘ini, qadimgi yunon olimi va matematigi Evkliddan geometriyani, qadimgi yunon olimi va matematigi Ptolomeydan astronomiyani, otasidan “emanatsiya”, “ruhiy bosqichlar”, “Dunyoviy aql”, “Jon” kabi tushunchalarni o‘rgangan bo‘lsa, Abu Nasr al-Forobiydan esa metafizikani mukammal tarzda o‘zlashtiradi.
Abu Ali Ibn Sino tarjimai holida: “Mantiq, fizika va matematikani mustahkam o‘rganib, men yana “Metafizika”ni o‘qib undagi mohiyatni o‘qishga kirishdim”-deb yozgan. Ibn Sino Arastuning “Metafizika” asarini qiriq bir marta o‘qib uni hatto yodlab oladi ammo, u bu asardagi muallifning maqsadini bila olmaydi, ya’ni asarni tushunmaydi. Bir kuni kitobfurushning iltimosiga binoan u “Aristotelning “Metafizika”siga Forobiy tomonidan yozilgan sharh”ni harid qiladi. Uyiga kelishi bilan uni o‘qiy boshlaydi va asardagi tub mohiyatni anglab yetadi. Ertasiga xursandchiligidan kambag‘allarga sadaqa qiladi. Bu voqeadan va umuman Abu Nasr al-Forobiyning asarlari Shayh ur-Raisning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatganligini ko‘rish mumkin. Forobiyning mantiqiy qarashlarini davom ettirgan Ibn Sinoning mexnati natijasida, asrlar davomida olimlar ularning mantiqiy qarashlaridan keng foydalanganlar. Shuningdek, Ibn Sino Muallim as-Soniyning ontologik, gnoseologik, jamiyat va axloqqa oid qarashlaridan foydalanib, ularni rivojlantirgan. Ibn sino ham Forobiy kabi vujudni ikki qismga ajratadi:


Yüklə 32,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin