ALLOH — birinchi sabab (hamma narsalarning asoschisi va boshi)
Allohdan kelib chiqqan barcha narsalar (odam, hayvon, o‘simlik, sayyora, yulduzlar, ... )
Vojib ul-vujud, ya’ni Allohning bo‘lishini zarur, deb qaraydilar. Mumkin ul-vujudga kiradigan barcha narsalarni esa, bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin, ya’ni ularning bor yoki yo‘qligini ahamiyati muhim emas, ularsiz ham hayot davom etaveradi, degan g‘oyani ilgari surganlar.
Ibn Sino o‘zining “Kitob ash-shifo” asarida ruh va tananing aloqasi haqida bir qancha fikrlarni bildiradi. U ruh tanadan oldin mavjud bo‘lmaydi va tana o‘lganidan so‘ng ruh hech qachon nobud bo‘lmaydi, deydi. Abu Nasr al-Forobiy ham o‘zining “المسائل عيون” (“Masalalar mohiyati”) asarida: “Ruh materiyadan ajralgan holda mavjud emas. Tana o‘lganidan so‘ng, ruh mavjud bo‘lmaydi, unda o‘z-o‘zidan parchalanadigan kuch yo‘q. U birlamchi substansiya; u insonni tabiiyligini saqlab turadi; uning kuchi tana a’zolari bo‘yicha jo bo‘ladi. In’om etuvchi ruhni qabul qila oladigan mohiyat bo‘lgandagina uni barpo etadi. Tananing mavjudligi mohiyatni bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Aflotun ruhni tanadan oldin paydo bo‘lishi mumkin emas, deydi.
Yuqorida keltirilgan fikrdan ayonki, uchchala olimning ruhning paydo bo‘lishi haqidagi fikrlari aynan bir xildir. Hech bir odam ruhsiz mavjud emas. Demak, Yaratuvchi oldin moddani yaratadi, so‘ng esa ruhni.
Abu Ali Husayn Ibn Sino hayoti davomida mantiq, falsafa, musiqa, tibbiyot, ilohiyot, botanika va boshqa ko‘plab sohalar yuzasidan asar yozib qoldirganligi hammamizga ma’lum, afsuski uning hamma asarlari bugungi kungacha yetib kelmagan. U Abu Rayhon Beruniy bilan bir qancha falsafa, fizika va nujum ilmiga oid savollar haqida xatlashib turgan. Ularning bir-biriga bergan savollarining ba’zilariga bugungi kunda ham javob topilmagan. Shuningdek, ilm soxasida uning eng yaqin insonlaridan biri uning shogirdi Juzjoniy hisoblansa, u bilan birga Xorazmni tark etishga majbur bo‘lgan keyinchalik Qoraqum cho‘llaridagi qiyinchiliklardan halok bo‘lgan Abu Saxl Masixiy hisoblanadi. Ibn Sinoning zamondoshlari haqidagi ma’lumotni S.Nafisining “Abu Ali Ibn Sino” nomli kitobida ko‘rish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kungacha olimni butun dunyo bo‘ylab asarlarini turli tillarga tarjima qilinganligiga va o‘rganilganligiga qaramasdan, uning boy ma’naviy merosini to‘liq o‘rganilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Yurtimizda uning asarlari qo‘lyozmalar fondida saqlanishi, bu bizning katta yutug‘imiz hisoblanadi. Shuning uchun mutafakkirning asarlaridagi nafaqat tibbiyotga oid balki falsafa, din, ilohiyotga oid asarlarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar: عبد الحليم:"موقف الإسلام من الفن والعلم والفلسفة" للعارف بالله الإمام عبد الحليم محمود. القاهرة، دار الشعب ، سنة 1979 م . 80 ص
المصدر السابق ، 82ص.
محاضرات فى العلوم عند العرب للدكتور عبد الحليم منتصر 81 ص.
Beruniy.Qonun al-Mas’udiy 632-bet: Hindiston, 59-bet; Geodeziya, 94, 97- betlar.