Adabiyot fanidan 5-sinflarning bosqichli imtihoni og‘zaki tarzda o‘tkaziladi.
Bosqichli imtihon materiallari 40 ta biletdan iborat bo‘lib, birinchi savoli o‘rganilgan ijodkorlarning hayoti va ijodi, badiiy asarlari doirasida tuzildi. Ikkinchi savolda o‘rganilgan she’riy parchalardan ifodali o‘qish va yoddan ayta olish ko‘nikmalari e’tiborga olingan. O‘quvchi o‘zi tanlagan bilet bo‘yicha javob beradi. O‘quvchilarga topshiriqlar bo‘yicha tayyorlanish uchun 15 daqiqagacha vaqt beriladi.
O‘quvchilarning javoblari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Mezonlar
Ball
Ijodkorlarning hayoti, ijodi va asarlari haqida ma’lumotga ega bo‘lsa, asarda kechgan voqea-hodisalarni tushunsa, va qahramonlarini tavsiflab berolsa, fikrini mustaqil va ijodiy bayon etsa
3 ball
5 ball
She’riy matnni talaffuz me’yorlariga (urg‘u va mantiq qoidalariga) amal qilgan holda yoddan ayta olsa
2 ball
Ijodkorlarning hayoti, ijodini bilsa va asarlari mazmunini tushungan bo‘lsa, asar qahramonlariga umumiy tavsif berolsa, fikrlarini bayon etsa
2 ball
4 ball
She’rni yoddan aytishda talaffuz me’yorlari biroz buzilsa, tutilib aytsa
2 ball
Ijodkorlarning hayoti, ijodi va asarlarini to‘liq o‘qimaganligi sezilsa, asar va uning qahramonlariga munosabat bildirishda mustaqil fikrlari bo‘lmasa
2 ball
3 ball
She’rini yoddan aytishda talaffuz me’yorlari buzilsa, ayrim misralarini unutsa
1 ball
Ijodkorlarning hayoti haqida umumiy ma’lumotnigina bilsa
1 ball
2 ball
She’rni qisman aytsa, mavzu doirasida o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisman javob bersa
Eslatma: Berilgan javoblar ko‘rsatilgan me’yorlardan biroz farq qilsa ham o‘quvchining harakati e’tiborga olinadi va yuqoridagi mezonlarga asoslanilgan holda baholanadi. O‘quvchining o‘qishi yaxshi bo‘lib, qiynalgan holat bo‘lsa qo‘shimcha savollar berilishi lozim.