Aerob grammanfiy kokklar va tayoqchalar. Bu guruh vakillari ta oilaga mansub bo'lib, shundan tasi tuproqning hosildorligini oshirishda amaliy ahamiyatga EGA
Aerob grammanfiy kokklar va tayoqchalar. Bu guruh vakillari 7 ta oilaga mansub bo'lib, shundan 3 tasi tuproqning hosildorligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega. Psevdomonadalar tabiatda juda keng tarqalgan, ba'zi vakillari nitratlarni erkin azotgacha qaytara oladilar. Azotobacteriaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, kokksimon hujayralarga ega bo'lib, harakatchan, spora hosil qilmaydi, erkin azotni o'zlashtira oladi. Rhizobiaceae oilasi vakillari tayoqcha ko'rinishida, spora hosil qilmaydi, boshoqdoshlar ildizida tuganaklar hosil qiladi, o'simHklar bilan simbioz holda yashab, erkin azotni o'zlashtiradi. Agrobacterium avlodi har xil o'simlik ildizlarida shish hosil qiladi va vakillari fitopatogen bakteriyalarga kiradi. Methylcoccaceae oilasi ikki avlodni Methyiococcus va Methylo-monas ni o'z ichiga oladi. Bu avlod vakillari kokk va tayoqcha shaklida boiib, ular uchun energiya manbayi bo'lib metan va metanol xizmat qiladi. Acetobacteriacaea oilasi Acetobacter va Gluconobacter avlod-laridan tashkil topgan bo'lib, bu avlod vakillari ctil spirtini sirka kislotagacha oksidlaydi.
Molekular biologiyaning yutuqlari evaziga mikroorganizmlar-ning genotip xususiyatlarini o'rganish mumkin bo'ldi. Bunda mikro-organizm nukleotid tarkibi, purin va pirimidin asoslarining bir-biriga nisbati o'rganiladi va ikki guruhga kiruvchi mikroorganizm-larning farqlari aniqlanadi.
Molekular biologiyaning yutuqlari evaziga mikroorganizmlar-ning genotip xususiyatlarini o'rganish mumkin bo'ldi. Bunda mikro-organizm nukleotid tarkibi, purin va pirimidin asoslarining bir-biriga nisbati o'rganiladi va ikki guruhga kiruvchi mikroorganizm-larning farqlari aniqlanadi.
Ikki turga kiruvchi mikroorganizm nuklein kislolalarini bir-biriga gibridlab, ular orasidagi nukleotidlar tarkibining o'xshashligi o'rganiladi. IVIikroorganizmlarning xususiyatlari o'rganilib, KLinney ish-lab chiqqan binor nomenklaturasi bo'yicha lotin alifbosida ilmiy nom beriladi. Masalan, pichan tayoqchasi Bacillus subtilis deb nomlanadi.