Glossariy: mikroorganizmlar sistematikasi



Yüklə 14,6 Kb.
tarix16.10.2023
ölçüsü14,6 Kb.
#156139
Glossariy


Glossariy:

MIKROORGANIZMLAR SISTEMATIKASI - mikroblarni ma’lum guruhlarga. turga. avlodga, oilaga, bo'limlarga taqsimlanishi. Zamonaviy tartibga solish Berji qo'llanmasida bayon qilingan.


Bakteriyalarning biomassasi. Bakteriyalarning biomassasini tsentrifuga yordamnda ajratib olib, chukma analiz qilinganda uning 70-85 % suv, 15-30% ni quruq biomassa 15-30% ni tashkil etadi. Agar bakteriya hujayrasi ko`p zahira moddalar (lipidlar, polisaharidlar, polifosfatlar yoki oltingugurt) tutsa, uning quruq moddasi ko`proq bo`ladi.
Bakteriyaning quruq moddasi — bu asosan polimerlar 50% oqsil, hujayra devori moddalari (10-12%), RNK (10-20%), DNK (3-4%), hamda lipidlar (10%) dan tuzilgan. Eng muhim kimyoviy elementlardan: uglerod — 50%, kislorod — 20%, azot — 1,4%, vodorod — 8%, fosfor - 3%, oltingugurt - 1%, kaliy - 1%, magniy - 0.5% va temir - 0.2%.
Klon - bir hujayradan olingan mikroorganizm kulturasidir. Bir turga kiruvchi individlarning to‘plami - (populyatsiyasi) toza kultura deyiladi.


Sistematika (taksonomiya) deb mikroorganizmlarni ma’lum aniq belgilariga asoslanib, ularni qarindoshlik aloqalarini o‘rnatib guruhlarga (taksonlarga) bo‘linishiga aytiladi. Mikroorganizmlarning asosiy guruhlarini o‘rganishdan avval ularni nomenklaturalarga ajratish prinsiplarini yoritish maqsadga muvofiqdir. Nomenklatura deb biror bilim sohasida ishlatiladigan nomlar (atamalar) tizimiga aytiladi. Har qanday mikroorganizmlar ob’ektini nomlash va sinflarga ajratish uchun ularni nomenklatura tizimi va taksonomiyasi ob’ektlarini to‘la-to‘kis bilishni talab etadi.
Yüklə 14,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin