Ahmad al-Fargʻoniy



Yüklə 27,95 Kb.
səhifə1/2
tarix29.03.2023
ölçüsü27,95 Kb.
#91212
  1   2
Ahmad al-Farg oniy


Reja

  1. Ahmad al Forg‘oniy hayoti

  2. Ahmad al Forg‘oniy ijodi

  3. Ilmiy meroslari

Ahmad al-Fargʻoniy


Ahmad al-Farg‘oniy (to‘liq ismiAbul Abbos Ahmad ibn
Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) (taxminan 797,Farg‘ona865,Misr) –astronomiya,matematika,geografiyava boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbekqomusiyolimi. Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslaribilan mashhur. Uning hayotiva ilmiy faoliyati to‘g‘risida juda oz, u ham bo‘lsa, uzuq-yuluq maʼlumotlar yetib kelgan.
Ahmad al-Farg‘oniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylarsulolasihukm surgan, Arab xalifaligijahonning eng yirik saltanatlaridanbiriga aylanib, uning ijtimoiysiyosiyva madaniy hayotida Movarounnahr,Xorazmva Xurosondankelgan ko‘plab mutafakkirlar muhim o‘ringa ega bo‘la boshlagan tarixiy davrda kechdi. Al-Farg‘oniyXalifaXorunarRashid(786809)vorislarial-Maʼmun(813833), Mu’tasim (833–842) va Mutavakkil (846861) hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv,so‘ngra Bag‘dod,Damashqva
Qohirashaharlaridailmi hay’at (falakiyotshunoslikastronomiya), riyoziyot(matematika) va jug‘rofiya(geografiya)fanlaribilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy va amaliyasarlaryozib qoldirdi.
Ahmad al-Farg‘oniy dastavval (taxminan 811-yil) Farg‘onadan Marvga kelgan. Ilk o‘rta asrlardayoqMarv O‘rta Osiyoningyirik madaniy va ilmiy-maʼrifiy markazlaridan biri bo‘lgan, bu maskanda o‘sha davrlardayoq Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan ko‘plab olimlaru fozillar va mutafakkirlar to‘planib, Ajamnij madaniy hayotida muhim ahamiyat kasbetganlar. Hatto 651yilda so‘nggi SosoniylarshahanshohiYazdigard III ibn Shahriyor (632651)arablartaʼqibidan qochib, poytaxt kutubxonasidagikitoblarnio‘zi bilan Marvga olib kelgan. Xalifalikqo‘l ostiga o‘tgach ham Marv o‘zining qadimiy mavqeini yo‘qotmay, nafaqat ilmiy va madaniy markazga, balki fath etilgan sharqiy viloyatlarning siyosiy markaziga aylangan.
Horun ar-Rashid vafoti(809-yil) dan so‘ng xalifalik taxtiga
Muhammad al-Amin (809–813) chiqadi. Uning akasi Abdulloh bilan taxt uchun (809–813 yillarda) olib borgan kurashi (Xorun ar-Rashid o‘g‘li Abdullohni 806yilda Movarounnahr va Xurosonning noibietib Marvga yuborgan edi) Abdullohning g‘alabasi bilan tugaydi. Muhammad al-Amin qatl etiladi. O‘sha yili (813-yil) Abdulloh al-Maʼmunnomibilan taxtga o‘tiradi.
Biroq u xalifalik poytaxti Bag‘dodga bormay, to 819yilga qadar Marvda yashaydi. U o‘z atrofiga olimlaru fozillarni to‘playdi. 819-yil al-Maʼmun barcha saroy aʼyonlari va olimlari bilan birga Maradan Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida alFarg‘oniy ham bo‘lgan.
Bu davrda xalifalikda Horun ar-Rashid farmoni bilan binoqilingan ikkitarasadxonava boy kutubxona bor edi. AbuRayxon Beruniy maʼlumotiga qaraganda, rasadxonalardan biri Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasidava ikkinchisi Damashq yaqinida Kasiyun nomli tog‘dajoylashgan edi.
Rasadxonalarda Horun ar-Rashid asos solgan ilmiy markaz „Bayt ul-hikmat“(„Donishmandlar uyi“) olimlariilmiy tadqiqotlarolib borardi. Ular orasida al-Farg‘oniy ham bor edi.
Al-Farg‘oniy avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib bordi, so‘ngra al-Maʼmun topshirig‘iga binoan Damashqdagi rasadxonada osmonjismlariharakati va o‘rnini aniqlash, yangicha „Zijyaratish ishlariga rahbarlik qildi. Al-Farg‘oniy yunonastronomlari, jumladan, Ptolemeyning„Yulduzlarjadvali“asarida berilgan maʼlumotlarni ko‘rib chiqish hamda o‘sha davrdagi barcha asosiy joylarning jug‘rofiy koordinatalariniyangitdan aniqlash yuzasidan olib borilgan muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etdi. Shu munosabatbilan arab tilidagiilmiy atamashunoslikka doir ishlarni, xususan, falakiyot, riyoziyot va geografiyaga oid atamalarni belgilab chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni amalga oshirishda ham AlFarg‘oniyning xizmati katta. Bulardan tashqari,u ayrim astronomik asboblarniixtiroetish, falakiyotshunoslikka doir arab tilidagi boshlang‘ich bilimlarnibelgilash va tartibga solish ishlariga ham muhim hissa qo‘shdi. 832–833 yillarda AlFarg‘oniy Shom(Suriya) shimolidagiSinjor dashtidaTadmur va ar-Raqqa oraligida yer meridianibir darajasininguzunligini o‘lchashda qatnashdi.
Al-Farg‘oniyning hayoti va ilmiy hamda amaliy faoliyati to‘g‘risidagi eng so‘nggi maʼlumot 861yilga mansubdir. O‘sha yili Abbosiy xalifa Abul Fazl Jaʼfar al-Mutavakkil (hukmronlik yillari 847–861) buyrug‘igabinoan Nildaryosidagisuv sathinio‘lchaydiganinshoot barpo etish uchun Misrning Qohira yaqinidagi Fustat shahriga keladi. Ilmiy-texnik va meʼmoriy jihatdan g‘oyat ulug‘vorbu qurilma Nil daryosining Sayyolat ulRod mavzesidahozirga qadar saqlanib qolgan.
Garchi Al-Farg‘oniy haqida maʼlumotlar juda oz bo‘lsada, ammo o‘rta asrlarda sharq ilmiy dunyosidauning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn annadim (10-asr),Ibn al-Kiftiy(1213asrlar),Abul FarajBar Ebrey (13-asr) vaXoji Xalifa (17-asr) kabi Sharq fihrastchilari uning nomini o‘z asarlarida qayd etganlar.
Musulmon mamlakatlaribo‘ylabsafargachiqqanZahiriddin
Muhammad Boburnomidagi ekspeditsiya aʼzolari 1997-yil 5dekabrda MARda bo‘lishib, Al-Farg‘oniy hayotini o‘rganishlari natijasida u Misrning Fustat shahrida vafot etganligi, Munattam tog‘ining sharqiyqismidan sal narida joylashgan Imom ash-Shofe qabristonigadafn etilganligini aniqlashdi. Vaqto‘tishi bilan uning qabriyo‘qolib ketgan. U yerdan olib kelingan tuproqFarg‘ona vodiysiningQuvashahrida 1998-yil barpo etilgan ramziy qabrga qo‘yildi.

Yüklə 27,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin