Ahmad al-Fargʻoniyning toʻliq ismi-Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniydir. Manbalarda fargʻonalik ekanligidan tashqari boshqa maʼlumot saqlanmagan. Ahmad al-Fargʻoniy Qubo (Quva) qishlogʻida tugʻilgan
Ahmad al-Fargʻoniyning toʻliq ismi-Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniydir. Manbalarda fargʻonalik ekanligidan tashqari boshqa maʼlumot saqlanmagan. Ahmad al-Fargʻoniy Qubo (Quva) qishlogʻida tugʻilgan. Al-Fargʻoniy xalifa Horun ar-Rashidning sharqiy yerlaridagi muovini, oʻgʻli Abdullohning (boʻlajak xalifa al-Maʼmunning ) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan.Abdulloh Maʼmun yoshligidan bilimga chanqoqligi uchun 806 yilda Marvga noyob boʻlganida Movarounnahr, Xuroson, Xorazm olimlari va isteʼdodli yoshlarni toʻplay boshlaydi. Maʼmundan oldin ham bu yer Marv ilmiy markaz hisoblangan,yaʼni Sosoniylarning soʻnggi Shohi 651 yilda Yazdigard ibn Shahriyor Arablarda qochib Marvga kelgan va poytaxtdagi kitoblarni bu yerda olib kelgan. Marv IX asr boshida xalifalikning yirik ilmiy madaniy markazlardan biri boʻlgan . Xalifa Horun ar-Rashid 809-yilda toʻsatdan vafot etish bilan aka-uka Maʼmun va Aminning taxt uchun kurashlari boshlanib ketadi. Ular 811-813 yillar oraligʻida urushishadi va jang oxir Maʼmunning gʻalabasi bilan tugaydi. Maʼmun 813- 819 yillarda xalifalikning poytaxti etib Marvni tayinlaydi va 819yilda esa Bagʻdodni qayta poytaxt etdi. Oʻzi bilan esa barcha olimlarni va shoirlarni olib ketdi, bular orasida al-Fargʻoniy ham bor edi. Maʼmun boshchiligida ,,Bayt-ul hikmaʼʼ bir guruh olimlar tomonidan tuzilgan, ular orasida al-Fargʻoniy ham boʻlgan .U davrda xalifalikda ikkita rasadxona faoliyat olib borgan, biri Bagʻdodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Bu rasadxonalarning har birida olimlar ishlar edi. Bagʻdoddagi ishlarga maʼsul kishilar Yahyo ibn Mansur, Al-Xorazmiy va boshqalar , Damashqdagi rasadxonada esa Xolid ibn Abdumalik va al-Fargʻoniy bilan birga olimlar ishlashgan. Al-Fargʻoniy Suriya Sinjor sahrosida 832-833 yillar Tadmur va ar-Raqqa oraligʻida yer meridiani bir darajasining uzunligini oʻlchashda ishtirok etgan. Al-Fargʻoniyning hayoti haqidagi eng soʻnggi va eng aniq xabar 861yil bilan bogʻlanadi . Mavjud maʼlumotlarga koʻra, ishi yili Qohira yaqindagi Ravzo orolida nilometerni , yaʼni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki taʼmirlagan. Al-Fargʻoniy haqidagi maʼlumotlar Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Qiftiy (XII –XII asrlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Hoji Xalifa (XVII asr )kabi tarixchilar oʻz asarlarida aytib oʻtishgan. Al-Fargʻoniyning asosiy astronomik asari ,,Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobiʼʼ (,, Kitob al-harakat as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujumʼʼ) kitobdir. Al-Fargʻoniyning bu asari XII asrda Ovroʻpada 2 marta lotin tiliga va boshqa Ovroʻpo tillarga ham tarjima qilgan Ahmad al-Fargʻoniy Gʻarbda Alfaraganus nomi bilan mashhur boʻlgan. Uning kitobi Oʻvropa universitetilarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini oʻtadi. Al-Fargʻoniy lotincha tarjimasi birinchi marta 1493-yilda nashr etilgan boʻlib, u eng qadimiy nashr qilgan kitoblardan hisoblanadi. 1669-yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Fargʻoniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan soʻng va uning asari Ovroʻpada yana shuhrati ortdi. Ovroʻpa uygʻonish vakillaridan biri Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetilarida astronomiyadan maʼruzalar al-Fargʻoniyning kitoblaridan olingan. al-Fargʻoniy nomini Dante(XV asr) va Shiller (XVIII asr) ham eslagan.