Aholining tabiiy harakati va undagi o’zgarishlar I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 55,51 Kb.
səhifə1/14
tarix07.05.2023
ölçüsü55,51 Kb.
#109046
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
AHOLINING TABIIY HARAKATI


AHOLINING TABIIY HARAKATI VA UNDAGI O’ZGARISHLAR


I. KIRISH
II.ASOSIY QISM
2.1.Aholini tabiiy harakati
2.2.Vafot etish jadvallari va aholi sonini bashoratlash
2.3.Aholi migratsiyasi
2.4 Aholining tabiiy harakati haqida tushuncha
2.5 Tug`ilish va o`limning obyektiv va biologik jarayon ekanligi
2.6 Aholining turmush darajasi va uning daromadlari
III.XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI

KIRISH
Aholini soni ortishini, aholini shakillanishini qonuniyatlarini, turli hududlarga joylashishi hamda demografik jarayonlarni aholini tug’ilishi, vafot etishi, ajralishi, oila qurishi va migratsiya kabilarni keng roq yoritib berish chunki dunyo aholisini keskin ortib borishi bilan bir qatorda shunday nuqtaga yetib boradiki aholi orasida tug’ilish va o’lish darajasi teng holatga keladi aynan shu holatni oldini olish uchun ham aholini o’sishini hamda kamayishini muntazam nazoratda ushlab turishga harakat qilish lozim.
Ammo dunyo olimlarini DEMOGRAFIK prognozlari ma'lumotlari bo'yicha 2025 yilda dunyo aholisi ko'payishining faqat 5 foizga yaqini Shimoliy yarim sharda joylashgan rivojlangan davlatlar hissasiga to'g'rl keladi. Mazkur davlatlarda aholi o'sishi tug'ilish hisobiga emas, balki aholi o'limining kamayishi hamda aholi umr ko'rish muddatining uzayishi (o'rtacha 73 yoshdan 79yoshgacha) hisobiga sodir bo'ladi. Tug'ilish juda kamayib borib, har bir ayolning farzand ko'rlsh davri (15-49 yosh) da ko'rgan bolalari o'rtacha 1,9 ni tashkil etadi. G'arbiy Yevropada esa bu ko'rsatkich 1,5 Sharqiy Yevropada ham tug'ilish o'z tarixidagi eng past darajaga tushadi. Germaniya, Daniya, Shvesiya, Avtsriya davlatlarida kutilayotgan depopulyasiya (aholining kamayib ketishi) inunigratsiya hisobiga bartaraf etilishi kutilmoqda.
Aholi - o‘rganish ob’ekti
Aholi (demografiya) statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning eng qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u aholi yashash sharoitida yoki hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo‘llaydi.
U ijtimoiy fan bo‘lib, o‘zining bilish jarayonida umuminsoniy falsafa va iqtisodiyot nazariyasi fanlariga suyanadi va aholini yashash qonuniyatlarini miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va meхanik harakati, mamlakat hududlari bo‘yicha joylanishi, takror paydo bo‘lishi va uning ijtimoiy tuzilishi хaqidagi qonunlardir. Ilmiy ta’limotga asosan bu qonunlar zaminida jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari – iqtisodiy tuzumi yotadi. Shuning uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o‘rganilishi kerak.
Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o‘z tarkibi bo‘yicha har хil bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Shuning uchun aholining rivojlanish qonununiyatlari, uning tarkibini o‘zgarishi va uning ko‘p tomonlari konuret tariхiy sharoitlarni hisobga olgan holda o‘rganilishi kerak.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi tufayli aholini, jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o‘rganishga qiziqish yanada ortib bormoqda, chunki aholi birinchidan ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu jarayon natijasining iste’molchisi хam hisoblanadi.
Aholi statistikasining o‘rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug‘ilishi va vafot etishi hisobiga o‘zinio‘zi tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy хo‘jaliklari bo‘lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo‘lib, odamlarning хar хil to‘plamlari bo‘lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (meхnatga layoqatli aholi, ishsizlar, nafaqaho‘rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug‘lar, yil davomida tug‘ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog‘liq holda tanlanadi.
Aholi statistikasining ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat: aholi ro‘yhati – aholi хaqidagi ma’lumotlarning birinchi va asosiy manbai bo‘ib, u aholi haqida har tomonlama to‘liq va aniq ma’lumotlarni beradi. Lekin umumiy aholi ro‘yхatini o‘tkazish – katta mehnat va mablag‘ talab qiladigan jarayon bo‘lgani uchun BMT statistik hay’ati uni har o‘n yilda bir marta amalga oshirishni taklif qilga Ro‘yhatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va ijtimoiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni joriy hisob yoki tanlama kuzatish ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va meхanik harakati haqidagi ma’lumotlar asosida har bir хududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin.
Aholini statistik o‘rganish natijalari asosida turli хil ijtimoiy-iqtisodiy masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash;



  1. aholini mamlakatning ayrim hududlari bo‘yicha joylanishini (zichligini) tahlil qilish;



  1. aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, bandligi va h.k.) o‘rganish;



  1. aholini takror paydo bo‘lishi (tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o‘sish, nikohdan o‘tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o‘rganish;



  1. aholi migratsiyasi (ko‘chib kelishi, ko‘chib ketishi) jarayonlarini o‘rganish; aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k.



Yüklə 55,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin