Aksiyalar qiymatini baholash turlari aksiyalarni emissiya qilish, uni birlamchi joylashtirish va muomala davrlarini o’z ichiga oluvchi hayotiylik sikliga bog’liq. Shulardan kelib chiqib ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Nominal qiymat;
Emission qiymat;
Balans qiymat;
Bozor qiymati.
NOMINAL QIYMAT:
bu uning old tomonida ko’rsatilgan bahosi. Aksiyaning nominal bahosi korxona tashkil etilayotganda va korxona ustavi shakllanayotganda ko’rsatilgan bo’ladi.
Nominal bahoning asosiy xususiyatlari:
Aksiyalarning umumiy nominal qiymati barcha chiqarilgan aksiyalarning nominal baholari yig’indisidan iborat va u kkorxonaning ustav kapitali miqdorini belgilaydi.
Aksiyaning balans qiymati korxonaning sof aktivlari qiymatini muomaladagi aksiyalarning umumiy soniga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Sof aktivlar korxonaning barcha aktivlari va passivlari qiymati o'rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Ushbu hisoblash formulasi faqat oddiy aktsiyalarni baholash uchun qo'llaniladi.
Balans qiymatining dinamikasini kuzatish kompaniyaning moliyaviy holati to'g'risida xulosa chiqarishga imkon beradi, chunki bu ko'rsatkichning pasayishi moliyaviy qiyinchiliklarning paydo bo'lishining dalili bo'lishi mumkin.