Aleksandr sergeyevich pushkin erksevar ijodkor



Yüklə 26,07 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü26,07 Kb.
#36855
  1   2
Aleksandr Sergeyevich Pushkin erksevar ijodkor. (Автосохраненный)


ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN ERKSEVAR IJODKOR.

Mirzayeva Gulbodom Qaxramonovna

Navoiy viloyati Xatirchi tumani

14-sonli umumta`lim maktabi

Rus tili fan o’qituvchisi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada serqirra va betakror ijodkor Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti va ijodi haqida qasiqacha bayon qilinadi. Shuningdek Pushkinning erk va ozodlikka qanchalik tashna ekanligi va bu yo’lda qilgan ishlari haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar: Aleksandr Sergeyevich Pushkin, Ibroxim Ganibal, Derjavin, Abdulla To’qay, Aleksandr Blok, Pomeshchik, Kreposnoylik.

Bundan 3 asr muqaddam yangi rus adabiyoti asoschisi Aleksandr Sergeyevich Pushkin dunyoga kelgan. Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiyada inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz,  Aleksandr Sergeyevich Pushkindir. Pushkini tarixiga nazar soladigan bo’lsak uning bobosi Ibroxim Ganibal deya atshgan yo’q siz noto’g’ri o’qimadingiz ning bobosi xabash bo’lgan. Uning tarixiga esa ko’p xam to’xtalmaymiz. Shuning uchun uning bo’yi uncha uzun bo’lmagan va sochlari xam hech birr us kishining sochiga o’xshamagan yani qora va jingalak edi. Bizga balki butun urkiy xalqlarga malum va mashxur Alisher Navoiy bo’lsa rus xalqiga xam shunchalik aziz va suyukli shoiridir. ”er yuzida Pushkin mini eshitmagan savodli inson ‘lmasa kerak. She`r muxlisiki bor, Pushkin nomini biladi. Pushkin va she`r-bu ikkio’z egizak”.1

Pushkin butun asrlar avomida rus millatining g’ururi bo’lib kelmoqda.

Ovozim – la chulg’anur poyoni yuq ulug’ rus,

Undagi barcha ellar meniyollaydi xar dam.

Mag’rur slavyan nasli, bugungi avom tungus,

Fin alqiyu ashtlar dusti qalmoq xam

(Ramz Bobojon tarjimasi)

Pushkin uzi kuylaganerk va tenglik g’oyalarining xayotbaxshligi , she`riy maxoratqudrati bilan umumbashariy shoiriga aylandi.

Gomer, Rudakiy, Sa`diy Navoiy, nizomiy ijodiyoti bilan bir qatorda Pushkin ijodi ham jahon she`riyatining eng yuksak va eng nurli chuqqilaridan biridir.

Pushkin qisqa lekin juda sermazmun va shiddatli hayot kechirdi u litseyda ustozi Derjavin huzurida o’qigan she`ridan mudhish duel oldidan yozgan so’ngi misralariga qadar – mana shu yilgacha ijodini chamalab, aqlining oltin tarozusida tortib ko’rsangiz, yer kashlab turib porloq xazinaga duch kelgan dehqonday hayratlanasiz.

Pushkin irgina “Yevgeniy Onegin” she`riy romani yoki “Boris Godunov”drammasii yozish bilan kifoyalansa ham jahon klassik adabiyotidan abadul-abad mustahkam o’rin egallagan bo’lar edi. Modomiki, u bulardan tashqari , har biri us adabiyotida vqea bo’lgan she`riy , nasriy , dramatik, publisistik asarlar yaratdi. “Kavkaz asiri”, “Lo’lilar”, “Bog’chasaroy fontani” kabi dostonlar, “Belkin qissalari”, “Dubrovskiy”, “Kapitan qizi” kabi nasriy durdonalar, “Mosart va Saleri”, Tosh mehmon”, “Suv parisi”, “O’lat chog’idagi bazm”, “Qizg’anchiq bahodir”, kabi pesalar, har biri qalblarni larzaga soluvchi she`rlar, hajvlar, bahsiy maqolalar, yozishmalar va shunga o’xshash qo’l yozmalar xaliga cha o’rganilib kelmoqda.

Pugachev g’oyasi Pushkin uchun omaderjave mutlaq hokimyatini qo’porib tashlash, kreposnoy qulliknitugatish, xalq rki, baxti goyasidir deb biladi.

Parchalanur og’ir kishanlar,

Indon qular va erk shoduomon

Peshvoz chiqar eshikda u on

Qilich beru sizga yoronlar.

(Mirtemir tarjimasi)



Pushkin oddiy xalqni bunday repostnoylar zulmidan qutqarishning yagona yo’li deb biladi. U rus milliy shoiri bo`lgani holda umuminsoniy haqiqatlarni hayqirib kuylagan edi. Albatta, Pushkin buyuk shoir sifatida har qaysi o`ziga xos,  bir-birini takrorlamaydigan  poetik olamni yaratgan.Ma`lumki, Rossiya ( Rossiya haqida referat ) 1812-yilda Ulug` Vatan urushini boshidan kechirdi – rus qo`shinlari buyuk sarkarda M.I.Kutuzov boshchiligida butun Yevropani titratgan Napoleon armiyasini tor-mor keltirdi va uni Rossiyadan quvib chiqardi. Darhaqiqat,  bu buyuk g`alaba Rossiyadagi ilg`or kuchlarning vatanparvarlik tuyg`ularini oshirib-toshirdi, ularning qalbini o`z vatani, o`z xalqi uchun iftixor hislariga to`ldirdi. Ulug` Vatan urushi butun dunyo qarshisida Rossiyaning buyuk mamlakat ekanini, rus xalqining esa iste`dodi ham, qudrati ham bitmas-tuganmas buyuk xalq ekanini yana bir marta namoyish etdi. Ayni choqda, shu  buyuk g`alabaning shu`lasi Rossiya hayotining ilgari ko`zdan nari, panada yotgan tomonlarini ham yoritib yubordi, jamiyatning juda keskin ijtimoiy ziddiyatlarini ochib tashladi. Ma`lum bo`ldiki, Napoleonni yenggan, tarixning ijodkori bo`lgan xalq benihoya qiyin sharoitda zulmat qo`ynida, zulm iskanjasida, erksizlik va jaholat to`rlariga chulg`angan holda yashar ekan. Butun mamlakatda krepostnoy huquq hokim: bu huquqqa binoan dehqon pomeshchikning mulki hisoblanadi.  Pomeshchik o`z dehqonini ishlatishi, qonini zulukdek so`rishi, ko`ngliga kelsa buyumdek sotib yuborishi, istagancha tahqirlashi mumkin. U dehqonni o`ldirib yuborgan taqdirda ham, hech kim qotil pomeshchikning mushugini pisht deyolmaydi.  Mamlakatning ilg`or fikrli, sof vijdonli odamlari bunday ahvolga chidab turolmadilar. Mavjud ijtimoiy tartiblarni, krepostnoy huquqni, unga panoh bo`lib turgan monarxizm sistemasini tanqid qilish boshlandi, Rossiyani Yevropa mamlakatlariga qiyos qilish kuchaydi, adolatli, erkin, ma`rifatli jamiyat barpo etish uchun kuchli harakat boshlandi. Bu harakat tarixda  dekabristlar harakati degan nom bilan shuhrat qozondi: 1825-yilning 14 dekabr kuni bir qancha ofitserlar Sankt-Peterburgda Senat maydoniga chiqib, podshoga qarshi isyon ko`tardilar. Isyon shafqatsiz suratda bostirildi. Uning ishtiokchilaridan besh kishi dorga osildi, yuzlab odamlar Sibirga surgun qilindi, turmalarga tashlandi. Isyon bostirildiyu, lekin podsho hukumati  uning ruhini bostira olmadi.  Senat maydonida  ro`y-rost namoyon bo`lgan isyonkorlik ruhi, erkinlik istagi, ma`rifatga, ziyoga tashnalik, zulmatga, jaholatga nafrat, rus xalqini uning bo`yi bastiga, qudratiga, buyukligiga munosib tarzda ozod va baxtiyor ko`rish ishtiyoqi yashashda davom etdi. Xuddi shu ruh, shu g`oyaviy tamoyillar XIX asrdagi  rus adabiyoti, musiqasi, rassomchiligi uchun qudratli qanot bo`ldi va ularning yuksak parvozini ta`minladi. Pushkin  birinchilardan bo`lib,  shu isyonkorlik  ruhidan bahramand bo`ldi va birinchilardan bo`lib, erksevarlik g`oyalarini, zulmga qarshi otashin nafratlarini o`z asarlariga singdirib yubordi. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo`lib yetishdi. Bu xususida rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Blok: «Pushkinning nomi naqadar jarangdor», - deb ta`riflagan edi.Buyuk  tatar shoiri Abdulla To`qay  XX asrning boshida yozgan  asarlaridan birida A.S.Pushkinni she`riyat  osmoning yorqin yulduzi deb atagan edi. Bu ta`rif chiroyli shoirona tashbeh bo`lsa-da, unda  rus shoiri ijodining mohiyati, ular yaratgan she`riyatning qimmati to`g`ri va  haqqoniy aks etgan.

Uning  she`riyati tom ma`nodagi kurashchan she`riyat edi. U o`z asarlarida  rus kishisiga muhabbatni kuyladi, oddiy  insonning buyukligini tarannum etdi. Bu  buyuk insonning ijodi odamlar qalbida ezgulikka   ishtiyoqni barq urdirib, zulmat  ichidagi nurdek porladi



Albatta chunki Pushkin hech istehzosiz tabiatan mehribon va oqko’ngil edi, hattoki o‘limini o’sha davrda uni ko’ra olmagan jirkanch kimsalar tomonidan uyushtirilgan edi. Bunga misol qilib u duelda odamni o‘ldirishdan qochib atayin o’qlanmagan qurol bilan duelga chiqadi. Pushkin ijodi – rus she`riyatining gultoji hisoblanadi.Uning asarlari boqiy va bardavomdir. Shuning uchun ham “Pok go’zallik dahosi” Pushkin she`riyatining umri bezavolidir, boqiydir”2 degan edi Hamid G’ulom.


Yüklə 26,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin