Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 96,6 Kb.
tarix02.12.2022
ölçüsü96,6 Kb.
#71825
Alisher Navoiy nomidagi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

FAN:Sotsiologiya tarixi

Mavzu:Psixoanalizning mazmun-mohiyati

Reja:

  • 1.Psixoanaliz-sotsiologiya tarixi fanidagi muhim yo’nalish va usul
  • 2.Psixoanaliz asoschisi-ZIGMUND FREYD
  • 3.Freydning hayot va o’limning qarshi kurashi haqidagi ta’limoti

XX asrning birinchi yarmi va o’rtasida, keyin uning ikkinchi yarmida jahon sotsiologiyasi taraqqiyotini fandagi muhim yo’nalish va usul - psixoanalizsiz tasavvur qilish qiyin. Shu bilan birga, odamning nevrotik holatlarini tashxislash va izohlashning klinik usuli sifatida sotsiologlarni psixoanaliz unchalik ilhomlantirmaydi. Ammo bu haqda qisqacha so’zlab o’tish kerak. Bu yerda davolash uslubiyati haqida gap ketmoqda. Unga ko’ra bemor o’z hayoti tarixini unda ro’y bergan ilk voqealar haqida erkin hikoya qilib beradi. Ruhiy kasalliklar shifokori esa bu hikoyada bemor nevrozining kelib chiqishi sabablarini axtaradi.

Sotsiologlarga kelsak, ular psixoanalizni fanning odam xulq-atvori haqidagi yo’nalish sifatida qabul qilishga intilishadi. Psixoanalizda:


Biror shaxsning faoliyati
Shaxs tuzilishi muammolari
Onglilik
Ongsizlik
o‘rtasidagi bog’lanish va hokazolar, ya’ni sotsiologiya rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan muammolar katta o’rin egallaydi.

Psixoanaliz tamoyillari:


Ijtimoiy falsafada
Madaniyatshunoslikda
Tarixda
boshqa ijtimoiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarda asta-sekin tarqalgan va qo’llanilganligini ham nazarda tutish lozim.

Zigmund Freyd psixoanaliz asoschisi hisoblanadi. Ilk marotaba u “psixoanaliz” tushunchasini 30-mart 1896-yil “Nevrologiya jurnali”da chiqqan fransuz tilidagi nevrozlarning kelib chiqishi to’g’risidagi maqolasida ishlatgan. Ochig’ini aytganda, Freyd hech qachon sotsiolog bo’lmagan. Biz u haqda sotsiologiya pozitsiyasidan shuning uchun ham gapirmoqdamizki, uning odamga, shaxsga, uning xatti-harakati, xulq-atvoriga bo’lgan qarashlarini bir qator omillar, shu jumladan


Onglilik
Ongsizlik
tushunchalarini hisobga olgan holda izohlash mumkin.

Ongsizlik Freydda alohida ahamiyatga ega, negaki uning fikricha, odamning xulq-atvori ko’p jihatdan hayotining erta bosqichlarida shakllanadigan ongsiz mayllarga bog’liqdir. Shu bilan birga, bolalik tajribasining katta qismi shaxsning xotirasida yo’qolib ketadi, ammo shu tajribani o’zi shaxsning ongi va o’zini anglashi shakllanadigan asosni tashkil etadi. Freyd nazariyalariga xos bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy qoidalar quyidagicha. Sotsiologiyada psixoanaliz yo’nalishining bosh muammosi:


Shaxs
Jamiyat
o’rtasida ziddiyat hamda kelishmovchilik mavjudligidir.
va

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Avstraliyalik olimning asarlarida shaxs va jamiyat o’rtasidagi nizo chinakam fojiali mohiyatga ega bo’lib, yaqqol ifodalangan konservativ xususiyatga ega bo’lgan va jiddiy o’zgarishlarga uchrashi amrimahol bo’lgan inson tabiati bilan bog’liqdir. Freyd taxminicha, ayrim vaziyatlarda psixoanaliz usuli qo’llanilsa va shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni yaxshi tashkil etilsa odam tabiatini o’zgartirish mumkin. Psixoanaliz ta’limotiga ko’ra, nafaqat tashqi, balki ichki kuchlar ham odamlar xulq-atvorini belgilaydi. Avstraliyalik olimning xizmati shundaki, u odamlarning ongsiz mayllariga katta e’tibor berib xatti-harakatlarning ongsiz yuz beruvchi sabablari borligini asoslab berdi.

Freydning ikki instinkti:


Hayot
(EROS)
O’lim
(TANATOS)
va

Ongsizlik-ichki psixik jarayonlar bo’lib, ong nazoratidan holi kechadi.Yosh bolalarda bu holat tashqi namoyon bo’ladi, keyin esa ijtimoiylashuv natijasida u ong ostida o’tadi. Natijada ongsizlik psixikasining eng tubiga tushib qoladi va o’zining yashirin hayotini kechiradi. U inson hayotiy faoliyatining barcha ko’rinishlari va shakllariga kirib boradi, uning oddiy harakatlaridan tortib to ilmiy-badiiy ijodini ham qamrab oladi. Ongsizlik- inson ruhining mental, qadriyatli va me’yoriy strukturalarini shakllantiruvchi psixoantropologik asosdir. U nafaqat ijodda ilhom beruvchi, yoki oddiy tush ko’rinishida, balki atrof-muhitga xavfli asoslanmagan jinoyat shaklida ham namoyon bo’lishi mumkin.

Ongsizlikning me’yoriy jihatda namoyon bo’lishini ko’rib chiqilsa uning 4 ta turini farqlash mumkin:


2.Axloqiy jihatdan baholash mumkin, lekin odob-axloq doirasidan chetga chiqmaydigan
1.Axloqiy bo’lmagan, ya’ni axloqiy jihatdan baholash mumkin bo’lmagan
4.Huquqiy me’yorlarni buzuvchi
3.Odob-axloq qoidalarini buzuvchi
Yüklə 96,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin