Allergin maxsulotlar



Yüklə 73,99 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü73,99 Kb.
#127379
ALLERGIN MAXSULOTLAR

ALLERGIN MAXSULOTLAR.

Oziq-ovqat allergiyasi mahsulotlar tarkibidagi oqsil va oqisilsimon moddalar ta’sirida vujudga keladi. Masalan, bolalarda kasallik ko‘pincha onaning homiladorlik yoki emizikli davrida noto‘g‘ri ovqatlanishi sababli rivojlanadi.

Chaqaloq sun’iy aralashmalar bilan oziqlantirilsa, chala tug‘ilsa yoki oshqozon-ichak, o‘t, jigar kasalliklaridan aziyat cheksa ham, oziq-ovqat allergiyasi yuzaga kelishi mumkin.

Qolaversa, bolalar sevib iste’mol qiladigan sigir suti — kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchi mahsulot. Tarkibida f2, Bos d 4, Bos d 5, Bos d 6, Bos d 8, Bos d 9, Bos d 10, Bos d 11, Bos d 12 allergenlari mavjud. Ularga 5-6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarda allergiya kuzatiladi. Tovuq tuxumi ham keng tarqalgan allergenlar jumlasidan. U ovalbumin, ovomuyeoid, ovotransferrin va ovomusin oqsillar guruhlarini o‘z ichiga oladi. Bu moddalar molekulyar darajada o‘rganilganda, Gal d1, Gal d2, ovomukoid, Gal d3, Gal d4 allergenlari reaksiyalarni yuzaga keltirishi ma’lum bo‘ldi.

ALLERGIN MAXSULOTLAR.

  • Baliq — kuchli antigen. Uning go‘shtida parvaalbumin va tropomiozin oqsil guruhlari mavjud. Molekulyar darajadagi o‘rganishlar uning tarkibida Cyp c1, Gad c 1, Gad m 1 allergenlari borligini tasdiqladi.
  • Bug‘doy va soya ham ba’zida allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Masalan, soya tarkibini molekulyar darajada o‘rganish natijasida uning tarkibida Gly m 1, Gly m 5, Gly m 6 allergenlari mavjudligi aniqlandi.
  • Sitrus mevalar, qulupnay va yertut ham ko‘proq allergiya qo‘zg‘aydi. Yong‘oqqa allergiyasi bo‘lganlarning aksariyati esa ushbu meva daraxti changiga ham ta’sirchan bo‘ladi.
  • Kattalarda allergiya rivojlanishiga sabab bo‘luvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan birinchisi yeryong‘oqdir. Bu mahsulot ko‘p hollarda anafilaktik reaksiyani keltirib chiqaradi. Undan so‘ng turli xil yong‘oqlar, kunjut, asal, shaftoli, uzum, malina, sabzi, shokolad, kofe va kakao allergiya chiqaruvchi mahsulotlar ro‘yxatidan joy olgan.

Yüklə 73,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin