Aloqa korxonalarda yoritish tizimlari.
Reja:
1. Sanoat korxonalarini yoritish usullari.
2. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritishga qo‘yilgan umumiy talablar.
3. YOrug‘lik manbalari va yoritish uskunalari.
4. Ultrabinafsha va infraqizil nurlar va ularning inson organizmiga salbiy tasiri.
Ishlab chiqarish xonalarining va ish joylarining yoritilganligi, mexnat
gigienasining muxim ko‘rsatkichlaridan biri xisoblanib, mexnatni ilmiy asosda
tashkil etishning va ishlab chiqarish madaniyatining ajralmas qismi xisoblanadi.
YOritilganlik insonning tashki muxit bilan bog‘lanishini aniqlovchi va
ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. To‘g‘ri va
normal miqdordagi yoritganlik ish kurollari va jixozlarning rangini, o‘lchamlarini
tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mexnat kobiliyatini uzoq muddatgacha
saqlanib qolishiga, mexnat unumdorligini oshishiga, ishlab chiqilgan maxsulotning
sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mexnat xavfsizligini oshiradi. SHikastlanishlarning
5 foizi kasbiy kasallik - ishdagi uzoqni ko‘ra olmaslik (blizorukost) sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida 3 turdagi yorug‘likdan foydalaniladi: tabiiy, sun’iy va
uyg‘unlashgan.
Tabiiy yoritilish qo‘yidagilarga bo‘linadi:
Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepadlar, aralash bino oralari orqali
teshiklardagi yorug‘lik beradigan fonarlar orqali);
Yonboshlama (derazalar orqali);
Uyg‘unlashtirilgan.
Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘liq xolda ish
vaqti davomida o‘zgarishi xisobli, ish joyining yoritganlik bilan emas, balki tabiiy
yoritganlik koeffitsienti orqali me’yorlashtiriladi. Sanoat korxonalari ishlab
chiqarish xonalarini yoritilganligini baholash uchun tabiiy yoritilish koeffitsienti
kattaligiga qarab belgilash qabul qilingan. Tabiiy yoritganlik koeffitsienti deb xona
ichidagi biror nuktaning yoritganligini shu vaktda tashki muxit yoriganligiga
nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi. Tabiiy yoritilishning etarliligi 2 omil bilan
belgilanadi: tabiiy yoritilish koeffitsienti va derazaning yorug‘lik tavsifi (yorug‘lik
maydoni va yorug‘lik chuqurligi) bilan. Korxonalardagi tabiiy yoritilganlik sharoiti
SNiP-2-4-79, SNiP- 2.0.1.0.5.98 talablariga muvofiqligi bo‘lishi kerak. Oynali yuza
pol yuzasiga nisbatan 1/5 qismni tashkil etishi kerak.
Ishlab chiqarish binolarida barcha ishlar farqlash ob’ektlarining muayyanlik
darajada va xajmlariga qarab 6 razryadga ajratiladi. Ko‘rishni (diqqatni) jalb
etadigan ishlar shartlariga ko‘ra, jadvalida keltirilgan sanitariya me’yorlari
tomonidan 6 razryad uchun SN-245-63 tabiiy yoritilish koeffitsienti belgilangan.
Tabiiy yoritganlik koeffitsienti yoruglikning iklimiy koeffitsientiga boglik bulib,
uning miqdori ishning kurish buyicha razryadiga, farklash ob’ektining eng kichik
ulchamiga xamda iklimning yoruglik poyasiga boglik xolda maxsus jadvallardan
tanlab olinadi va shu asosida binolarga urnatilishi lozim bulgan derazalar xamda
fonarlar (yukori tomonlama yoritganliqda) soni aniklanadi va loyixalashtiriladi.
QMQ 2.01.05-98 gigienik normalar ishning aniqligi va yoritish turiga qarab talab
qilinadigan tashqi yoritilish koeffitsientining kattaligini belgilaydi
Binodan foydalanish jarayonida sexdagi yoritilganlik darajasi ancha pasayishi
mumkin, chunki oynalangan yuzalarning ifloslanishi oqibatida ularning yorug‘likni
o‘tkazish koeffitsienti kamayadi; devorlar va shiftlarning ifloslanishi ham ularning
nur qaytarish koeffitsientini kamaytiradi. SHuning uchun ham sanitariya normalari
yorug‘lik tuynuklari oynalarini tozalab turish zarurligini qayd qiladi. Kam chang
ajraladigan xonalarni yiliga kamida 2 marta, tutunli va isli xonalarni kamida 4 marta
tozalash zarur. SHift va devorlarni yiliga kamida bir marta oqlash va bo‘yash lozim.
Ko‘p maydoni oynalangan ba’zi bir ishlab chiqarish xonalarining ish
joylarida quyosh nurlarining to‘g‘ri yoki aks etib tashishidan ko‘zni
oladigan sharoitlar yuzaga kelishi mumkin, xavo xaroratini oshishi,
asboblarni qizishi kuzatiladi. Ular bilan kurashish uchun quyoshdan
himoya qiladigan soyabonlar, ekranlar, jalyuzlar va shunga
o‘xshashlardan foydalaniladi.
Sun’iy yoritish sanoat korxonalarining binolarini umuman bir xilda
yoritish, umumiy yoritish va umumiy yoritishga qo‘shimcha ravishda
ish joylarini maxsus yoritish bilan qo‘shib kombinatsiyalashtirilgan
yoritilish usullari yordamida amalga oshiriladi. Umumiy yoritish va ish
jixozi va ish joyining joylashishiga boglik xolda tekis yoki lokal
kurinishda buladi. Mahalliy yoritish statsionar va ko‘chma bo‘lishi
mumkin. Umumiy yoritishdan ish joylari yuqori yorug‘lik talab
qilmaydigan va shuningdek, ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra
(mexanik tebranishlar) mahalliy yoritish mumkin bo‘lmagan joylarda
me’yoriy yoritilishning uncha katta bo‘lmagan darajalarida