Amaliy mashg‘ulot №2 Maktab biologiya fanlari bo’yicha yillik va taqvimiy ish rejalarini tuzish va tahlil qilish. Reja



Yüklə 23,92 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü23,92 Kb.
#195510
  1   2   3
2 amaliy


Amaliy mashg‘ulot №2
Maktab biologiya fanlari bo’yicha yillik va taqvimiy ish rejalarini tuzish va tahlil qilish.
REJA:

  • 1.Ta`lim standarti haqida umumiy tushuncha.

  • 2.Biologiya ta`lim standartining tarkibiy qismlari.

  • 3.O‘quv dasturi haqida tushuncha.

  • 4.Biologiya o‘quv dasturining tuzilishi.

  • 5.Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha.unga qo‘yilgan asosiy talablar.

  • 6.Maktab botanika va zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.

  • 7.Odam va uning salomatligi darsligining mazmuni, tuzilishi.

  • 8.Maktab umumiy biologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.

  • Ta`lim standarti haqida umumiy tushuncha

1997 yili Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida ta`lim to‘g`risida ikkinchi marotaba qonun qabul qilindi, hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning birinchi bosqichi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb -xunar ta`limning davlat standartini ishlab chiqish, har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini, ularga asoslanib darsliklarini yaratishga bag`ishlandi. 1997-1998 yillarda umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning tajriba-sinov maydonchalarida sinovdan o‘tkazildi. O‘qituvchilar, metodistlar, xalq ta`limi xodimlarining keng muhokamasidan o‘tgandan so‘ng umumiy o‘rta ta`lim, davlat ta`lim standari hamda barcha o‘quv fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgust qarori bilan tasdiqlandi. Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti va biologiya o‘quv dasturi «Ta`lim taraqqiyoti» jurnalining 1999 yil 3-mart sonida ko‘p nusxada nashr qilinib, respublikaning barcha maktablari, xalq ta`limi bo‘limlariga yuborildi va u keng jamoatchilikka, ota-onalarga, o‘quvchilarga ma`lum qilindi. Standart so‘z inglizcha bo‘lib, nusxa, o‘lcham, me`yor degan ma`nolarni anglatadi. Shu sababli ham umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standartini asosiy qoidalarida Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti» o‘quvchilarning umumta`lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi, deb ta`kidlangan.
Biologiya ta`lim standartining tarkibiy qismlari.
Biologiya ta`lim standarti biologiya ta`limining maqsad va vazifalarini yoritishdan boshlanadi. Biologiya ta`limining bosh maqsadi o‘quvchi shaxsini tarbiyalashdan iborat. Biologiya ta`lim standartida biologiya ta`limining asosiy vazifalari atroflama yoritib berilgan. Hozirgi davrda hayotning tuzilish darajalari molekula, hujayra, organizm, populyasiya - tur, biogeosenoz, biosfera ko‘rinishda bo‘lishligi e`tirof qilinadi. Hayot tuzilishini ana shu darajalari
orasida organizm darajasi markaziy o‘rinda turadi. Bir tomondan u hayot tuzilishining quyi darajalari bo‘lmish molekula, hujayra darajasini o‘zida mujassamlatirsa, ikkinchi tomondan organizmning o‘zi hayot tuzilishining yuqori darajasi bo‘lmish populyasiya - tur, biogeosenoz, biosfera darajalar tarkibiga kirishini e`tiborga olib biologiya ta`lim standartining ta`lim yo‘nalishlaridan birinchi qilib «Organizm biologik sistema» olingan.
O‘quv dasturi haqida tushuncha

  • Maktablarda o‘qitilgan har bir o‘quv fanining mazmuni o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan

  • bilimlar, o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan o‘quv ko‘nikmalar, malakalar yig`indisini ifoda qiluvchi

  • xujjat - o‘quv dasturi hisoblanadi. Unda o‘quv fanini o‘qitishdan maqsad, vazifalar, o‘quvchilar

  • o‘zlashtirish kerak bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar kompleksi o‘z ifodasini topadi.


Yüklə 23,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin