Amaliy metodlar vositasida o’quvchilarda vokal - xor
malakalari
Qamar Seytjanova
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya:
Amaliy metodlarga mashqlar ham kirishini yuqorida ta’kidlab
o’tdik. Ularni bajarishda o’quv axborotlarini shunchaki og’zaki yoki ko’rgazmali
idrok qilish sodir bo’libgina qolmay balki olingan nazariy bilimlarni amaliyotda
bevosita qo’llash amalga oshiriladi. Amaliy mashqlar metodidan foydalanilganda
olingan nazariy bilimlarni amalda yaxlit qo’llashni to’liq darajada ta’mmlash
imkonini beradigan mashqlar tizimini tanlash juda muhimdir.
Kalit so’zlar:
Musiqa, metodika, amaliy dars, mashqlar, vocal, vizual,
laboratoriya
Vocal - choir skills of students through practical methods
Qamar Seytjanova
Nukus branch of Uzbekistan State Institute Art and Culture
Abstract:
As mentioned above, practical methods include exercises. In their
implementation, not only verbal or visual perception of educational information
occurs, but also the direct application of the acquired theoretical knowledge in
practice. When using the method of practical exercises, it is very important to choose
a system of exercises that will allow you to fully complete the full application of the
theoretical knowledge gained in practice.
Keywords:
Music, methodology, practical lessons, exercises, vocal, visual,
laboratory
Vokal-xor ishlarida ashulachilik nafasi, ovoz xosil qilish, talaffuz, soz va
ansambil malakalarini rivojlantirishga doir metod va usullardan keng foydalaniladi.
Bunda musiqa asariga dirijorlik qilish, qo’shiqlarni takrorlab kuylash, asarlarni
musiqiy tuzilishi jihatidan taqqoslash, ashulani kuylab ko’rsatishi, vokal mashqlari va
boshqalardan foydalanish nazarda tutiladi.
O’qitishning amaliy metodida vokal xor malakalari musiqa fani dasturida
ko’rsatilgan ashula repertuari orqali hamda o’z oldiga biror tor doiradagi maqsadni
qo’ygan maxsus vokal-xor mashqlari orqali hosil qilinadi.
Amaliy metodlar o’quchilarning mashqlar, shuningdek, tajriba (labaratoriya) va
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
892
amaliy ishlar ko’rinishidagi xilma - xil faoliyatdan iboratdir. Bu metodlar yangi
bilimlarni egallash va avval olgan bilimlarni mustahkamlashga hizmat qilishi
mumkin, lekin ularni asosiy vazifasi - olingan bilimlarni amalda turli sharoitlarda
qo’ilashga o’rgatish hamda o’quvchilarga ko’nikma va malakalar hosil qilishdir.
Amaliy metodlar vositasida o’quvchilarda vokal - xor malakalari, musiqaning
tuzilishi hamda ifoda vositalarini taxlil etish, uning janr va shakllarmi aniqlash hamda
nota yozuvini o’rganish malaka va ko’nikmalarini shakllantirish uchun qo’llaniladi.
Masalan, vokal - xor malakalarini rivojlantirishda nota yozuvini yoki musiqaga
qadam tashlashni o’rganishdan asosan mashq metodidan ko’proq foydalanadiki, ular
har xil faoliyat turlarida qo’llaniladi.
Amaliy metodlarga mashqlar ham kirishini yuqorida ta’kidlab o’tdik. Ularni
bajarishda o’quv axborotlarini shunchaki og’zaki yoki ko’rgazmali idrok qilish sodir
bo’libgina qolmay balki olingan nazariy bilimlarni amaliyotda bevosita qo’llash
amalga oshiriladi. Amaliy mashqlar metodidan foydalanilganda olingan nazariy
bilimlarni amalda yaxlit qo’llanish to’liq darajada ta’minlash imkonini beradigan
mashqlar tizimini tanlash juda muhimdir. Agar, masalan, birinchi sinflarda musiqa
savodidan nota yozish qoidalari o’zlashtirilayotgan bo’lsa, u holda mashqlar tizimi bu
barcha qoidalarning amaliy qo’llanishini to’liq qamrab olishi kerak. Bunda
boshlang’ich sinf o’quvchilariga notaning tayoqchasini yozish qoidasi, bosh
qismining yozish qoidasi, bosh va tayoqchasini qo’shib yozish qoidasi, bayroqchani
yozish qoidasi va notaning uchala qismini qo’shib yozish qoidasi nazarda
tutiladi.[1.B.54]
Mashqlar tizimiga yaxlitlikdan tashqari mantiqiy izchil talabi ham qo’yiladiki,
bu, masalan, notalarni nota yo’li chiziqlari orasiga, chiziqlarga, birinchi chiziq ostiga,
beshinchi chiziq ustiga, qo’shimcha chiziqlarga yozish kabi mashqlarni har bir
oldingi mashq keyingi mashqni o’zlashtirishga tayyorlashga yordam beradigan qilib
joylashtirilishini talab etadi. Mantiqiy izchilikni bezash bilimlarni o’zlashtirish va
mustahkamlash samaradorligini pasaytirishga olib keladi.
Ko’pincha musiqa o’qituvchilari vokal - xor mashqlarini vaqtni bekorga
oladigan narsa deb unga nazar - pisand qilmaydilar, qo’shiq ustida olib boriladigan
ishning o’zi o’quvchilarga vokal tarbiyasi berish uchun etarli deb hisoblaydilar.
Bunday qarashlar bilan kelishib bo’lmaydi. Musiqa o’qituvchisi maxsus mashqlarni
tanlashda qancha ijodkor bo’lsa, u o’z maqsadiga shuncha tezroq erishadi.
Vokal-xor mashqlari har bir musiqa darsidan ma’lum o’rin olishi kerak. Bu
mashqlar juda xilma-xil bo’lishi mumkin, lekin hamma vaqt bolalarning yosh
xususiyatlarini hisobga olish lozirn. Vokal-xor mashqlari va mashq-qo’shiq kuylash
amaliy mashg’ulotning muhim vositasi hisoblanadi.
Musiqa darslarida ham o’quvchilar musiqa ostida harakatlarni bajarish yo’llari
yoki musiqaviy o’yinni olib borish taktikasi to’g’risida mustaqil bilim olishlari
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
893
mumkin.[2.B.190]
O’quvchilarning yil davomida tantanavor, bayramona yoki yumshoq, ravon
yurishni, harakat harakterini o’zgartira turib ritmli tarzda bir oyoqdan ikkinchi
oyoqdan ikkinchi oyoqqa sakrashi, kichik xalq raqslari va bolalar o’yinlarini safda
yurib o’ynashni, o’yinli qo’shiq asosida inscenirovkalar qo’yish va o’yinlar uchun
harakatlarning yangi variantlarini o’ylab topish, raqs harakatlari elementlarini qo’shib
olib borishni musiqa harakteriga muvofiq ravishda bajarishga o’rgatiladi.
Amaliy metodnmg asosiy sharti bajarilgan mashqlar, amaliy ishlar tahlili va
ularni baholashdir. Darsda musiqaviy o’quv ko’nikmalari va malakalarida ijobiy va
salbiy xislatlar bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolar ham
namoyon bo’ladi. Lekin sinfda yaxshi ishlarni namoyish qilish kerak namuna asosida
o’qitish afzalroqdir.
O‘quvchilarning aqliy, nafosat va jismoniy rivojida raqs, musiqali o‘yinlar va
musiqaga mos harakatlar bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda musiqa
madaniyati darslarida, musiqaga mos harakatlar bajarish quyidagi vazifalardan iborat:
- о‘quvchi larning musiqiy uquvi, ayniqsa, xotirasi, ritm tuyg‘usi musiqaga mos
harakatlar yordamida yaxshi rivojlanadi. Har qanday harakat turi musiqiy asarning
sur’ati va ritmi ostida bajariladi, harakat bilan bog‘liq bo‘lgan musiqiy ohanglar bola
xotirasida turg‘un saqlanadi;
- raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni rivojlantirib,
to‘g‘ri o‘sishiga va badanini chiniqtirishga katta yordam beradi;
- musiqiy asarlar o‘quvchilarda turlicha emotsional hislar uyg‘otib, turlicha
kayfiyatlar hosil etib, ularning ongida o‘ziga xos obrazlar yaratadiki, bolalar asar
mazmunini turli harakatlar va ishoralar bilan ifodalashga harakat qiladilar. [3.B.65]
Demak, musiqaga mos harakatlar o'quvchilarning aqliy va nafosat qobiliyatini
rivojlantirish bilan birga irodasini ham rivojlantiradi. Masalan, marsh - o‘quvchida
g‘ayrat va tetiklikni, raqs - ajoyib ichki his-tuyg‘ularni, kechinmalarni hosil etib,
raqsga tushishga undaydi va zavqlantiradi.
Musiqiy asarlardan marsh, raqs va o‘yinlar o‘quvchilarga tez ta’sir etadi,
shuning uchun ham quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o‘yinlar har bir bolaning
e’tiborini o‘ziga tortadi.
Musiqa madaniyati darslarida bajariladigan o’yinlar asosan ikki turga bo‘linadi:
1. Qo‘shiqning mazmuniga mos musiqali ritmik o‘yinlar.
2. Raqslar.
1) Qo‘shiq mazmuniga mos musiqiy-ritmik harakatlar qo‘shiqning badiiy
mazmuni, xarakter va ifoda vositalariga mos tushishi shart. Oo‘shiq mazmuni esa,
ularning hayotiy tajribalarida, tabiat va hayvonot olarni bilan munosabatlarida, xalq
bolalar o‘yinlarida o‘z aksini topadi;
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
894
2) raqslar vositasida o‘quvchilar milliy va qardosh xalqlar raqs harakatlari va
musiqasi bilan yaqindan tanishadilar. Raqs musiqasiga mos milliy harakatlarni
bajaradilar. Bunda o‘quvchilarning dunyoqarashi, aqliy va nafosat tarbiyasi, musiqiy
xotirasi, ritm tuyg‘usi va diqqat-e’tibori rivojlanadi. [4]
Shunday qilib, musiqiy o‘yinlar o‘z maqsad va vazifalariga ko‘ra, didaktik
o‘yinlarga mansub bo‘lib, asosan ritmik harakat vositasida ijro etilishi bilan
ifodalanadi.
Musiqa madaniyati darslarida bu faoliyat turi eng qiziqarli mashg‘ulotdir.
Bolalar cholg‘u asboblari jonli tovushli oyinchoqlar sifatida har bir o‘quvchini
qiziqtiradi. Chapak va bolalar cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish, musiqaning
xarakteri va obrazlarni chuqurroq his etishda, ularga xos emotsional tuyg‘ular hosil
etish, ayniqsa, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Musiqa madaniyati darslarida bolalar cholg‘u asboblaridan foydalanish
ijobiy natijalar berish bilan birga o‘quvchilarning darsga intiluvchanligini, qiziqishi
va musiqiy uquvini (xotirasi, ritmni his etish tuyg‘usini, nutqini) o‘stiradi.
Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishda, avval, o‘quvchilar chapak chalib,
ritmik jo‘r boiadilar, o‘qituvchi o‘quvchilar kuy-ritmini to‘g‘ri his etib ijro etishlari
uchun, bolalarga stol ustiga terib qo‘yilgan cholg‘u asboblarida chalib, musiqaga jo‘r
bo‘lishlarini aytib qo‘yishi lozim. So‘ng biror cholg‘uda kuyni o‘zi ijro etib, chapak
bilan jo‘r bo‘lishni ko‘rsatadi. Keyin barchani kuyga chapak chalib, jo‘r bo‘lishni
taklif etadi va ijro jarayonini diqqat bilan kuzatib, bolalar cholg‘u asboblarini
tarqatish uchun ilg‘or o‘quvchilarni tanlaydi. Birinchi ijrodagi yutuq va
kamchiliklarni bartaraf qilib, yana bir takrorlab, chiroyli, to‘g‘ri ijro etiladi. So‘ngra
musiqiy uquvi bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilarga bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bolishni
taklif etadi. Shu tarzda sinfdagi o‘quvchilarni galma-gal bolalar cholg‘u asbobida jo‘r
bo‘lishga undab, ularning qiziqishini oshiradi.[5.B.214]
Cholg‘ularda chalishga hamma intiladi, albatta. Shuning uchun berilgan asarni
bolalar xato qilmay musiqani to‘g‘ri his etishga va xotirada saqlashga harakat
qiladilar. Keyinchalik ijrochilik turlari murakkablashtiriladi. Ayni holda sinfni ikki
guruhga bo‘lib, I guruh chapak chalib, II guruh ovozda usul berish bilan ham jo‘r
bo‘lishimumkin. Yana bir turi - o‘qituvchi doirada usulni aniq va tekis chalib turadi.
“Bum”ga I guruh bolalari “bak”ga II guruh bolalari jo‘r bo‘lishadi. Buni iloji bo‘lsa
magnitofon tasmasiga yozib olib bajarsa ham bo‘ladi. Shuningdek, kuyni doskaga
ko‘rsatilgan grafik sur’ati va uning ritmiga tuzilmasini teng chorak va nimchorak
notalar bilan ifodalash mumkin, biroq kartochkalardan foydalanilsa ham bo‘ladi.
Bunday mashg‘ulotlarda dars mazmuni qiziqarli o‘tadi, o'quvchilar bilimi
mustahkamlanadi, ularda ijodkorlik, ijrochilik malakalari va musiqiy o‘quv
qobiliyatlarining har tomonlama rivojlantirishni ta’mm etadi. Musiqa darslarida
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
895
bolalar cholg‘u asboblarini qo‘llash o‘qituvchidan katta mas’uliyat, ijodkorlik va
topqirlikni talab etadi.
Musiqa darsida qo‘llanadigan bolalar cholg‘u asboblari ikki turga bo‘linadi.
Kuychan va kuychan bo‘lmagan cholg‘u asboblar. Kuychan cholg‘u asboblarga:
metallafon va ksilafon; kuychan bo‘lmagan (shovqinli) cholg‘u asboblarga:
doirachalar, rumbalar, marakasalar, uchburchaklar, qo‘ng‘iroqchalar, shaqildoqlar,
barabanchalar, yog‘och qoshiqlar kiradi.
Musiqa darslaida bolalar cholg‘u asboblaridan foydalanish о‘quvchilarning
tembr uquvi, ritm tuyg‘usi, diqqati va xotirasini nvojlantiradi
Dostları ilə paylaş: |